Yosh fiziologiyasi va gigienasi



Yüklə 4,48 Mb.
səhifə181/190
tarix21.09.2023
ölçüsü4,48 Mb.
#146452
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   190
Yosh fiziologiyasi va gigienasi

B2–vitamini (riboflavin). Odamlarda ushbu vitaminni yetishmasligining birinchi belgisi bo’lib terining kasallanishi (ko’pchilik holatlarda lab terisi) hisoblanadi. Terining yorilishidan keyin u yerda namlik ajraladi va qora po’stloq bilan qoplanadi. Keyinchalik ko’zning va terining kasallanishi rivojlanadi va shoxsimon tangachalarning to’kilishi bilan birgalikda kechadi. Undan keyin yomon sifatli kamqonlikning rivojlanishi mumkin, asab tizimining buzilishi, favqulodda qon bosimining tushib ketishi, muskullarning tortilishi, hushdan ketish holatlari kuzatiladi.
B2–vitamini nonda, grechka yormasida sut, tuxum, jigar, go’sht, pomidorlarda mavjuddir. Unga bo’lgan organizmning bir kecha-kunduzlik talabi 2-4 mg.
PP vitamini (nikotinamid) ko’katlarda, sabzi, kartoshka, no’xat, grechka yormasi, oq va qora nonlarda, sut, go’sht, jigarlarda saqlanadi. Bu vitaminga bo’lgan bir kecha kunduzlik talab bolalarda 15 mg, voyaga yetgan odamlarda 15-26 mg ni tashkil etadi.
PP-avitaminozi paytida og’izda kuygandek sezgi-ta’m (achqimtil) seziladi, kuchli so’lak ajralishi va ich ketishlar qayd qilinadi. Til och-ko’kish, qizil rangda bo’ladi. Qo’llarda, bo’yinda, yuz muskullarida qizil dog’lar paydo bo’ladi. Teri dag’allashadi va quruqlashadi, ana shundan kasallik pellagra (italyancha pella.agra –qurigan, dag’al teri) deb nom olgan. Kasallik og’ir kechganida xotira zaiflashadi, psixozlar va gallyusinatsiya rivojlanadi.
B12 – vitamini (siankobalamin) odamlarning ichagida sintezlanadi. Sut emizuvchilarning va baliqlarning jigari va buyraklarida bo’ladi. Organizmda bu vitaminning yetishmasligi paytida eritrositlar hosil bo’lishining buzilishi bilan bog’liq bo’lgan yomon sifatli kamqonlik rivojlanadi.
C – vitamini (askorbin kislotasi) tabiatdagi mevalar, sabzavotlar va jigarda keng tarqalgan. Sho’rlangan karamda askorbin kislotasi yaxshi saqlanadi. 100 gr shipovnikda – 150 mg vitamin saqlanadi. C-vitaminiga bo’lgan talab bir kecha-kunduzda o’rtacha 50-100 mg ni tashkil etadi.
C vitaminini yetishmasligi singa kasalligini keltirib chiqaradi. Odatda kasallik umumiy holatni tushunib bo’lmas holsizlanishlar bilan boshlanadi. Teri kirli-sariq rangni oladi, milklar qonaydi, tishlar tushib ketadi. badanda qon qo’yilishidan qoramtir dog’lar paydo bo’ladi, ulardan ayrimlari yaralarga aylanadi va kuchli og’riq chaqiradi. Ilgarilari singa bilan kasallangan odamlar hayoti o’lim bilan tamom bo’lgan.

Yüklə 4,48 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   190




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin