Siydikni kechasi ushlanmasligi. Siydakni chiqarilishi –reflektor jarayondir. Siydik pufagiga tushayotgan siydik undagi bosimni oshiradi, bu esa pufak devorlaridagi retseptorlarni qo’zg’atadi.
Qo’zg’alish yuzaga kelib u orqa miyaning pastki qismida joylashgan siydik ajratish markazini qo’zg’atadi.
Bu yerdan impulslar pufak muskullariga kelib uni qisqarishga majbur qiladi, bu paytda sfinkter bo’shashadi va siydik, siydik pufagidan siydik chiqarish yo’liga tushadi. Bu o’z-o’zidan siydikni chiqarilishidir, bunday holatlar emadigan bolalarda kuzatiladi.
Katta bolalar voyaga yetgan odamlar singari o’z hohishlariga ko’ra siydik ajralishini to’xtatishi va ajratishi mumkin. Odatda ikki yoshli bolalarda faqatgina kunduz kuni emas, balki kechasi ham siydikni ushlab turish uchun shartli reflekslar hosil qilish mumkin.
Odatda 5-10 % bolalarda 13-14 yoshgacha bo’lgan davrda kechasi siydikni o’z-o’zidan ajralishi eneruz kuzatiladi. Bu bolalarga xos bo’lgan kasallik, bu paytda bolani uyaltirmaslik, qo’rqitmaslik kerak, ammo davolash zarur.
Kechqurun siyib qo’yishga uyqudan oldin katta miqdorda suyuqlik iste’mol qilish ham (choy, kofe, sut) sabab bo’lishi mumkin.
Eneruz bilan kasallangan bolalarga kechqurun suyuq ovqat bermaslik kerak, ratsiondan achchiq taomlarni chiqarib tashlash kerak. Ayrim holatlarda eneruz, teri kasalliklari tufayli gijjalar bo’lganida ham rivojlanishi mumkin. Bolalarni tashqi siydik-tanosil organlarini toza holda saqlashni, uni issiq suv bilan yuvish, sovun bilan ertalab –kechqurun yuvinishga o’rgatish kerak.
Siydik tanosil organlari gigiyenasi.Siydik tanosil organlarini toza saqlash bolalar va o’smirlar hayotida va ularning kelgusi hayot-faoliyatida ham muhim o’rinni egallaydi.
Shunda bola qashinmaydigan, badanini tirnamaydigan, organizm ichkarisiga mikroblar kirmaydigan bo’ladi hamda bolalar organizmiga yomon ta’sir ko’rsatadigan onanizmga odatlanmaydilar.
Tashqi jinsiy organlar va ularning oraliq terisini doimo pokiza tutish, jinsiy jihatdan voyaga yetish davrida ayniqsa kuchayadigan qo’lansa ter hidi chiqishiga yo’l qo’ymaydi.
Bolalarni tashqi jinsiy organlarni toza saqlashga odatlantirish va gigiyena, sanitariya qoidalariga rioya qilish talablarini tushuntirish uchun, o’g’il va qiz bolalarning har biri bilan alohida-alohida suhbat o’tkazib turish kerak.