Mashg‘ulotning rivojlantiruvchi maqsadi: O’quvchilarning fizik jarayonlar , ularda boradigan hayotiy jarayonlar haqidagi bilimlari, mashg‘ulotlik ustida mustaqil ishlash, guruhlarda ishlash, mustaqil fikrlash ko’nikmalarini rivojlantirish.
Mashg‘ulotning turi: Yangi tushuncha, bilimlarni shakllantiruvchi, o’quvchilar egalagan bilimlarni nazorat qiluvchi mashg‘ulot.
Mashg‘ulot shakli. Yangi pedtexnologiyalar asosida (Loyhalash va boshqa interfaol metodlar)
Mashg‘ulotning jihozi:Mashg‘ulotlik, albom, ko’rgazmali qurollar, mavzuga oid rangli plakat(rasm)lar, mikropreparatlar, mulyajlar, didaktik materiallar, texnika vositasi.
Tashkiliy qism; Salomlashish, davomatni aniqlash. Mashg‘ulotni o’quvchilardan kun, sana, oy, yil fasli, kun yangiliklarini aniqlashdan boshlanadi.
O’tgan mavzuni mustaxkamlash.O’tilgan dars yuzasidan o’quvchilarga savollar berish mavzuni misollar yordamida mustahkamlash.
Yangi mavzu bayoni: 1. Tadqiqot qanday tartibda olib boriladi?
2. Tadqiqotni olib borishda qanday metodlardan foydalaniladi?
3. Yulduzlar nima uchun nur sochadi?
4. Zebralar tanasidagi yo‘l-yo‘l chiziqlarning qanday ahamiyati bor?
5. Zilzila qanday sodir bo‘ladi?
Yuqoridagi kabi savollar barchamizni qiziqtirishi tabiiy.Muammoning yechimini biz tayyor shaklda o‘zlashtirishimiz yoki mustaqil tadqiq etishimiz
mumkin. Tadqiqot yangi bilimlarni kashf etish, ya’ni ilmiy bilish jarayonidir. Masalan, astronom-olimlar olib borgan tadqiqotlar natijasida yulduzlar yorugʻlik va issiqlik hosil qiluvchi ulkan samoviy jismlar ekanligi
a niqlangan. Olimlar tomonidan olib borilgan ilmiy tadqiqotlar natijasida rentgen va ultratovush apparatlari, universal lazer sistemalari yaratilgan.
Tadqiqot olib borish uchun bajariladigan ishlar rejasi tuziladi. Tadqiqot rejasi tadqiqotchining o‘z oldiga qo‘ygan maqsadiga erishishga yordam beradigan faoliyat izchilligini aks ettiradi, shuningdek,muammolarni hal qilish usullarini ham ko‘rsatadi
Tadqiqot rejasi 2) tadqiqot maqsadi va vazifalarini aniqlash: tadqiqot maqsadi; tadqiqotchi oʻz ishi yakunida erishishi zarur bo‘lgan natijadir; tadqiqot vazifalari maqsadga erishish yoʻllari va usullarini belgilashdir;
3) tadqiqot obyekti va predmetini belgilash;
4) tadqiqot metodlarini belgilash: tadqiqotni olib borish, qoʻyilgan vazifalarni hal etish usullari, ya’ni tadqiqot metodlarini aniqlab olish zarur;
5) ma’lumotlar toʻplash, kuzatish, tajribalar oʻtkazish;
6) tadqiqotdan kutilgan natijalarni baholash, xulosa qilish.
Tadqiqotning aniq rejasini tuzib olish sizga tabiatni o‘rganishning ilmiy usullarini amalda qo‘llash, ma’lumotlar to‘plash, tadqiqot yuzasidan xulosalar chiqarishga yordam beradi.