Yosh olimlar ilmiy-amaliy konferensiyasi



Yüklə 392,79 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/3
tarix15.07.2023
ölçüsü392,79 Kb.
#136624
1   2   3
Yosh olimlar 0436

YOSH OLIMLAR 
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
 
in-academy.uz/index.php/yo 
144 
xoreograf va pedagoglarning har biri o‘ziga xos uslubga ega bo‘lganligi tufayli ular 
tarbiyalagan san’atkorlar raqslari ham rang-baranglik kasb etadi. XX asrning 60-yillariga kelib 
nafaqat raqs amaliyotchilari, balki nazariyotchilari ham uning taraqqiyotiga o‘z hissalarini 
qo‘shdilar. Ularning mehnati tufayli raqsga bag‘ishlangan qo‘llanmalar, darsliklar, 
monografiyalar, vujudga keldiki, bu o‘z navbatida, raqs ta’limi va tarbiyasini rivojlantirshga 
o‘z hissasini qo‘shmay qolmadi. Ayniqsa, san’atshunos olima Lyubov Avdeyevaning o‘zbek 
raqs san’ati tarixiga bag‘ishlagan ilmiy tadqiqotlari, raqs amaliyotchisi va nazariyotchisi 
Roziya Karimovalarning o‘quv qo‘llanmalari raqs sohasidagi muhim qo‘llanmalar bo‘lib qoldi.
Mamlakatimiz mustaqillikka erishganidan so‘ng, madaniyat va san’atning barcha jabhalarida, 
xususan, raqs san’ati sohasida, ijobiy o‘zgarishlar yuz berdi. Bozor iqtisodiyoti 
munosabatlariga o‘tish davrining murakkab sharoitiga qaramay, davlatimiz tomonidan yosh 
iste’dodli ijrochilarni yetishtirish, samarali ijodiy faoliyat uchun sharoit yaratish masalalariga 
katta e’tibor qaratildi. Mustaqillik sharofati bilan o‘zbek milliy raqs san’ati jahon sahnasida 
munosib o‘rin egalladi. Iste’dodli yosh ijrochilar bir qator nufuzli xalqaro ko‘rik-tanlovlarda va 
festivallarda o‘zbek milliy raqs namunalarini, xususan, Xorazm “Lazgi” raqsini yuksak 
mahorat bilan ijro etib, eng oliy o‘rinlarni egallab kelishdi. Shu bilan birga, ko‘plab xorijiy 
mamlakatlarda o‘zbek milliy raqs san’atiga bo‘lgan qiziqish ortib bormoqda. O‘zbekistonning 
xorijiy mamlakatlardagi elchixonalari hamkorligida o‘zbek raqs markazlari va studiyalari 
tashkil etildi va milliy raqs san’atini targ‘ib etishda muhim faoliyat olib borilmoqda.
Hozirgi kunda mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan ko‘plab professional, xavaskorlik va 
folklor-etnografik ansambllarda “ustoz-shogird” an’analari davom ettirilib kelinmoqda va 
qadim zamonlardan bizning kungacha saqlanib kelgan merosiy raqs namunalari yosh 
ijrochilar tomonidan o‘zlashtirilib kelinmoqda. O‘zbekiston Prezidenti Sh.Mirziyoyev 
tashabbusi bilan 2018-yilda qabul qilingan “Milliy madaniyatni yanada rivojlantirish 
konsepsiyasi”da o‘zbek xalqining mumtoz va folklor san’atining noyob namunalari, xususan 
o‘zbek milliy raqs san’ati sohasidagi o‘ziga xos ijro maktablari va an’analarini asrab-avaylash 
va rivojlantirish bo‘yicha zarur chora-tadbirlar amalga oshirilib kelmoqda. Mazkur 
konsepsiyada o‘zbek milliy raqs san’ati sohasida yangi iste’dodli ijrochilarni kashf etish, yosh 
avlodni raqs san’atiga bo‘lgan qiziqishini orttirish maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi 
Madaniyat vazirligining Mukarrama Turg‘unboyeva nomidagi “Yosh maqom ijrochilari” 
Respublika ko‘rik-tanlovini an’anaviy ravishda o‘tkazish to‘g‘risidagi takliflar amalga 
oshirilishi belgilangan. Bundan tashqari, 2021-yili 22-yanvarda O‘zbekiston Respublikasi 
Vazirlar Mahkamasining 31-sonli qarori asosida 
O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasining Urganch filiali tashkil etish raqs san’atini 
rivojlantirishga, soha mutaxassislarini har tomonlama qo‘llab quvvatlashga qaratilgan 
e’tibordir desak mubolag‘a bo‘maydi. 
Hozirgi kunda mamalakatimizda xoreografiya sohasidagi ta’lim tizimida chuqur islohotlar 
olib borilmoqda. Bu soha bo‘yicha turli meyoriy hujjatlar qabul qilindi. Ta’lim-tarbiyaga davlat 
darajasida e’tibor berilayotganiligi bu sohani zamon talablari darajasida rivojlantirish 
imkonini bermoqda. O‘zbek raqs san’atini o‘rgatish respublikamizning bolalar musiqa va 
san’at maktablarida ham olib borilmoqda. Bu o‘quv maskanlarida ta’lim olayotgan ko‘plab 
mohir raqqos va raqqosalar O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi va filiallarida 
“Xoreograf-pedagog”, “Baletmeyster”, “Xoreografiya jamoasi rahbari” kabi ta’lim 
yo‘nalishlarida oliy ma’lumotli mutaxassis bo‘lib yetishib chiqadi.



Yüklə 392,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin