Iz qoldiruvchi shartli reflekslar. Iz qoldiruvchi shartli reflekslar shartli ta`sirlovchilardan so`ng miya yarim sharlari po`slog`i hujayralarida qolgan iz hisobiga vujudga keladi. O`quvchiga ma`lum vazifa topshirilganda u bu vazifani o`z vaqtida olib kelib topshirishi mazko`r refleksga misol bo`la oladi.
Shartli reflekslarning tormozlanishi.
Tormozlanish ikki xil: tashqi, ya`ni shartsiz tormozlanish va ichki, ya`ni shartli tormozlanish bo`ladi.
Tashqi tormozlanish. Shartli refleks hosil bo`layotgan davrda tashqi muhit sharoitining birdan o`zgarishi miya po`slog`ida yangi qo`zg`alish uchogini hosil qiladi va shartli refleks markazini tormozlaydi. Bunday tashqi ta`sirlovchilarga turli tovushlar, xonadagi yorug`lik, shamol va boshqalar kiradi. Tashqi tormozlanishni hosil qiladigan ta`sirlovchilar shartsiz ta`sirlovchi deb nomlanadi. Masalan dars vaqtida ko`chadan avtomobil ovozi eshitilganda o`quvchilarning diqqati chalgidi. Miya po`slog`ida ikqilamchi qo`zg`alish markazi vujudga kelmasa ham tormozlanish paydo bo`lishi mumkin.