Jismoniy ish bajargan paytda energiya sarfi. Odam qanchalik og’ir ish bajarsa, u shunchalik ko’p energiya sarflaydi. Maktab o’quvchilari darsga tayyorgarlik ko’rganida, maktabdagi darslarda qatnashishga nisbatan almashinuv energiyasiga nisbatan 20-50 % energiya ko’p talab qiladi.
Yurgan paytda energiya xarajati asosiy almashinuv energiyasidan 150-170 % ga yuqori bo’ladi. Yugurgan, zinalardan yuqoriga ko’tarilganida energiya xarajati asosiy almashinuv energiyasidan 3-4 marta yuqoridir.
Organizmni mashqlar bilan chiniqtirishda bajariladigan ishlar uchun energiya sarfini jiddiy darajada kamaytiradi. Bu dastavval ishni bajarishda ishtirok etuvchi muskullarni sonini keskin kamayishi hamda nafas olish va qon aylanish jarayonlarini o’zgarishi bilan bog’liqdir.
17-Jadval.
Bolalarda asosiy almashinuvning o’zgarishi
(A.G.Xripkova bo’yicha)
Yosh (yillarda)
|
Asosiy almashinuvning o’lchami (joullar)
|
1 kg tirik vaznga
|
1 m2 gavda yuzasiga
|
O’g’il bolalarda
|
Qiz bolalarda
|
O’g’il bolalarda
|
Qiz bolalarda
|
8
|
240600
|
200840
|
6190800
|
5106400
|
9
|
220080
|
189000
|
5821200
|
5019000
|
10
|
291600
|
180000
|
5302800
|
4893000
|
11
|
202020
|
186060
|
5586000
|
4118800
|
12
|
173540
|
169260
|
5103060
|
4946800
|
13
|
168800
|
151200
|
4851080
|
4557000
|
14
|
165480
|
142800
|
4900800
|
4510000
|
15
|
151200
|
132300
|
4799000
|
4477200
|
16
|
140280
|
115500
|
4897000
|
4054200
|
17
|
129360
|
113400
|
4968600
|
3864000
|
18
|
118020
|
106260
|
4835300
|
3604400
|
Qishloq xo’jaligida va sanoatda mehnatni mexanizasiyalash, yangi texnologik jarayonlarni ishlab chiqarishga tadbiq etilishi u yerda ishlovchi odamlarning mehnatga bo’ladigan energiya sarfini kamaytiradi. Aqliy ish bajarish paytida, jismoniy ish bajarish vaqtidagiga nisbatan kam energiya sarflanadi.
Turli professiyadagi odamlarda energiya xarajati turlichadir.Bir kecha-kunduzlik energiyaning umumiy sarfining nisbiy miqdori yosh ulg’ayishi bilan kamayadi (jadvalga qarang). O’g’il bolalarni bir kecha-kunduzlik energiya xarajatining umumiy miqdori, qiz bolalarnikidan katta.
18-Jadval.
Gavdaning 1 kg massasiga sarflanadigan energiyaning bir kecha-kunduzlik sarfi (V.I.Molchanov bo’yicha).
-
Yosh
|
Bir kecha-kunduzlik energiya sarfi (joullarda)
|
1-3 oylik
|
462-504
|
3-6 oylik
|
420-463
|
6-12 oylik
|
378-520
|
2-6 oylik
|
294-315
|
7-10 oylik
|
252-294
|
11-15 yosh
|
189-281
|
Voyaga yetgan
|
147-168
|
Oziq moddalarning energiyasi. Hozirgi vaqtga kelib muvozanatlashtirilgan oziqlanish konsepsiyasi tashkil topdi. Bu konsepsiyaga asosan iste’mol qilinadigan ovqatlarning miqdori odamlar tomonidan sarflanayotgan energiyaga mos bo’lishi kerak. Boshqacha qilib aytganda, oziqlanishda doimiy ravishda ma’lum darajadagi energetik muvozanati saqlanishi zarur.
1 g oqsil va 1 g uglevodlarning energtik qiymati o’rtacha 17220 jouldanga teng bo’lsa, 1 g yog’ esa –39069 joulga tengdir. Iste’mol qilingan oqsillar, yog’lar va uglevodlarning energetik qiymatini bilgach, odamlarning oziq rasionlarini kaloriyligini hisoblash mumkin, bu esa rasional oziqlanishni tashkil qilishda muhim ahamiyatga egadir.
Oziqlanish normalari. Odatda oziqlanish rasionini tuzishda iste’mol qilinadigan oziq moddalarining kaloriyligi hisobga olinadi. Lekin to’la qiymatli oziqlanishni tashkil qilish uchun buning o’zi yetarli emas.
Organizm uchun oziqlar tarkibida barcha zarur oziq moddalar (oqsillar, uglevodlar, yog’lar, suv, mineral moddalar va vitaminlar) bo’lishi muhim ahamiyatga ega. Rasiondagi oziq moddalarning o’zaro nisbati ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Kichik maktab yoshidagi bolalar uchun oqsillarning yog’lar va uglevodlarga bo’lgan eng maqbul nisbati 1:1:6 hisoblansa, bog’ cha yoshidagi bolalar uchun 1:2:3 bo’lsa, voyaga yetgan odamlar uchun 1:1:4 nisbat maqbul hisoblanadi.
19-Jadval
Bolalar va o’smirlar uchun oziqlar tarkibidagi oqsillar, yog’lar va uglevodlarning bir kecha-kunduzlik normasi.
(A.G.Xripkova bo’yicha)
Yosh
|
Oqsillar
|
Yog’lar
|
Uglevod
lar
|
Umumiy miqdori
|
Hayvonot dunyosi oqsillari
|
2-3 oylikgacha
|
8-10
|
8-10
|
25-30
|
50-55
|
5-6 oylik
|
12-15
|
12-15
|
35-40
|
60-75
|
1-1,5 yosh
|
45-48
|
36
|
40-50
|
90-120
|
3-4 yosh
|
60-63
|
44
|
60-70
|
180-230
|
5-7 yosh
|
72-75
|
47
|
75-80
|
250-300
|
8-11 yosh
|
75-95
|
56
|
80-95
|
350-380
|
12-14 yosh
|
90-110
|
64
|
90-110
|
380-400
|
15-16 yosh
|
100-120
|
68
|
90-110
|
420-450
|
Jadvalda turli yoshlardagi bolalarning rasional oziqlanishini tashkil qilish uchun zarur bo’lgan oqsillar, uglevodlar va yog’larning bir kecha-kunduzlik normalari berilgan.
Bolalarning oziqlanish rasionlarini tuzishda, ular organizmining vitaminlar va mineral moddalar bilan ta’minlanishiga asosiy e’tiborni qaratish zarur (jadvalga qarang).
Bolalar aralash oziqalar bilan oziqlanganda ularning organizmiga turli tuman aminokislotalar yig’ ini, vitaminlar tushadi, qaysiki ulardan ovqatlarning qiymati ortadi. Turli-tuman ovqatlar ishtahani ochadi, hazm shiralarining katta miqdorda ajralishini chaqiradi va ovqatlarni yaxshi o’zlashtirilishini ta’minlaydi. Ovqatlar hajmi va kaloriyaliligi bilan yetarli bo’lishi kerak, ya’ni to’yingan holatni chaqirishi va organizmning barcha energetik xarajatlarini o’rnini qoplashi kerak. Iste’mol qilinayotgan ovqatlarning massasi iste’molchini yoshiga bog’liq holda bir kecha-kunduzda 2000-2600 g ni tashkil qilishi kerak.
20-Jadval
Dostları ilə paylaş: |