Yosh psixologiyasi va pedagogik psixologiyasi faniga kirish



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/57
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#205994
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   57
1-Ma\'ruza.Um.ps.sirtqi

 
oylikda 1
 
tadan 5 tagacha, 11 oylikda 3 tadan 8 tagacha, 
12
 
oylikda 7 tadan 16 tagacha, ya’ni juda cheklangan bo’ladi. Bundan tashqari
olima harakat jarayonida so’zlarni talaffuz qilish imkoniyati kengligini bayon 
qilgan. 
Shunday qilib, nutqning dastlabki rivojlanish bosqichida so’z bilan predmet, 
so’z bilan harakat o’rtasidagi uzviy aloqa faqat muloqotga ehtiyoj tug’ilgan 
taqdirda paydo bo’ladi va bu ehtiyoj kattalarning bevosita rahbarligi hamda 
hamkorligidagi faoliyat orqali vujudga keladi. O’zgalar nutqini idrok qilish va 
tushunish hamda undan unumli, faolroq foydalanishning eng muhim sharti bolada 
nutq orqali muloqot ehtiyojining mavjud bo’lishidir. Nutq orqali muloqot 
ehtiyojining paydo bo’lishi bolaning psixik jihatdan o’sishida muhim turtki vazi-
fasini bajaradi va uni mustaqillik sari yetaklash mexanizmi hisoblanadi. 
Ko’pchilik sobiq sovet va
 
uzoq horij psixologlari bolaning nutqida so’zlar 
paydo bo’lishining xususiyatlari hamda qonuniyatlarini o’rganadilar. Ana
 
shunday 
tadqiqotchilardan T.Ye.Konnikovadir. Bola nutqida so’zlar paydo bo’lishining 
ikkita muhim xususiyati mavjudligini aytadi. Birinchi xususiyat bola so’z bilan 
bog’liq narsalarni yorqin emosional bo’yoqlarda idrok qilishida o’z ifodasini 
topadi. Masalan, birinchidan, bolalar bitta buyumni bir qancha nomda atashlari 


23 
hamda kuchli va yorqin alomatlari bilan ko’rishlari; ikkinchidan, bola muayyan bir 
ayoshni har xil sharoitda har xil atashi. Bola nutqida yangi so’zlar paydo 
bo’lishining ikkinchi xususiyati uning mazkur vaziyatga faol va dadil kirib 
borishidan iboratdir. 
Bola dastlabki so’z va atamalarni o’zlashtirishi uchun kattalar unga qiziqarli 
yo’l-yo’riq va ish-harakatlarni ko’rsatishlari lozim. Harakatlar va buyumlarning 
yangiligi bolaning faoliyatini muayyan yo’nalishga burib yuborishi mumkin, buni 
vujudga kelgan ichki mexanizmlar taqozo etadi. Maxsus o’tkazilgan tajribalar 
asosida so’zlar ko’p ma’noliligi bo’yicha bir nechta guruhga mansub, deya xulosa 
chiqarish mumkin:
1)

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   57




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin