O’g’il bolalarning jinsiy gigiyenasi.O’smir o’g’il bolalar doimo o’z tanasini sog’lom, pokiza tutishga e’tibor berishlari zarur.
O’smir jinsiy balog’atga yetishi bilan uning tanasidagi barcha bezlar shu jumladan ter bezlari ham jadal ishlay boshlaydi.
Teridagi ter bezlari bilan yog’ bezlari ko’p miqdorda yog’ ishlab chiqqani uchun ham odam tanasidan o’zgacha hid taralib turadi.
Shuning uchun, yoshlar teri gigiyenasiga, amal qilishlari kerak. Shuningdek, yorg’oq terisida ham maxsus hid hosil bo’ladi. Demak, yoshlikdan terini, jinsiy va chiqarish organlarini nihoyatda ozoda saqlash kerak. Bir kunda bir necha marta yuvinish lozim.
Agar o’smir ozoda yurmasa jinsiy organlarda oqchil modda va boshqa iflosliklar paydo bo’lib undan qo’lansa hid kelib turadi.
Bu esa mikrob va viruslarning ko’payishiga sabab bo’ladi va turli kasalliklarni keltirib chiqaradi.
Qiz bolalar jinsiy gigiyenasi.Maktab yoshdagi davr qiz bola uchun juda muhim davr hisoblanadi.Bu davr butun organizm va jinsiy organlarning zo’r berib rivojlanishi, skelet o’sishi, ikkilamchi jinsiy belgilar paydo bo’lishi bilan xarakterlanadi.
Balog’atga yetish davri boshlanishi bilan 11-12 yoshdan qizlar hayz ko’ra boshlaydilar. Agar qiz bola 15 yoshga chiqqanda va bundan keyin ham hayz ko’rmasa buni normal bo’lmagan hol deb hisoblash va uni albatta shifokorga ko’rsatish zarur. Ba’zi qizlar jismoniy yoki jinsiy jihatdan o’sib rivojlanishdan orqada qolsalar, hayz ko’rish kechikishi mumkin.
Ba’zi og’ir kasalliklarda jumladan, semirib ketish, qandli diabet, tireotoksikoz, yuqumli kasalliklarda ham hayz ko’rmaslik uning ruhiy holatiga, o’sishiga salbiy ta’sir etadi.
Hayz ko’rmagan qizda miyaga qonning ko’p kelishi terlab ketishi, qizib ketish, yurakning tez urishi ro’y beradi.
Agar hayz ko’rish to’xtab qolsa, darhol shifokorga murojaat qilish kerak. Ba’zan qizlik pardasining teshigi yopiq bo’ladi, hayz ko’rilganda esa qon tashqariga chiqarilmay qiniga yig’iladi. Bu esa salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Shunday holatlar kuzatilganda albatta shifokorga murojaat qilish kerak.
Olimlarning kuzatishicha, hayz ko’rish vaqtida 80 % o’quvchi qizlarda jismoniy faollikning susayishi, 70 % da yakka yurishga moyillik, 60 % da o’ziga ishonmaslik, 47 % da mashg’ulotlarga bo’lgan qiziqishning susayishi, 10 % da esa nevrotik holatlar sodir bo’lar ekan. Ba’zi qizlarda qattiq og’riq paydo bo’ladi.
Qizlarda uchraydigan surunkali tonzilit va respirator kasalliklar ham qizlarning jinsiy organlarining, bo’lajak ayolning barcha endokrin tizimini shakllanishiga ham salbiy ta’sir etadi.
Bo’yida bo’lmayotgan ayollar tekshirilganda shu narsa aniqlanganki, ularning yarmidan ko’pi surunkali tonzilit bilan og’riganlar, shifokorlar tavsiyasini vaqtida bajarmaganlar.
Shuning uchun, ham ulardagi sodir bo’lgan o’zgarshlarga davo qilgani bilan ko’ngildagidek natija chiqmaydi.
Agar qizlar angina, otit bilan tez-tez og’risalar, tishlari buzilgan bo’lsa yoki o’tkir respirator kasalliklar bilan ko’p kasallansa, shifokor xulosasi bilan uning barcha infeksiya o’choqlarini sog’lomlashtirish, shundan so’ng chiniqtiruvchi va vitaminlar bilan davo kurslari boshlash kerak.
Bodomcha bezlarini olib tashlash kerak bo’lsa, shifokor tavsiyasi bilan, unda uni 8 yoshgacha yoki faqat 15 yoshdan so’ng operatsiya qildirish mumkin.Ba’zida qindan chiqadigan ajralmalar-siydik, najas qoldiqlari infeksiyaning tashqi jinsiy organlardan ichkariga o’tishiga va u yerda yallig’lanish jarayoni vujudga kelishiga imkon beradi.
Bunda qin qichishi va og’rishi mumkin.Qichishish jiddiy oqibatlaraga olib kelishi ehtimoldan xoli emas.
Qiz bolada gijja bo’lganda ham, jinsiy organlarning shikastlanishi ya’ni yallig’lanishiga olib keladi.Gijjalar orqa chiqaruv teshigidan o’rmalab chiqadi, oqibatda qiz bola qashinib gijjalarni va bakterriyalarni qiniga olib kiradi va kasallik rivojlanadi.