Bolaning rivojlanish jarayonida immun reaksiyalarning shakllanishi. Embrional rivojlanish davrida homilaning organizmida antitanalar ishlab chiqilmaydi. Tug’ilgandan keyingi dastlabki 3 oy mobaynida chaqaloqlarning organizmi deyarlik to’lig’icha infeksion kasalliklar bilan kasallanmaydi. Kasalga chalinmaslikni bu holatini homilaning ona organizmidan olgan immun tanalari mavjudligi bilan tushuntirish mumkin. Kasalga chalinmaslikni yana emadigan bolalarni ona sutidan olgan antitanalar bilan ham tushuntirish mumkin. Gamma-globulin-antitanalarni tashuvchi ona organizmidan homilaga plasenta orqali berilsa, tug’ilganidan keyin dastlabki 3-5 kunlik sut (og’iz suti) tarkibida beriladi. Bundan tashqari yangi tug’ilgan bolalarning turli kasalliklar bilan og’rimasligi, ular organizmining ayniqsa uning asab tizimini to’lig’icha yetilmaganligi, bilan bog’liqdir. Bu yoshda bolalarning qizil iligida va limfa tugunlarida antitanalar ishlab chiqaruvchi hujayralar yo’q va gamma-globulinlar sintezlanmaydi. Katta yoshdagi bolalarga nisbatan kichik yoshdagi bolalarda spesifik bo’lmagan himoya omillari aniq namoyon bo’ladi.
Organizmning yetilish darajasiga qarab uning asab tizimi ham yetila boradi va bolaning organizmida chidamli immunologik xususiyatlar asta-sekin paydo bo’la boshlaydi. 2 yoshda jiddiy darajadagi immun tanalar hosil bo’la boshlaydi. Shuni qayd qilish kerakki jamoalarda tarbiyalangan bolalarda immun reaksiyalar ancha tez shakllanadi. Jamoat joylardagi bolalar yopiq-yashirin immunizasiyaga uchraydi, kasal boladan bola organizmi kichik dozalarda tushgan qo’zg’atuvchilar unda kasallik chaqirmay, qo’zg’atuvchilar tezda halok bo’ladilar, ya’ni organizm unga qarshi antitanalar ishlab chiqarishga ulgurishi bilan yuqoridagi holatni tushuntiramiz. Agar bu holat bir necha marta takrorlansa ushbu kasallikga qarshi immunitet yuzaga keladi.
Organizm 10 yoshga yetganida uning immun xususiyati yaxshi namoyon bo’ladi, keyingi davrlarda ular nisbatan doimiy darajada turadi va 40 yoshdan keyin pasaya boshlaydi.
Organizmning immunli reaksiyalarini shakllanishida profilaktik emlashlar muhim rol o’ynaydi. Asosiy emlashlarning va ularning takrorlanishini kalendar jadvali (revaksinatsiya) quyidagicha ko’rinishga ega.
Silga qarshi – dastlab hayotning 5-7 kunida. Takrorlash 7,12 va 17 yoshda.
Poliomiyelitga qarshi – dastlab 2 oylikda. Takrorlash 1,2 va 3 yoshda, so’ngra 7 va 15-16 yoshda.
Difteriya, ko’k yo’talga qarshi – dastlab 5-6 oylikda. Takrorlash 2-3 yoshda va 6 yoshda (maktabdan oldin).
Chechakka qarshi – dastlab 1 dan 1,5 yoshgacha. Takrorlash 8 va 15 yoshda
Qizamiqqa qarshi –10 oylikda va barcha 8 yoshgacha bo’lgan, emlanmagan va qizamiq bilan og’rigan bolalar bir marta emlanadi.