YOSH OLIMLAR ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/yo
15
(„Xayrehson haqida kitob") va boshqa asarlarning ba'zilari bizgacha yetib kelmagan, ba'zilari
jahonning turli mamlakatlari kutubxonalarida saqlanayotganligi haqida ma'lumotlar bor.
Buxoriyning boshqa asarlari orasida „Tafsir al-Qur'on" („Qur'on tafsiri") kitobini ham alohida
ta'kidlash kerak. Imom Buxoriy nafaqat yirik olim, balki o‘zining go‘zal xulq-atvori,
odamoxunligi, muruvvatliligi, himmatliligi va beqiyos saxovatliligi bilan boshqalardan
tamomila ajralib turgan. Imom Buxoriy ilmni ulugʻlagan va uni xor boʻlishiga yoʻl
qoʻymagan.Buxoro amiri Xolid ibn Ahmad az-Zuhaliy bilan al-Buxoriyning aloqasi buzilib
qoladi. Bunga sabab, amir olimdan huzuriga kelib “Al-jomeʼ as-sahih”, “At-taʼrix” kitoblarini
oʻqib berishni talab qiladi. Lekin al-Buxoriy “Men ilmni xor qilib, uni hokimlar eshigi oldiga
olib bormayman, kimga ilm kerak boʻlsa, oʻzi izlasin. Lekin Alloh oxirat kuni ilmni yashirmay
uni toliblarga sarf qilgani uchun meni kechiradi”, degan javobni aytadi. Bundan koʻrinadiki
Imom Buxoriy yosh avlodga oʻrnak boʻla oladigan shaxs hisoblanadi.Imom al-Buxoriy
toʻplamlariga kiritilgan hadislar mehr-muhabbat, saxiylik, ochiq koʻngillik, ota-ona, ayollar va
kattalarga hurmat, yetim-yesirlarga muruvvat, faqir bechoralarga himmat, vatanga muhabbat,
mehnatsevarlik va halollikka daʼvat etish kabi haqiqiy insoniy fazilatlar va namunali
tartibotlar majmuasidir. Unda nima yaxshi, nima yomon, nimani qilish kerak, nimadan oʻzni
tiyish lozimligi haqida hozirgi jamiyatimiz ahli, ayniqsa, yosh avlod uchun katta tarbiyaviy
ahamiyatga ega yoʻl-yoʻriqlar, pand-nasihat va oʻgitlar aks ettirilgan.
Islom ta’limotida har tomonlama yetuk bo‘lishi uchun insonning erkin bo‘lishi kerakligi
borasidagi fikrlar Qur’oni karimda ham, Hadisu sharifda ham birdek e’tirof etilgan. Xususan:
«Alloh taologa farzlardan so‘ng amali solihlarning eng sevimlisi musulmon kishining diliga
xursandchilik solishdir» (33-hadis); «Alloh o‘zi kechirguvchi zot, kechirguvchini yaxshi
ko‘radi» (191-hadis); «Alloh taolo zulm qilmagan qozi bilan birgadir. Agar qozi jabr qilsa,
Alloh undan uzoqlashadi va shayton unga yaqinlashadi» (194-hadis) kabi hadislar bunga
yaqqol dalilidir, chunki inson qanchalik qadrlansa, barcha ezgulik va yaxshiliklar insonga
yo‘naltirilgan bo‘lsa, uning manfaati uchun xizmat qilsa, inson ham shunga ko‘ra kamol
topaveradi, yuksaklikka ko‘tariladi, o‘z navbatida bunday insonlar yashaydigan jamiyat ham
rivojlanaveradi.
Shuni aytish joizki, Hadislarda yomon ishlar, illatlar, yomon xatti-harakatlar gunoh sifatida
qoralansa, inson farovonligi, jamiyat ravnaqi uchun qilinadigan yaxshi, ezgu xatti- harakatlar,
faoliyat savob tarzida olqishlanadi. Imom Buxoriyning hayoti va ijodini oʻrganish insonni
komillik sari yetaklaydi, bugungi globalllashuv jarayonida yosh avlodni toʻgʻri yoʻlga
boshlaydi, ilmga boʻlgan muhabbatni yanada oshiradi va bizlarga dunyo va oxirat uchun
foydali boʻlgan amallarni oʻrgatadi.Shunday buyuk shaxsning merosini oʻrganish va uni asrab-
avaylash, uni oʻzimizdan keyingi yosh avlodga yetkazish biz uchun sharaflidi.Imom Buxoriy
hadislari hamda oʻgitlarini kelajak avlodga oʻrgatish va kelajakda Buxoriydek olimlarni
yetishtirish biz pedagoglarning burchi deb hisoblayman.