Yosh fiziologiyasi va gigienasi


Suv va minerallar almashinuvi. Darmondorilar



Yüklə 4,48 Mb.
səhifə178/190
tarix21.09.2023
ölçüsü4,48 Mb.
#146452
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   190
Yosh fiziologiyasi va gigienasi

12.5. Suv va minerallar almashinuvi. Darmondorilar.


Suv va mineral tuzlarning ahamiyati. Organizmdagi barcha moddalarning o’zgarishi suvli muhitda bajariladi. Suv organizmga tushgan oziq moddalarni eritadi. Suv mineral moddalar bilan birga hujayralarning tuzilishi va ko’plab almashinuv reaksiyalarda ishtirok etadi.
Suv tana haroratining boshqarilishida ishtirok etadi: bug’ lanish bilan tana haroratini sovutadi, uni qizib ketishdan saqlaydi; erigan moddalarni tashishda ishtirok etadi.
Suv va mineral tuzlar asosan organizmni ichki muhitini tashkil etadi, qon plazmasi, limfa va to’qimalararo suyuqliklarni asosiy qismini tashkil etadi. qonning suyuq qismida erigan ayrim tuzlar, gazlarning qon bilan tashilishida ishtirok etadi.
Suv va mineral tuzlar hazm shiralarining tarkibiga kiradi, qaysiki ularning ovqat hazmi jarayonidagi ahamiyatini aniqlab beradi. Suv ham mineral tuzlar ham organizm uchun energiya manbai hisoblanmasada, ularning mutadil holatda organizmga kiritilishi va chiqarilishi, uning mutadil faoliyati uchun zarur sharoit hisoblanadi. Buning uchun voyaga yetgan odamlar organizmining tana og’ irligining yaqin 65 % ni, bolalar organizmining esa 80 % ni suv tashkil qilishini aytishni o’zi kifoya.Organizm tomonidan suvning yo’qotilishi og’ ir buzilishlarga olib keladi. Masalan, emadigan bolalarning ovqat hazmining buzilishida organizmni suvsizlanishi juda xavfli, oqibatda muskullarning tortishishi, hushdan ketish holatlari kuzatiladi. Odamlarga bir necha kun davomida suv bermaslik o’lim bilan tamom bo’ladi.
Suv almashinuvi. Odam tanasining suv bilan to’lig’icha ta’minlanishi, uning ovqat hazmi tizimidan doimiy ravishda surilishi hisobiga amalga oshadi.
Odamlar uchun mo’tadil ovqatlanish tartibida va atrof muhitning mo’tadil haroratida bir kecha-kunduzda 2-2,5 l suv talab qilinadi. Bu miqdordagi suv quyidagi manbalardan olinadi: 1) Ichiladigan suvlardan (1 l ga yaqin), 2) Ovqatlar tarkibida saqlanadigan suvdan (1 l ga yaqin) oqsillar, yog’lar va uglevodlar alashinuvi natijasida organizmda hosil bo’ladigan suvlardan (300-500 ml).
Organizmdan suvlarni haydovchi asosiy organlar bo’lib- buyraklar, ter bezlari, o’pka va ichaklar hisoblanadi. Buyraklar orqali bir kecha-kunduzda siydik tarkibida 1,2-1,5 l suv organizmdan chiqariladi. Ter bezlari bilan bir kecha-kunduzda teri orqali ter shaklida 500-700 ml suv ajratiladi. Havo harorati va namligi mutadil bo’lganida har daqiqada 1 sm2 teri yuzasidan 1 mg suv ajraladi.
O’pka orqali suv bug’lari shaklida 350 ml suv ajraladi. Suvning bu miqdori nafas olish chuqurlashganda va tezlashganda keskin ortadi va bir kecha-kunduzda 700-800 ml suv ajralishi mumkin.
Ichaklar orqali najas bilan bir kecha-kunduzda suv chiqarilishi mumkin. Ichaklarning faoliyati buzilganida katta miqdorda suv chiqarilishi mumkin (ich ketish paytida) bu esa organizmning suvsizlanishini keltirib chiqaradi. Organizmning mutadil faoliyati uchun eng muhimi xarajat bo’lgan suvning o’rnini to’lig’icha to’ldiradigan suv tushishi zarur.
Agar organizmga tushayotgan suvning miqdori chiqarilayotgan suvdan kam bo’lsa, bu paytda chanqoqlik seziladi. Iste’mol qilingan suvning miqdori bilan ajratilgan suvlar miqdorining o’zaro nisbati suv muvozanatini tashkil etadi.

Yüklə 4,48 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   190




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin