Bosh miya funksiyalarini o’rganishda I.M.Sechenov va I.P.Pavlov ishlarining ahamiyati.I.P.Pavlov I.M.Sechenovni «Rus fiziologiyasining otasi» deb atadi. Tabiatshunoslik tarixida birinchi marta I.M.Sechenov o’zining 1863 yilda «Bosh miya reflekslari» deb atalgan buyuk asarida odamlarning ruhiy faoliyatini materialistik nuqtai nazardan tushuntirib berdi. Bu asarda birinchi marta miyaning reflektor ish tamoyili haqidagi g’oya-mafkurani shakllantirdi.
I.M.Sechenovning buyuk g’oyasi I.P.Pavlov tomonidan eksperimental yo’llar bilan tasdiqlandi, birgina tasdiqlanmadi, balki I.M.Sechenov va I.P.Pavlovlar insonlar tomonidan uni o’rab turgan organik olamni aks ettiruvchi tamoyilini materialistik nuqtai-nazardan tushuntirib bergan reflektor nazariyaning asoschilar hisoblanadi. I.P.Pavlov reflektor nazariyani rivojlantirdi va oliy asab faoliyati haqidagi ta’limotni yaratdi. Atrof-muhit ta’siriga odam va oliy darajadagi hayvonlar tomonidan ta’minlanuvchi reaksiyaning murakkab shakllarining asab mexanizmini ochishga erishdi. Shartli refleks ana shu kashfiyotning mexanizmi hisoblanadi.
Katta yarim sharlar po’stlog’i va unga yaqin bo’lgan po’stloqosti xosilalarining yaxlit organizmni tashqi muhit bilan o’zaro aloqasini ta’minlovchi faoliyatining murakkab shakllarining yig’indisi oliy asab faoliyati deb ataladi.
Asab faoliyati haqidagi ta’limotda tashqi obyektiv olamning odamlarda aks etishining murakkab jarayonlarining fiziologik mexanizmlari ochib berilgan.
I.P.Pavlov qonuniy ravishda jahon fiziologiyasida yangi yo’nalishning tashkilotchisi bo’lib hisoblanadi. U ayrim organlarda yoki organlar tizimlarida kechayotgan, ularning yaxlit organizm bilan uzviy aloqasini ta’minlovchi fiziologik jarayonlarni o’rgandi.
I.P.Pavlov tomonidan fiziologiyaga kiritilgan analitik va sintetik usul o’ta mahsulli bo’lib chiqdi va yaxlit organizmni uni o’rab turuvchi muhit bilan uzviy aloqasini o’rganish imkonini berdi.
Oliy asab faoliyatini o’rganish usullari. I.P.Pavlov fistula qo’yish usuli yordamida ovqat hazmlovchi bezlar funksiyasini o’rganishda so’lak bezi yo’lidan tashqariga so’lak faqatgina itning og’iz bo’shlig’iga oziqa tushgandagina emas, balki uning ko’rinishi, hidi, xizmatchini oyoq tovushlariga, idishlarni tovushiga ham so’lak ajralishini kuzatdi.
I.P.Pavlov bu hodisani tushuntirib berdi va uni shartli refleks deb atadi.
Shartli reflekslar usuli yordamida I.P.Pavlov bosh miya katta yarim sharlari po’stlog’i va unga yaqin yotuvchi po’stloq osti tuzilmalari, bosh miya po’stlog’idagi irradiasiya va konsentrasiya hodisalarini, miyaning analitik va sintetik faoliyatlarini o’rgandi. Aynan shartli reflekslar usuli I.P.Pavlovga oliy asab faoliyati haqidagi ta’limotni yaratish imkonini berdi. N.I.Krasnogorskiy bolalarda oliy asab faoliyatini o’rganish uchun ularda qo’ng’iroqchaning tovushiga shartli refleks hosil qildi. Qo’ng’iroqcha tovushi shartli qo’zg’atuvchi vazifasini o’tadi. Mustahkamlovchi bo’lib esa, sut ichirish xizmat qildi. Bu paytdagi so’lakni yig’ib olish uchun metall kapsula-surg’ich ishlab chiqildi. Sulak yig’uvchi kapsula, og’izning shilliq pardasiga shunday yopishtiriladiki, uning markaziga so’lak bezining so’lak chiqaruvchi yo’li to’g’rilab qo’yiladi va u orqali so’lak og’iz bo’shlig’iga tushmay, kapsulaga, undan esa rezina naycha orqali tashqaridagi probirka yoki stakanchaga tushadi.