Yosh fiziologiyasi va gigienasi


Shartli reflekslarning biologik ahamiyati



Yüklə 4,48 Mb.
səhifə73/190
tarix21.09.2023
ölçüsü4,48 Mb.
#146452
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   190
Yosh fiziologiyasi va gigienasi

Shartli reflekslarning biologik ahamiyati. Odatda organizm ma’lum darajadagi shartsiz reflekslar fondi bilan tug’iladi. Ular uning nisbatan doimiy yashash sharoitida hayotini saqlab turishini ta’minlaydi. Ularga oziqlanish (emish, chaynash, yutish, so’lak ajralishi, me’da shirasini ajratish va boshq.) jinsiy reflekslar jinsiy aloqalarni bajarilishi bilan va bolasini oziqlantirish va parvarishlash bilan bog’liq bo’lgan reflekslar, termoregulyasion, nafas, yurak, tomirlar, organizmni ichki muhitini doimiyligini saqlab turuvchi (gomeostaz) va boshqa shartsiz reflekslar kiradi.
Shartli reflekslar organizmni o’zgaruvchan hayot sharoitiga jiddiy darajadagi mukammal moslashishini ta’minlaydi. Ular hidiga qarab oziqalarni topish, xavfdan va turli holatlardan o’z vaqtida chiqib ketish imkonini beradi.
Sulakni, me’da va me’daosti bezi shiralarini ovqatlarni turi, hidi va oziqalarni qabul qilish tartibiga qarab shartli reflektor ajralishi, ovqatlar organizmga tushmasdan turiboq ularni hazmlanishi uchun kerakli zarur sharoit yaratiladi. Ish holatining ko’rinishi ish boshlanguniga qadar gazlar almashinuvining tezlashishi va o’pka ventilyasiyasining ortishi organizmning muskulli faoliyati paytidagi uning bardoshlik va yaxshi ish bajarish qobiliyatini ta’minlaydi. Atrof-muhit sharoitlarini o’zgarishida ilgari hosil qilingan shartli reflekslari so’nadi va yangi shartli reflekslar hosil bo’ladi.
Katta yarim sharlar po’stlog’iga shartli signal ta’sir etganida keyinchalik o’z ta’sirini ko’rsatuvchi tashqi muhit qo’zg’atuvchilariga organizmni reaksiya qilishi uchun oldindan tayyorlanishini ta’minlaydi. Shu sababli, katta yarim sharlari po’stlog’i faoliyati turtkilovchi hisoblanadi.


5.2. Shartli reflekslarning tormozlanishi.


Shartsiz yoki tashqi tormozlanish. Shartli reflekslar tormozlanish xususiyatiga ega. Katta yarim sharlar po’stlog’ida shartli reflekslarni bajarilishida ushbu shartli refleksga aloqasi bo’lmagan yangi kuchli qo’zg’alish o’chog’i yuzaga keladi. Agar itda qo’ng’iroq ovoziga shartli so’lak ajralish refleksi hosil qilingan bo’lsa, qo’ng’iroq chalingan paytdagi kuchli elektr nuri ilgari hosil qilingan so’lak ajralish refleksi tormozlanadi. Bu tormozlanishning asosida manfiy induksiya hodisasi yotadi: begona qo’zg’alishdan po’stloqda hosil bo’lgan yangi kuchli qo’zg’alish o’chog’i shartli reflekslarni bajarilishi bilan bog’liq bo’lgan katta yarim sharlar po’stlog’idagi qismlarni qo’zg’aluvchanligini pasayishini chaqiradi va ushbu hodisa tufayli shartli refleksni tormozlanishini chaqiradi. Shartli reflekslarning bunday turini ayrim hollarda induksion tormozlanish ham deb yuritiladi.
Siydik pufagining to’lishi, og’riqli yallig’lanish o’chog’lari ham shartli reflekslarni tormozlashishi mumkin.
Induksion tormozlanish, ushbu shartli refleks uchun tashqi, begona qo’zg’atuvchi ta’sir etishi bilanoq u rivojlana boshlaydi va uni qayta ishlanishi talab qilinmaydi, shu sababli ham u shartsiz tormozlanishlar qatoriga qo’shiladi, chegaradan chiqqan tormozlanish ham tashqi tormozlanishlar qatoriga kiradi. Bunday tormozlanish shartli qo’zg’atuvchining ta’sir kuchi yoki vaqti haddan tashqari ortganda namoyon bo’ladi. Bu paytda shartli refleks zaiflashadi yoki umuman yo’qoladi. Bu tormozlanish himoya ahamiyatiga ega bo’lib, ular nerv hujayralarini qo’zg’atuvchilarning haddan tashqari kuchli yoki davomiyligidan, qaysiki ularni faoliyatini buzishi mumkin bo’lgan ta’siridan himoya qiladi.

Yüklə 4,48 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   190




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin