Yosh fiziologiyasi va gigienasi


Odam tanasi muskullarining asosiy guruhlari



Yüklə 4,48 Mb.
səhifə108/190
tarix21.09.2023
ölçüsü4,48 Mb.
#146452
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   190
Yosh fiziologiyasi va gigienasi

Odam tanasi muskullarining asosiy guruhlari. Gavda muskullariga ko’krak qafasi, yelka va qorin muskullari kiradi.
Qovurg’alar orasida joylashgan muskullar, muskullararo va nafas funksiyasini bajarilishida ishtirok etuvchi boshqa muskullar nafas muskullari deb yuritiladi. Bular qatoriga diafragma ham kiradi (u ko’krak bo’shlig’ini qorin bo’shlig’idan ajratib turadi).
Baquvvat rivojlangan ko’krak muskullari gavdaning oldingi qo’l-oyoqlarning muskullarini harakatga keltiradi va mahkam ushlab turadi (katta va kichik ko’krak, oldingi tishsimon muskullar).
Qorin muskullari turli funksiyalarni bajaradi. Ular qorin bo’shlig’ini devorlarini hosil qiladi va o’zining tonusi tufayli ichki organlarning joyini o’zgarib ketishiga, pastga tushishiga, osilib qolishiga yo’l qo’ymaydi.
Qorin muskullari qisqarishi natijasida ichki organlarga qorinning pressi sifatida ta’sir ko’rsatadi, buning natijasida siydik, najasni ajratib chiqarilishiga hamda tug’ish aktini bajarilishini ta’minlaydi, qorin pressining muskullari qisqarishi, venoz tizimida qonning harakatlanishini ta’minlaydi va nafas harakatlarini bajaradi. Bundan tashqari qorin muskullari umurtqalar ustunini oldinga egilishida ishtirok etadi.
Qorin muskullari zaiflashganda qorin bo’shlig’idigi organlarni pastga osilib qolishidan tashqari grija (qorin pardasining muskullar orasiga qisilib qolishi kabi holatlar) ham yuz berishi mumkin. Grijalar paytida ichki organlarning ichaklar, me’da, katta salnik qorin bo’shlig’idan qorin terisi ostiga chiqishi yuz beradi.
Qorinning devor muskullari qatoriga, qorinning to’g’ri muskuli, piramida muskuli, belning kvadrat muskuli va qorinning tashqi va ichki qiyshiq va ko’ndalang keng muskullari ham kiradi. Qorinning o’rta chizig’idan payli zich tasma o’tadi, bu oq chiziqdir. Oq chiziqni yonidan qorinning tolalari eniga joylashgan to’g’ri muskullar yotadi.
Yelkada ya’ni umurtqalar ustuni bo’ylab juda ko’plab muskullar joylashgan, bular yelkaning chuqur muskullaridir.Ular odatda umurtqalarning o’simtalariga tutashgan bo’ladi. Bu muskullar umurtqalar pog’onasini orqaga va yon tomonlarga harakatlanishida ishtirok etadi. Yelkaning yuza muskullariga trapetsiyasimon muskul va yelkaning eng keng muskuli kiradi. Ular qo’l muskullarini va ko’krak qafasini harakatlanishida ishtirok etadi.
Bosh yoki kalla muskullarini chaynash muskullariga va mimik muskullarga farqlash mumkin. Chaynash muskullariga chakka, chaynash va qanotsimon muskullar kiradi. Bu muskullarning qisqarishi pastki jag’ning murakkab chaynash harakatlarini bajaradi. Mimik muskullar bir, ayrim vaqtlarda o’zlarining uchi bilan yuz terisiga birikadilar. Ularning qisqarishi natijasida terini o’zgartirib o’ziga xos mimika chaqiradi, ya’ni yuzning u yoki bu ko’rinishini chaqiradi, ko’zning va og’izning aylana muskullari ham mimik muskullar qatoriga kiradi.
Bo’yin muskullari kallani ko’taradi, engashtiradi va uni yon tomonlarga buradi. Narvonsimon muskullar qobirg’alarni ko’taradi va shu bilan bir vaqtda nafas olishda ishtirok etadi. Tilosti suyagiga birikkan muskullar qisqarishi natijasida tilni holatini va aynan shunday funksiyalarni, yutish aktini bajarishda va turli tovushlar chiqarishda halqumni holatini ham o’zgartiradi.
Qo’llarni poyaslari gavda bilan faqat ko’krak-umrov bug`uni hududidagina birikadi. Oldingi qo’l-oyoqlar kamari gavda bilan trapetsiyasimon, kichik ko’krak, rombsimon, tishsimon va kurakni ko’taruvchi muskullar bilan birikkan.
Oldingi qo’l kamari muskullari qo’l suyaklarini yelka bug’inidan harakatga keltiradi. Bular orasida deltasimon muskul muhim ahamiyatga ega. Bu muskul qisqarganida yelka bugunidan qo’lni bukadi va gorizontal holatgacha qo’lni yozadi.
Yelkaning oldingi qismida bukuvchi va orqada qismida rostlovchi muskullar guruhi joylashgan. Oldingi guruh muskullari orasida yelkaning ikki boshli muskuli va keyingi guruh muskullari orasida – uch boshli muskul joylashgan.
Bilak muskullarini oldingi yuzasi-bukuvchilar, orqa qismini – roslovchilar tashkil etadi. Panja muskullari orasida –kaftning uzun muskuli barmoqlarni bukuvchi hisoblanadi.
Keyingi oyoqlar kamarida joylashgan muskullar, oyoqlarni tos bo’g’inidan hamda umurtqalar pog’onasini harakatlantiradi. Oldingi muskullar guruhiga bitta katta muskul – qovurg’a bilan qorin orasidagi va bel muskuli kiradi. Keyingi tashqi tos kamari muskullar guruhiga - katta, o’rta va kichik dumba muskullari kiradi.
Oyoqlar qo’lga nisbatan og’ir skelet, ularning muskullari katta kuchga ega bo’lish bilan birga kichik va chegaralangan harakat doirasiga ega.
Sonning oldi tomonidan odam tanasidagi eng uzun (50 sm.gacha) bo’lgan tikuvchilik muskuli joylashadi. Bu muskul oyoqni tos suyagi bilan son suyagini tutashtiruvchi va tizza bo’g’unlarida bo’ladi. Sonning to’rt boshli muskuli tikuvchi muskuldan ancha chuqurroq yotadi va son suyagini hamma tomondan o’rab turadi. Bu muskullarning asosiy funksiyasi – tizza bo’g’unlarini rostlashdan iboratdir. Tik turganda to’rt boshli muskul tizza bo’g’inini bukilishiga yo’l qo’ymaydi.
Boldirni orqa tomoni yuzasida boldir muskuli joylashgan, qaysiki boldir suyagini bukadi va oyoqni kaft suyaklarini ham bukadi va tashqi tomonga buradi.

Yüklə 4,48 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   190




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin