Bolalarning o’sish va rivojlanish jarayonlarida suvning o’rni. Bolalar organizmida hujayra tashqarisidagi suv ko’p bo’ladi, ana shuning uchun bolalar organizmining suvliligi katta darajada o’zgarib turish xususiyatiga ega, ya’ni bolalar organizmi juda tez suvni yo’qotish va juda tez jamlash xususiyatiga egadir. Yosh ulg’ayishi bilan har 1 kg tirik vaznga zarur bo’lgan suvning miqdori kamayadi, ammo suvning mutloq miqdori esa ortadi. Uch oylik bola uchun uning har 1 kg massasi uchun 150-170 g suv talab qilinadi, 2 yoshda bu ko’rsatkich 95 g va 12-13 yoshda –45 g tashkil qiladi. Bir yoshli bolalarning bir kecha-kunduzlik suvga bo’lgan talabi 800 ml ni, to’rt yoshda –950-1000 ml, 5-6 yoshda –1200 ml, 7-10 yoshda – 1350 ml va 11-14 yoshda – 1500 ml ni tashkil etadi.
Bolalarning o’sish va rivojlanish jarayonida mineral tuzlarning ahamiyati.Hayotiiylikning asosiy xususiyatlaridan biri bo’lgan qo’zg’aluvchanlik hodisasi mineral moddalarning (natriy, xlor, kaliy) mavjudligi bilan bog’liqdir. Suyaklar, asab elementlari, muskullarning o’sish va rivojlanishi mineral moddalarning miqdoriga bog’liq. Ular qon reaksiyasini (pH) aniqlaydi, yurak va asab tizimining mo’tadil faoliyatini ta’minlaydi, gemoglobinni hosil bo’lishi me’da shirasi tarkibidagi xlorid kislota (xlor) sintezlanishi uchun foydalaniladi.
Mineral tuzlar hujayralarning hayot faoliyati uchun zarur bo’lgan ma’lum osmotik bosimni hosil qiladi.
Yangi tug’ilgan bolalarda mineral moddalar tana og’ irligining 2,55 % ni tashkil etsa, voyaga yetgan odamlarda – 5 % ni tashkil etadi.
Voyaga yetgan odamlar aralash ovqatlar bilan ovqatlanganda uning organizmi uchun zarur bo’lgan mineral moddalarni ovqatlar bilan oladi. Faqatgina osh tuzini odamlar ovqatga, ovqatlarga, kulinariya ishlov berish vaqtidagina qo’shiladi, o’sayotgan bola organizmi ko’plab qo’shimcha mineral moddalarni tushishiga ehtiyoj sezadi.
Mineral moddalar bolalarning rivojlanishi uchun muhim ahamiyatga ega, suyaklarning o’sishi, tog’ aylarning suyaklanish muddati va organizmdagi oksidlanish jarayonlarining holati kalsiy va fosforlar almashinuvi bilan bog’liq. Organizmdagi oqsillar va yog’lar almashinuvi, qon ivishi, muskullarning qisqaruvchanligi, asab tizimining qo’zg’aluvchanligiga odatda kalsiy ta’sir ko’rsatadi. Fosfor esa faqatgina suyak to’qimalarining rivojlanishi uchun zarur bo’lmay balki asab tizimi, ko’plab bezli va boshqa organlarning mutadil faoliyati uchun ham zarurdir.
Temir qondagi gemoglobin tarkibiga kiradi, bolalar organizmining kalsiyga bo’lgan talabi uning hayotining birinchi yilida qayd etiladi: bu yoshdagi kalsiyning miqdori 2 yoshdagidan 8 marta, 3 yoshlikdagidan 13 marta ko’pdir, so’ngra organizmni kalsiyga bo’lgan talabi pasadyai va jinsiy yetilish davrida biroz ortadi.Maktab o’quvchilarining bir kecha-kunduzlik kalsiyga bo’lgan talabi 0,68-2,36 g ni tashkil etadi, bir kecha-kunduzlik fosforga bo’lgan talab esa 1,5-4 g ni tashkil etadi.
Maktab yoshdagi bolalar uchun kalsiy va fosfor tuzlarining maqbul konsentratsiyasining o’zaro nisbati 1 ga teng bo’lsa, 8-10 yoshda –1:1,5, o’smirlar va katta yoshdagi o’quvchilar uchun 1:2 bo’lishi kerak. Sa va R tuzlarining bunday nisbati skeletning rivojlanishini mutadilligini ta’minlaydi. Sutda yuqoridagi tuzlarning nisbati ideal holatda, shuning uchun ham bolalarning oziqlanish ratsioniga sut albatta qo’shilishi shart.
Bolalarning temirga bo’lgan talabi, voyaga yetgan odamlarnikiga qaraganda yuqori, (1 kg tirik vaznga bir kecha-kunduzda 1,2 mg dan to’g’ri keladi, voyaga yetgan odamlarda esa 0,9 mg). Bolalar bir kecha-kunduzda 25-40 mg natriy olishi, 12-30 mg kaliy va 12-15 mg xlor olishi kerak.