Sana: “__” _______ 202__-yil. Sinflar: _______. To‘garak rahbari:________________ Mashg‘ulotning mavzusi: TABIIY FANLARNING TADQIQOT OBYEKTI Mashg‘ulotning ta’limiy maqsadi: O’quvchilarga tabiiy afanlarning tadqiqot obyekti haqidagi tushunchalarni berish, ko’nikmalarni shakllantirish.
Mashg‘ulotning tarbiyaviy maqsadi: Tinchlikni e’zozlash, shukronalik, keksalarni qadrlash. O’quvchilarni dunyoqarashlarini kengaytirish, ekologik tarbiya berish. Kasbga yo’natirish. Tabiatni asrashga o’rgatish.
Mashg‘ulotning rivojlantiruvchi maqsadi: O’quvchilarning fizik jarayonlar , ularda boradigan hayotiy jarayonlar haqidagi bilimlari, mashg‘ulotlik ustida mustaqil ishlash, guruhlarda ishlash, mustaqil fikrlash ko’nikmalarini rivojlantirish.
Mashg‘ulotning turi: Yangi tushuncha, bilimlarni shakllantiruvchi, o’quvchilar egalagan bilimlarni nazorat qiluvchi mashg‘ulot.
Mashg‘ulot shakli. Yangi pedtexnologiyalar asosida (Loyhalash va boshqa interfaol metodlar)
Mashg‘ulotning jihozi:Mashg‘ulotlik, albom, ko’rgazmali qurollar, mavzuga oid rangli plakat(rasm)lar, mikropreparatlar, mulyajlar, didaktik materiallar, texnika vositasi.
Tashkiliy qism;Salomlashish, davomatni aniqlash. Mashg‘ulotni o’quvchilardan kun, sana, oy, yil fasli, kun yangiliklarini aniqlashdan boshlanadi.
O’tgan mavzuni mustaxkamlash.O’tilgan dars yuzasidan o’quvchilarga savollar berish mavzuni misollar yordamida mustahkamlash.
Yangi mavzu bayoni:
Aziz o‘quvchi! Bu o‘quv yilida siz “Tabiiy fanlar”ni o‘rganishni davom ettirasiz. Sizni tabiat haqidagi bilimlarining maftunkor olami bo‘ylab qiziqarli sayohatni davom ettirishga taklif qilamiz. Tabiat haqidagi bilimlar sizga hayotda zarur bo‘lgan ko‘nikmalarni
rivojlantirishda yordam beradi. Siz 1-5-sinflada o‘qish mobaynida tabiat haqidagi ko‘plab tushuncha va atama, qonuniyatlar bilan tanishdingiz. Avvalgi sinflarda siz egallagan bilim, malaka va ko‘nikmalar yangi bilimlar uchun asos bo‘ladi. Darslikda berilgan o‘quv tadqiqotlarini o‘tkazish, tajribalarni bajarish, loyihalashtirishga yo‘naltirilgan
topshiriqlar sizda tabiiy va ijtimoiy muhit holatini tushunish, atrof-muhit va inson muammolarini anglash, ularning yechimini topishda qarorlarni qabul qila olish
ko‘nikmalarini shakllanishiga yordam beradi. Siz 6-sinfda ilmiy tadqiqot apparati, uni rejalashtirishni o‘rganasiz.
“Tabiiy fanlar” sizga keying sinflarda biologiya, geografiya, fizika, kimyo, astronomiya fanlarini chuqur o‘rganishingaizga zamin yaratadi. Siz tirik organizmlar, tabiat hodisalar va fizikkimyoviy jarayonlar haqida juda ko‘p qiziqarli bilimlarga ega bo‘lasiz. Inson va tabiat o‘rtasida ajralmas bog‘liqlik mavjudligini, tabiatning bir komponentining o‘zgarishi, albatta, boshqa tarkibiy qismlarning o‘zgarishiga olib kelishini tushunasiz.
Siz biologik, fizik, geografik va kimyoviy qonunlar olamiga kirib borasiz va tanangizning ba’zi sirlarini kashf etasiz, zamonaviy texnologiyalar bilan tanishasiz.
Mavzu matnlarini diqqat bilan o‘qing va tahlil qiling. Matnlardagi materialni yaxshiroq idrok etish uchun esda tutilishi kerak bo‘lgan asosiy tushunchalar qalin harflar bilan ta’kidlangan. Ajratib yozilgan so‘zlarga, rasmlar va diagrammalarga e’tibor bering.
U lar o‘quv materialini yaxshiroq tushunishga yordam beradi. Savollarga javob bering, tajriba va kuzatishlar o‘tkazing, o‘tkazilgan kuzatish va tajriba natijalarini guruhda muhokama qiling. Har bir bob so‘ngida o‘rganganlaringizni mustahkamlashga yordam beradigan topshiriqlar berilgan. Kitoblarga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lish qoidalariga rioya qiling.
1. Tadqiqot nima?
2. Tabiiy fanlar nimani o‘rganadi?
Fan – tabiatni o‘rganishga va o‘zgartirishga imkon beradigan bilimlar dunyosi.Tadqiqotlar davomida yangi bilimlar paydo bo‘ladi. Atrofimizni o‘rab turgan tabiat jonsiz jismlar, tirik organizmlar, jarayon va hodisalarni o‘z ichiga oladi. Ular tabiiy fanlarning tadqiqot obyekti va predmeti bo‘lishi mumkin.