Bolalar miyasining yoshga oid xususiyatlari. (elektroensefalografiya ma’lumotlari bo’yicha). Katta yarim sharlar po’stlog’i asab elementlarining faolligini namoyon bo’lishi bo’lib voyaga yetgan odamlarning tinch bedorlik paytida elektroensefalogrammasida hukmronlik qiluvchi alfa-ritm deb ataluvchi (sekundiga –8-13 tebranish chastotasi) ritmdir.
21-rasm. Elektroensofalogrammaning asosiy ritmlari. A –beta ritm; B –alfa ritm; V –teta ritm; G –delta ritm.
Bolalar oliy asab faoliyatining tipologik xususiyatlari. Bolalarda oliy asab faoliyatini o’rganish N.I.Krasnogorskiy bosh miyaning po’stloq va po’stloqosti hosilalari orasidagi asab faoliyatini kuchiga, muvozanatlashgaligiga va harakatchanligiga hamda signal tizimlari orasidagi nisbatlarga bog’liq holda oliy asab faoliyatining 4-ta tipini ajratdi.
Kuchli, muvozanatlashgan, maqbul qo’zg’aluvchan tez tip. Bu tip juda tez shartli reflekslar hosil bo’lishi bilan xarakterlanadi, bu reflekslarning turg’unligi jiddiydir. Bu tipga mansub bolalar juda nozik tabaqalashlarni hosil qilish xususiyatiga ega. Ularning shartsiz reflektorli faoliyati funksional jihatdan kuchli po’stloq bilan boshqariladi. Bu tipdagi bolalar yetuk juda yaxshi rivojlangan bo’lib, turli lug’atiy tarkibdan iborat bo’ladi.
22-rasm. Bola alfa ritmining yoshga oid hususiyatlari. A-olti oylik bola; B- 2,5 yoshli bola; V-10 yoshli bola; G-o’smir.
Kuchli, muvozanatlashgan, sekin tip. Bu tipdagi bolalarda shartli reflekslar juda sekin hosil bo’ladi, so’ngan reflekslarning tiklanishi ham xuddi shunday sekin bo’ladi. Bu tipga mansub bolalarning shartsiz reflekslari va emosional holatlari doimo sezilarli darajada po’stloq nazoratida bo’lishi bilan xarakterlanadi. Ular gapirishga juda tez o’rganadi, faqat gaplar biroz sekinlashgan bo’ladi. Murakkab vazifalarni bajarishda doimiy ravishda faol va turg’un bo’ladi.
Kuchli, muvozanatlashmagan, yuqori qo’zg’aluvchan jonsarak tip. Doimo ham po’stloq bilan nazoratda bo’lavermaydigan, kuchli namoyon bo’luvchi po’stloqosti faoliyati, yetarlicha tormozlanmaydigan jarayonlar bilan xarakterlanadi. Bunday bolalarda shartli reflekslar tez so’nadi, hosil bo’layotgan tabaqalanish esa chidamsiz. Bunday tipdagi bolalar yuqori emotsional qo’zg’aluvchanlik, urishqoqligi, jangariligi va affektlar bilan ajralib turadi. Bunday tipdagi bolalar juda tez, ayrim hollarda baqirish-chaqirishlar bilan gapiradi.
Zaif tip. Bu tipdagi bolalar past darajadagi qo’zg’aluvchanlik bilan xarakterlanadi. Shartli reflekslar sekin hosil bo’ladi, chidamsiz ko’pchilik holatlarda sekin gapiradi, yengil tormozlanuvchi tipdir. Kuchli, aniq ko’rinib turuvchi tashqi tormozlanishlar paytida zaif, ichki tormozlanish xarakterlidir, bu esa bolalarning yangi o’qitish, o’rgatish sharoitlariga va ularning o’zgarishiga qiyin o’rganishi bilan tushuntiriladi. Bu tipdagi bolalar kuchli va davomli qo’zg’alishlarga chiday olmaydi, juda tez charchaydi. Biz yuqorida ko’rsatganimizdek odamlarning oliy asab faoliyatining eng asosiy farqlovchi belgilaridan biri uning plastikligidir. Katta yarim sharlar hujayralarining plastikligi, ularning tashqi muhitning o’zgaruvchan sharoitiga moslashuvchanligi tiplarning qayta hosil bo’lishiga morfofunksional asos bo’lib hisoblanadi. I.P.Pavlov tiplardagi plastiklik odamlarning muhim xususiyatlardan bo’lib ularni tarbiyalash, chiniqtirish va mijozini o’zgartirish imkonini beradi deb o’qtiradi.