Yosh fiziologiyasi va gigienasi


Koordinasiya haqida tushuncha



Yüklə 4,48 Mb.
səhifə37/190
tarix21.09.2023
ölçüsü4,48 Mb.
#146452
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   190
Yosh fiziologiyasi va gigienasi

Koordinasiya haqida tushuncha. Organizmdagi barcha organlar va tizimlarning faoliyati kelishilgan holda bajariladi. Tashqi va ichki muhit ta’sirotlariga organizm bir butun-yaxlit holda reaksiya qiladi. Organizmning turli tizimlari faoliyatining bir butun holda birlashishi (integrasiya) va muhitni turli sharoitlariga organizmni moslashishiga olib keluvchi o’zaro aloqasi, kelishishi (koordinasiya) markaziy asab tizimi faoliyati bilan bog’liq.
Umumiy oxirgi yo’l tamoyili. Markaziy asab tizimining koordinasiyalovchi faoliyatining morfologik asosi bo’lib umumiy oxirgi yo’l hisoblanadi. Qo’zg’alishni markaziy asab tizimiga olib boruvchi markazga intiluvchi nerv tolalari (afferent), organizmda efferent neyronlarga (markazdan qochuvchi) nisbatan qariyib 5 martaga ko’pdir.
Markazga intiluvchi tolalar bilan markazdan qochuvchi tolalar orasidagi bunday nisbatni Sherrington chizma ravishda katta qabul qiluvchi teshikcha va tor-chiquvchi teshikga ega bo’lgan voronka shaklida tushuntirib berdi. Katta qabul qiluvchi teshikdan nerv impulsari asab tizimi markaziga tushsa, qo’zg’alishlar effektorga uncha ko’p bo’lmagan miqdorda yetib boradi. Bunday holatda bitta markazga intiluvchi neyronga ega bo’lgan yo’lda turli reseptor zonalardan juda ko’plab impulslar uchraydi. «Umumiy oxirgi yo’l» uchun o’ziga xos kurash yuzaga keladi. Markaziy asab tizimida va uning o’sha paytdagi funksional holati markazga kelgan katta miqdordagi nerv impulslaridan qaysisi oxirgi umumiy yo’lga ega bo’lishini aniqlab beradi.
Markaziy asab tizimidagi irradiasiya va induksiya. U yoki bu reseptorni qo’zg’atish natijasida yuza keladigan qo’zg’alish impulslari markaziy asab tizimiga tushganidan keyin, uning qo’shni qismlariga tarqaladi. Markaziy asab tizimidagi qo’zg’alishni bunday tarqalishi irradiasiya deb ataladi. Berilgan qo’zg’atish qancha kuchli va davomli bo’lsa irradiasiya shuncha keng bo’ladi. Asab tizimining turli qismlarini bir-biri bilan bog’lovchi qo’shimcha neyronlar va markazga intiluvchi nerv hujayralarining ko’plab o’simtalari hisobiga irradiasiya yuz berishi mumkin. Irradiasiya bolalarda, ayniqsa ularning hayotini dastlabki davrlarida aniq namoyon bo’ladi. Maktabgacha va kichik maktab yoshidagi bolalar chiroyli o’yinchoqlarni ko’rganida og’zini ochadi, sakraydi, kayfiyati yaxshilagidan kuladilar.
Tabiiy sharoitlarda markaziy asab tizimi bo’ylab qo’zg’alish odat bo’yicha juda keng ko’lamda irradiasiyadanishi mumkin, lekin haqiqatda ma’lum chegaralarda tarqaladi, bu esa ma’lum koordinasiyalangan reflektor reaksiyalarning bajarilishi imkonini beradi.
Qo’g’atuvchilarni tabaqalanish jarayonida qo’zg’alishni irradiasiyalanishini tormozlanish chegaralaydi. Natijada ma’lum neyronlar guruhida qo’zg’alish yig’iladi. Shundan keyin qo’zg’algan neyronlar atrofida qo’zg’aluvchanlik pasayib ketadi va ular tormozlanish holatiga keladilar. Bu hodisa bir vaqtdagi manfiy induksiyadir. Diqqatni jamlanishini, irradiasiyani zaiflashuvi va induksiyani kuchayishi deb qarash mumkin. Shovqin ta’siridan, qattiq yoki kuchli kulgidan yoki gaplashishdan diqqatni yoyilib ketishi induksiyaning zaiflashuvi natijasi hisoblanadi va qo’zg’alishni irradiasiyasi uchun qulay sharoit yaratadi. Diqqatni bo’linishini yangi kiritilgan qo’zg’alish o’chog’i tomonidan yuzaga kelgan chamalash reaksiyasi natijasida hosil bo’lgan induksion tormozlanishni natijasi deb qarash mumkin. Qo’zg’algan neyronlarda, qo’zg’alishdan keyin tormozlanish yuz beradi va aksincha o’sha neyronlarda tormozlanishdan keyin qo’zg’alish yuzaga keladi. Bu navbatlashuvchi induksiyali dars davomida katta yarim sharlar po’stlog’idagi harakat qismida uzoq muddatli tormozlanishdan keyin tanaffus paytida o’quvchilarda qo’zg’atiladigan harakat faolligining kuchayishi bilan navbatlashuvchi induksiyani tushuntirish mumkin. Tanaffus paytidagi dam olish faol va harakatchan bo’lishi zarur.

Yüklə 4,48 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   190




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin