YOSH OLIMLAR ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/yo
14
tijorat ishlari bilan shug‘ullangan. Onasi taqvodor, diyonatli, oqila ayol edi. Otasi vafot etgach,
uning tarbiyasi volidasi zimmasiga tushgan. U 5-6 yoshidan islomiy ilmlarni, Muhammad
(s.a.v)ning hadislarini o‘rganishga va yodlashga kirishadi. Taniqli muhaddislar - Doxiliy,
Muhammad ibn Salom Poykandiy, Muhammad ibn Yusuf Poykandiy, Abdulloh ibn Muhammad
Masnadiy va boshqalardan saboq olgan. Azaldan muhaddislar safarga chiqishdan oldin o‘z
yurtidagi roviylardan birorta ham hadis qoldirmasdan yozib olgan bo‘lishi va shundan
keyingina boshqa shahar yoki mamlakatga safarga otlanishi mumkin edi. Buxoriy 16 yoshga
yetguncha, o‘z yurtidagi mashoyixlardan hadis eshitib, yozib olib, xalifalikning turli viloyatlari
tomon yo‘l oladi. 825 yil Buxoriy onasi va akasi Ahmad bilan Makkaga kelib, haj ibodatini ado
etadi. Onasi va akasini Buxoroga qaytarib, o‘zi Makkada qoladi. Bu yerda faoliyat
ko‘rsatayotgan olimlarning ilmiy yig‘inida qatnashadi. 827 yil Madinaga boradi. Madinadagi
mashhur ulamolardan Ibrohim ibn Munzir, Mutrif ibn Abdulloh, Ibrohim ibn Hamza va
boshqalar bilan muloqotda bo‘lib, ulardan hadislar bo‘yicha saboq oladi. Bu vaqtda
Rasulullohning sahobalari, sahobalarning izdoshlari turli mamlakatga tarqab ketgan edilar.
Shunday sharoitda Muhammad(s.a.v)ning hadislarini to‘plash turli shahar va mamlakatlarga
borishni taqozo qilar edi. Bir necha tarixchilarning ta'kidlashicha, Imom Buxoriy Hijoz, Makka,
Madina, Toif, Jiddaga qilgan safarlari 6 yil davom etgan.Imom Buxoriyning asarlari orasida
eng mashhur bo‘lgani "Al-jome' as-Sahih"dir. Undan tashqari tarixiy voqealar va shaxslarni
chuqur tahlil qiladigan, hadis ilmining asoslaridan bo‘lgan ilmlarga oid bir qator o‘ta
ahamiyatli kitoblar yozdi. Imom Buxoriyning ilmiy ahamiyati yuksak bo‘lgan bir nechta
asarlar tasnif qildi: «Al-jome' as-sahih», «Al-adab al-mufrad», «At-tarix al-kabir», «At-tarix as-
sag‘ir», «At-tarix al-avsat», «At-tafsir al-kabir» «Birrul volidayn», «Asmo as-sahoba»,
«Kunyalar» va boshqalar. Ular orasidagi «Al-jome' as-sahih» asari islom olamida Qur'ondan
keyingi eng muhim manba sifatida e'zozlanuvchi manba hisoblanadi. Imom Buxoriyning
hadislar to‘plash borasidagi qo‘ygan shartlari boshqa muhaddislarning shartlaridan ko‘ra
aniqroq bo‘lgani sababli «Al-jome' as-sahih» asari «Eng ishonchli hadislar to‘plagan» nomiga
sazovor bo‘lgan. Muhaddislar hadislarning roviylarini o‘zaro uchrashganlari ehtimoli mavjud
bo‘lsa shunga kifoyalanishgan, ammo Imom Buxoriy eshitgan hadislarining roviylari o‘zaro
uchrashganini alohida ko‘rgan guvohning e'tirofini ham shart qilib qo‘ygan. Bunday shart
boshqa muhaddislarda uchramaydi. Hofiz ibn Xajar al-Askaloniyning hisobiga ko‘ra «Al-jome'
as-sahih»dagi hadislarning soni 7397 tani tashkil etadi. Bular orasida takrorsizlari 2602 tani
tashkil qiladi. Izohlar, roviylarning ixtilofi va ilovalarni qo‘shilsa kitobda keltirilgan hadislar
soni 9082 taga yetadi.Aynan Imom Buxoriy tufayli Movarounnahr hududida IX-XII asrlarda
ko‘plab hadisshunoslik maktablari shakllandi va muvaffaqiyatli faoliyat yuritdi.
Hozirgi kunda olimning asarlari dunyoning o‘nlab tillariga tarjima qilingan va islom
dunyosida uning ijodidan ko‘plab ilmiy tadqiqotlarda foydalanib kelinadi. Ana shuning o‘zidan
ham anglash mumkinki Imom al Buxoriy nafaqat diniy balki dunyoviy bilimlar taraqqiyotiga
sezilarli tasir o‘tkaza olgan. Imom Buxoriyning ijodiy merosi o‘zining hajmi, zamonasining
diniy va ijtimoiy fanlarini to‘la-to‘kis qamrab olganligi bilan kishini hayratga soladi. Xorijiy
yurtlardagi safardan keyin Buxoroga qaytgach, hadis ilmini targ‘ib etishga kirishadi. Ul
zotning bu sa'yu ko‘shishlari bu vaqtda Buxoroda hisoblanadi. Bu asar Hindiston va Qohirada
chop etilgan. Buxoriy yaratgan „Kitob alfavoid" („Foydali ashyolar haqida kitob"), „AlJomi'
alkabiyr" („Katta tayanch"), „Xalq afol alibod", („Alloh bandalari ishlarining tabiati"),
„AlMusnad alkabiyr" („Katta tayanch"), „Attafsir alkabiyr" („Katta tafsir"), „Kitob alxiba"