Yosh fiziologiyasi va gigienasi fanining vazifasi, mazmuni, ahamiyati va tarixi



Yüklə 190,35 Kb.
səhifə49/84
tarix12.05.2022
ölçüsü190,35 Kb.
#57750
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   84
fiziologiya

Buyrak usti bezlari. Bir juft bo`lib, ikkita buyraklarning ustida joylashgan. Bezning vazni yangi tug`ilgan bolalarda 7-8 g. 1-2 yoshda 5 g, 3-5 yoshda 5,5 g, 8-10 yoshda 7 g, 11-15 yoshda 8,5 g, kattalarda 14-15 g keladi. Bez po`stloq va mag`iz qismdan iborat. Bezning mag`iz qismi bola 2 yoshga to`lguncha rivojlanib boradi. Buyrak usti bezining po`stloq qavatida uch guruh kortikosteroit gormonlar ishlab chiqariladi: Moddalar almashinuviga ta'sir etuvchi glyukogokortikoid gormonlar, mineral tuzlar almashinuvini boshqaruvchi mineralokortikoidlar, erkak va ayol jinsiy gormonlarining bir turi androgenlar va estrogenlar ishlab chiqariladi.

Buyrak usti bezining mag`iz gormonlari ishlab noradrenalin va adrenalin gormonlari ishlab chiqariladi. Bu gormonlar qon aylanishini, muskullar qisqarishini tezlashtradi, nafas olishni kuchaytiradi, bronxlarni kengaytiradi, jigarda glikogen parchalarini jadallashtiradi, me`da va ichaklar qisqarishi sekinlashadi, Ko`z qorachig`i kengayadi. Emotsional holatda (qo`rqqanda, hayajonlanganda) adrenalin ko`p ishlab chiqiladi, natijada yurak urishi tezlashib, qon bosimi ortadi.

Androgenlar ko`p ishlab chiqilsa yosh bolada balog`atga etish belgilari paydo bo`ladi. Ba'zan yoshi keksaygan ayollarda androgenlar ko`p ishlab chiqarilsa, ularning iyagida soqol o`sadi, ovoz erkaklarnikiga o`xshab qoladi.


Yüklə 190,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   84




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin