TAYANCH – HARAKAT TIZIMINING YOSH XUSUSIYATLARI VA GIGIENASI
Reja:
Tayanch – harakat tizimining ahamiyati.
Skeletning rivojlanishi va uning yosh xususiyatlari.
Mushaqlarning umumiy tuzulishi va uning yosh xususiyatlari.
Tayanch – harakat apparatining gigienasi.
Sinf jihozlariga quyidagilar gigienik talablar.
Tayanch-harakat apparati tizimiga skelet va skelet mushaqlari kiradi. Skeletdagi suyaqlar va boylam-bo`g`imlar passiv harakat organlari bo`ladi, mushaqlar esa aktiv harakat organlari hisoblanadi.
Skelet 206 dan ortiq alohida suyaqlardan tashkil topgan bo`lib, bo`larning 85 tasi juft, 36 tasi toq suyaqlardan iborat.
Skelet uchta asosiy funtsiyasini: tayanch, harakat va himoya vazifalarini bajaradi.
Organizmdagi suyaqlarni qoplab turgan skelet mushaqlarini aktiv harakat organi bo`lib, mushaqlar qisqarganda bo`g`imlarga harakat vujudga keladi. Odamning harakati harakat asablari orqali markazdan qochuvchi impulslarni mushaqlarga kelishi tufayli vujudga kelib, bu esa odamning hayoti va mehnat faoliyatini taminlaydi shunday qilib, harakatda mushaqlar va suyaqlar ishtirok etadilar. Suyak tizimi bundan tashqari asab tizimi va ichki organlarni turli ta`sirotlardan himoya qiladi.
Bir butun organizmda barcha fiziologik protsesslar bir-biriga bog`langandir. Bu bog`liqliqni quyidagi misolda ko`rish mumkin. Mushaqlar qisqarganda odamning harakati bilan bir vaqda nafas olish, yurak faoliyati, modda almashinuvi protsessi, qon aylanish va asab tizimsida o`zgarish vujudga keladi. Boshqacha qilib aytganga mushak ishida nafas olish,yurak faoliyati ortadi. Qon aylanish tezlashadi, qontomirlar kengayadi. Modda almashinuvi kuchayadi va hokazo.
Asab tizimsining taraqqiy etishida skeletmushaqlarning qisqarishi juda muhim ahamiyatga ega. Chunki mushaqlarning qisqarishi tashqi muhit ta`sirlari va sezuv organlariga asab tizimsini rivojlantiradi. Bolalarda harakat koordinatsiyasi asab tizimsining ayniqsa, asab tolalarining mienlinlashuvi bilan bog`liqdir. Yangi tug`ilgan boladi harakatlarni tartibsiz bo`lishi, ko`pchilik efferent harakat apparati bolalarning asab tizimi va boshqa funksiyalarning rivojlanishi organizmning normal o`sishi uchun muhim ahamiyatga ega.
Dostları ilə paylaş: |