YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
143
О‘ZBEK RAQS SAN’ATINING O‘TMISHI VA BUGUNGI KUNDAGI AHAMIYATI
Ulug‘bek Doulov
O‘zDXA Urganch filiali
Yoshlar ittifoqi yetakchisi
https://doi.org/10.5281/zenodo.7976581
Annotatsiya:
maqolada o‘zbek raqs san’ati tarixi, bosib o‘tgan yo‘li, raqs san’ati rivojlanishiga
hissa qo‘shgan ustozlar va hozirgi kunda mamlakatimizda raqs san’atini rivojlantirishga
qaratilgan qaror va farmonlar haqida so‘z yuritiladi.
Kalit so‘zlar:
tarix, marosim, raqs san’ati, ijro mahorati, raqs ta’limi, raqqos va raqqosa.
O‘zbek milliy raqs san’ati bugungi kungacha tarixan juda katta davrni boshidan o‘tkazdi.
Uning qadimiy ildizlari, o‘tmish tarixi qadimgi diniy marosimlar, xalq o‘yin va tomoshalariga
borib taqaladi. Raqs san’atining eng qadimiy shakllari raqs bo‘lmasa-da, qadimda, ibtidoiy
davrda ritmik montomima, kiyinchalik tosh, yog‘och, qadimda aholi foydalangan turli buyum
va asbob-uskunalar yordamida shakllanganini hozirgi davrda ham raqs san’ati ijrosida
saqlanib qolganligini ko‘rish mumkin.
Barcha xalqlarda bo‘lgani kabi, o‘zbek raqslarini qadim zamonlarda vujudga kelishi haqida
arxeologik qazilmalar jarayonida topilgan raqqos va raqqosalarning haykalchalari, qadimiy
g‘orlar va qoyatoshlarga chizilgan tasvirlar, kitob miniatyuralari dalolat beradi. Jahon
sivilizatsiyasi rivojlanishi bilan raqs san’ati ham rivojlanib boraverdi. O‘zbek raqs san’atining
o‘zida turli maktablar, yo‘nalishlar vujudga keldi va mahalliy raqslar taraqqiyot tufayli milliy
raqs maqomigacha o‘sib bordi. Raqs san’ati ayniqsa, Sharq Renessansi, ya’ni Amir Temur va
temuriylar davrida ravnaq topdi. Unda ayniqsa xotin-qizlarning o‘rni katta bo‘ldi. Raqslarda
rang-baranglik tarixiy qatlamlar yaqqol ko‘zga tashlanib turdi. Keyinchalik ham raqs fidoyilari
tufayli o‘zbek milliy raqsi rivojlanishda davom etadi va hozirgacha saqlanib qolgan holda
ajoyib raqslar vujudga keldi.
XIX asr oxri XX asr boshlariga kelib o‘zbek raqs san’ati o‘z qadim an’analari bilan bir qatorda
dunyo miqyosida shakllangan yangicha tamoyillar asosida rivojlanish yo‘liga o‘tdi.
Milliy merosimiz ko‘p yillik an’analarni saqlab qolgan holda yangicha badiiy tamoyillar
asosida rivojlanish yo‘liga o‘tdi. Bugungi kunda milliy raqs san’atimiz o‘zining ko‘p yillik
an’analarini davom ettirish bilan bir qatorda yangi tajribalar hamda ijodiy tamoyillarni
namoyon etib kelmoqda. Qadimdan xalq tomonidan sevib ijro etilib, avlod-ajdodlargacha
yetib kelgan raqslarga e‘tibor berilmagan. Shu sababdan ham xalqimizning ma’naviy-madaniy
merosi oyoq osti qilingan va izchil о‘rganilmagan. Oddiy xalq ichidan chiqqan va asosiy
faoliyatini xalq ichida olib borgan raqs san’ati ustalariga turli qarshiliklar, tahdidlar qilingan.
Chunki ular о‘z raqslari bilan jamiyatdagi illatlarni fosh etishgan, oddiy xalqqa yaxshi kayfiyat
ulashib, ularni nurli hayot haqidagi orzulariga albatta, yetishishlarga ishontirishgan. Shuning
uchun xalq ularni sevgan va ardoqlagan. Oddiy xalq ichidan chiqqan juda kо‘pgina iste’dodli
raqqos va raqqosalar yovuz zulmkorlar tomonidan umri erta sо‘ndirilgan.
Raqslar turmushdagi va mehnatdagi biror harakat va holatlarga taqlid ma’nosida vujudga
keladi va raqs harakatiga aylanib qoladi. Keyinchalik ularga yanada ishlov berilib nazokatlilik
baxsh etilaverdi. XX asr boshlaridan o‘zbek sahna raqsi alohida mustaqil san’at sifatida
rivojlandi. Muhiddin Qori Yoqubov, Yusufjon qiziq Shakarjonov, Usta Olim Komilov,
Tamaraxonim, Isohor Oqilov, Mukarrama Turg‘unboyeva, Gavxar Rahimova kabi ko‘plab raqs
san’ati fidoyilari uning muvaffaqiyatli rivojlanishini ta’minladilar. Fidoyi baletmeyster,
Dostları ilə paylaş: |