Tug’ma va orttirilgan immunitetlar. Odamlar gripp bilan og’riydilar, lekin ko’pgina hayvonlar kasallanmaydilar; shu bilan birga ko’pgina hayvonlarning kasalliklari bilan odamlar og’rimaydilar. U yoki bu kasallik qo’zg’atuvchilariga odamlar organizmining chidamliligi turga xos bo’lgan yoki tug’ma immunitet deb yuritiladi. U tug’ilgandan namoyon bo’ladi, ota-onasidan irsiylanadi. Irsiy immunitet deganda odam organizmini qora mollar vabosi bilan kasallanmasligi bilan tushuntirish mumkin. Immun moddalar ona organizmidan plasentaga o’tadi, yangi tug’ilgan bolalar bu moddalarni ona suti orqali oladi. Ma’lumki yangi tug’ilgan bolalar hayotining birinchi oyida qizamiq, poliomiyelit (bolalar paralichi) va boshqa infeksion kasalliklar bilan og’rimaydi.
Odamlarda ular infeksion kasalliklar bilan og’riganidan keyin immunitetlar hosil bo’lishi mumkin, bu esa orttirilgan immunitet hisoblanadi. Odam sog’ayganidan keyin uning qonida u og’rigan kasallik qo’zg’atuvchisiga qarshi bo’lgan himoyaviy moddalar qoladi. Agarda ushbu kasallikni qo’zg’atuvchilari qonga tushsa, u ham u ajratadigan zaharlar ham immun tanachalar bilan mos holda zararsizlantiriladi va kasallik rivojlanmaydi. Ana shu sababli, yoshlikda qizamiq, ko’k yo’tal bilan og’rigan bolalar ushbu kasalliklar bilan qayta kasallanmaydilar.
Organizmni irsiy yo’l bilan yoki kasallanish tufayli orttirilgan u yoki bu kasallik bilan kasallanmasligi tabiiy immunitet deb ataladi, tabiiy immunitet mustahkam bo’lib uzoq yillar davomida saqlanib qoladi.
Immunitetni sun’iy yo’l bilan ham hosil qilish mumkin. Buning uchun organizmga holsizlantirilgan yoki o’ldirilgan u yoki bu kasallikni qo’zg’atuvchisi kiritiladi. Shunday yo’l bilan holsizlantirilgan kasallik qo’zg’atuvchining zahari ularga qarshi o’ziga xos himoyaviy moddalar ishlab chiqaradi (antitoksinlar). Sun’iy immunitetga misol bo’lib ogohlantiruvchi emlashlar hisoblanadi.
Tibbiyot amaliyotida passiv immunizasiya keng qo’llaniladi. Bu paytda kasallangan odamga kasaldan tuzalgan odamni yoki hayvonni qonini zardobi kiritiladi. Bunday zardoblarda kasallikni qo’zg’atuvchisiga qarshi tayyor immun tanalar bo’ladi. Qizamiq bilan og’rigan bolalarga, qizamiqdan tuzalgan odamlar qonidan surtiladi yoki sepiladi. Bu qonda qizamiqning qo’zg’atuvchisiga qarshi antitanalar saqlanadi. Xuddi shunday rolni difteriyani qo’zg’atuvchisiga qarshi tayyor immunli moddalarni saqlovchi difteriyaga qarshi zardob ham o’ynaydi. Bunday zardobni terisi ostiga difteriya mikroblari ilgaridan sepilgan otlarning qonidan tayyorlanadi, otning qonida difteriyaning qo’zg’atuvchisiga qarshi immunli, tanalar ishlab chiqiladi va uni ot qoni zardobi bilan difteriya bilan og’rigan odam yoki bu kasallikni oldini olish maqsadida kiritiladi. Ogohlantiruvchi emlashlar yoki davolovchi zardoblarni kiritish yo’li bilan orttiriladigan immunitet sun’iy deb yuritiladi. Bu shakldagi immunitet tabiiy immunitetga nisbatan ancha chidamsiz.
Ma’lumki, kasallikni davolashdan ko’ra uni oldini olish osonroq. Aynan shu sababli, chechak, difteriya, ko’k yo’tal va boshqa infeksion kasalliklar bilan kasallanishni pasayishida kasallikdan saqlovchi emlashlarning roli juda katta.
Immunitet beqaror bo’lishi mumkin, bu paytda organizm immunologik xususiyatlarini yo’qotadi va shunday paytlarda unga u yoki bu kasallikni qo’zg’atuvchilari tushganida u yana kasal bo’lishi mumkin. Shu sababli ayrim infeksion kasalliklarga qarshi emlash tadbirlari (chechak, poliomiyelit) ni ma’lum muddatlardan keyin takrorlanadi.