Yosh fiziologiyasi va gigienasi fanining vazifasi, mazmuni, ahamiyati va tarixi



Yüklə 190,35 Kb.
səhifə3/84
tarix12.05.2022
ölçüsü190,35 Kb.
#57750
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   84
fiziologiya

Akseleratsiya XIX asr oxiri XX asr boshlarida ko`p mamlakatlarda bolalarning bo`yiga o`sishini tezlashganligi aniqlangan. Bu haqdagi ma`lumotlar 1876 yilda matbuotda e`lon qilingan. 1935 yilga kelib nemis olimi E. Kox o`sish va rivojlanishdagi sodir bo`layotgan tezlashuvni akseleratsiya deb atagan. Akseleratsiya-lotincha so`z bo`lib tezlashuv degan ma`noni bildiradi.

Akseleratsiya yosh avlodning ruhan va jismonan tez o`sishidir. Akseleratsiya 100 yil ya`ni bir asr ichida yaqqol ko`zga tashlanganligi uchun, akseleratsiya keng ma`noda "sekulyarniy trend" ya`ni asriy tendentsiya deyiladigan bo`ldi. So`nggi 100 yil ichida yangi tugilgan chaqaloqlarning bo`yi 5-6 smga, kichiq va urta maktab yoshidagi bolalarning bo`yi 10-15 sm ga, vazni esa 8-10 kg ga ortdi. Bundan tashqari akseleratsiya katta odamlar tana o`lchamlarining ortishini, odam umrining o`zayishini, hayz kechroq tugashini, ruhiy funktsiyalar va odam rivojlanishidagi boshqa o`zgarishlarni o`z ichiga oladi.

Akseleratsiya masalasi ko`pgina dunyo olimlarini qiziqtirib kelgan. Ular akseleratsiyaga olib keluvchi bir nechta omillarni ko`rsatib beruvchi o`z gipotezalarini yaratganlar. Jumladan, ba`zi olimlar ul`trabinafsha nurlarning kuchli ta`siri bolalarning tez o`sishiga sabab bo`lmoqda, desalar boshqalari esa magnit to`lqinlarining ichki sekretsiya bezlariga ta`sirini aytadilar. YAna birlari buni kosmik nurlarga bog`laydilar.

Oqsillar, yog``lar, uglevodlar, mineral tuzlar va vitaminlarga bo`lgan extiyojning ortishi, fan va texniqaning olg`a siljishi, ta`lim-tarbiya jarayonida yangi shaqlining paydo bo`lishi, sport va jismoniy mehnat bilan shug`ullanish, genetik omillarni ham misol qilib keltiradilar. Bu omillarni biologik va ijtimoiy omillar deb atashimiz mumkin. Demak, o`sish va rivojlanish murakkab protsess bo`lib, undagi yashirin miqdor o`zgarishlari ochiqdan-ochiq sifat o`zgarishlari va ko`rinishlariga olib keladi. M-n. bola balog`atga yeta boshlashi bilan, atrof muhitga, borliqqa, undagi o`zgarishlarga qiziqish bilan e`tibor berishi, ayniqsa yasli va maktabgacha yoshdagi bolalarda so`z boyligini ortishini ko`zatish mumkin.

Mamlakatimizda mustaqillikka erishganimizdan so`ng, bolalarning individual o`sish va rivojlanishiga katta e`tibor berilmoqda, chunki bolalar salomatligini saqlash davlat ahamiyatiga ega bo`lgan birinchi darajali ishlardan hisoblanadi.

Odam yoshini turli yosh davrlarga ajratilish asosiy sababining poydevorida barcha organ va tizimlarning anatomo-fiziologik xususiyatlari va ijtimoiy kriteriyalari ya`ni bolaning yasli, bog`cha va maktabdagi tarbiyalanish sharoiti yotadi. Masalan, yaslida tarbiyalansa, yasli yoshi, bog`chada bog`cha yoshi, maktabda ta`lim olsa, maktab yosh davrlari deb ataldi. Fanda ro`s gigienisti N.P.Gundobin tuzib bergan yoshlik davrlari sxemasi qo`llaniladi. U odamning yoshlik yillarini quyidagi davrlarga birlashtirgan. Har bir davr o`z ichiga bir necha yillarni qamrab oladi va har bir davrda o`ziga xos jarayonlar sodir bo`ladi.

1. Ona qornidagi rivojlanish davri. Homila har tomonlama ona organizmiga bog`liq bo`ladi.

2. Yangi tug`ilgan chaqaloqlik davri. 1-10 kungacha (kindik


tushguncha). Bu davrda bola yangi hayotga moslasha boshlaydi. Ilk bor mo`staqil ravishda nafas oladi. Analizatorlar tizimi mo`staqil ishlay boshlaydi.

3. Ko`krak yosh davri 1 yoshgacha. Bu davr bola hayotidagi katta ahamiyatga ega bo`lgan davr hisoblanadi. Bu davrda bolaning bo`yiga o`sishi 1,5 marta, og`irligi 3 martaga oshadi, nutq paydo bo`ladi. Qalqonsimon, ayrisimon va gipofiz bezlarining funktsiyasi kuchayadi. Ba`zi tizimlarning funktsional jihatdan mustahkam bo`lmasligi, jumladan ovqat hazm qilish va nafas olish, bu yoshdagi bolalar orasida oshqozon-ichak kasalliklari va nafas olish organlarining kasalliklarining tarqalishiga olib keladi.

4. Bog`cha yoshigacha bo`lgan davr (1-3 yoshgacha). Bu davrda tananing bo`yiga o`sishi, og`irligining ortishi biroz susayadi. So`z boyligi ortadi, o`zligini taniydi, taqlidchanligi ortadi, organ va tizimlar faoliyati takomillashadi.


  1. Bog`cha yosh davri (3-6, 7 yoshgacha). Bu davrda xotira fikrlash tasavvur
    qilish protsesslari rivojlanadi, intizom paydo bo`ladi, miya po`stlog`i juda ko`p shartli bog`lanishlar vujudga kela boshlaydi.

  2. Kichiq maktab yosh davri, (7-12 yosh). Skeletning suyaqlashuvi davom
    etadi, tana proportsiyasi o`zgaradi, bosh miya katta yarim sharlari roli, jinsiy
    bezlarning gormonal ta`siri orta boradi.

7. O`rta maktab yosh davri (12-15 yosh). Bu davrda ikqilamchi jinsiy
belgilar paydo bo`ladi, tormozlanish va qo`zg`alish protsesslari muvozanatlashadi, umumlashtirish protsesslari ortadi.


  1. Katta maktab yosh davri yoki baloBat yosh davri. Qizlar uchun 15,o`g`il
    bolalar uchun 15-20 yoshgacha. Bu davrda jinsiy bezlar kuchaygan bo`ladi, ikkinchi darajali jinsiy belgilar rivojlanadi, tananing bo`yiga o`sishi va
    ogirligining ortishi tezlashadi. Barcha organ va sietsmalarning funktsiyasi
    takomillashadi. Bolaning ruhiy holati o`zgaradi.


MA’RUZA:2





Yüklə 190,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   84




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin