Yоsh fiziologiyasi va gigiyenasi fanining vazifalari, rivojlanish tarixi. Odam organizmi rivojlanishining umumbiologik qonuniyatlari



Yüklə 0,91 Mb.
səhifə106/107
tarix29.04.2023
ölçüsü0,91 Mb.
#104511
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   107
Mustaqil ish matnlari 2023

3

5

5

4

4

2



Ish qobiliyatining hafta davomida o‘zgarishi

Aqliy faoliyat o‘quvchining eng asosiy faoliyat turi hisoblanadi. Bunda quyidagi jihatlarga e’tibor qaratish lozim.


Aqliy yuklama yoshga mos bo‘lishi. Buni o‘qituvchi tanlaydi. Yuklama miqdori oshsa, bolada charchash kuzatiladi. Masalan, haftalik o‘quv yuklama miqdorini oshirib yuborish, to‘garaklar sonini ko‘paytirish yoshga bog‘liq holda belgilanishi kerak.
Insonni aqliy qobiliyati umumiy rivojlanishining 50% dastlabki 3-4 yoshida, 30% 4-8 yoshlik davrida, qolgan 20% esa 8-17 yoshlarida ro‘y beradi. K.D.Ushinskiyning fikricha, 6 yoshli bolaning bir oy davomidagi jismoniy va aqliy kamoloti 10 yashar bolaning bir yillik o‘sishidan ustun turadi. 5 yoshdagi bolada paydo bo‘lgan biror hissiyotni u ko‘pincha umrbod esidan chiqarmaydi. 7 yoshdagi odat 70 yoshida ham saqlanadi. Bolada bilimga qiziqish 1,5-2 yoshdan boshlanadi.
Aqliy yuklama qobiliyatga mos bo‘lishi. Ayrim bolalarda maxsus tug‘ma qobiliyat shakllanadi. Ular ko‘proq dars tayyorlay oladi va bunda charchamaydi. Ularni maxsus sinflarga, chuqurlashtirilgan maktablarga qo‘yish mumkin. Buni o‘quvchi ko‘tara olmaydi. Ibn Sino, Motsart va boshqa ko‘plab taniqli ziyolilar, iste’dod egalari yoshlik chog‘laridan vunderkind bo‘lishgan.
Dars va mashg‘ulotlar qiziqarli, yuqori saviyali, o‘quvchini qiziqtiradigan bo‘lishi lozim. Bola qiziqmaydigan narsasini hech qachon majburan o‘rganmaydi. Bir xil turdagi mashg‘ulot bolani charchatadi.
Aqliy faoliyat jismoniy faoliyat bilan almashinib turishi kerak. Faol dam olish nazariyasiga ko‘ra, aqliy va jismoniy markazlar dam olib, almashinib tursa, ular tez charchamaydi. Bir xil markazni doimiy ravishda ishlatish charchashga olib keladi. Faol dam olish – aqliy faoliyatni jismoniy faoliyat bilan almashish hisoblanadi.
Aqliy mehnat qilishda bo‘yin, gavda muskullari, yozishda qo‘l muskullari charchaydi. Jismoniy ish bajarishda esa qo‘l va oyoq muskullari ishlaydi. Natijada nerv markazlarining qo‘zg‘alish o‘chog‘i o‘zgaradi. Jismoniy faollikda ayrim aqliy ish markazlari dam olib turadi.
Dars vaqtida muskullarning uzoq to‘xtalib, qisqarib turishi charchashga olib keladi. Natijada bola ham aqliy, ham jismoniy jihatdan charchaydi. Muskullar bo‘shashadi va aqliy faoliyat susayadi. Shu bois kichik yoshdagi bolalarda fizkultpauzaar (dars o‘rtasida yengil jismoniy mashqlar) qilinishi lozim. Tanaffus dam olish uchun eng yaxshi vosita. Tanaffus qilmasdan, uzluksiz dars o‘tish noto‘g‘ri.
Kun tartibini yo‘lga qo‘yish. Bola ham xuddi kattalar kabi kunning qaysidir fismida faol, boshqa qismida esa passiv bo‘ladi. M-n, ertalab 9-11 larda faol, tushda passiv, 17-19 larda faol, kechki payt yana passiv bo‘ladi. Aqliy va boshqa faoliyatlarni ana shu bioritmlarga asoslanib bajarish lozim.

Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   107




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin