Yosh psixologiyasi va pedagogik psixologiyasi faniga kirish


yildan, ya’ni fransuz psixologi A.Bine va uniig shogirdi T.Simon



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/57
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#205994
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   57
1-Ma\'ruza.Um.ps.sirtqi

1905 yildan, ya’ni fransuz psixologi A.Bine va uniig shogirdi T.Simon 
insonning aqliy o’sish va iste’dod darajalarini o’lchash imkoniyati borligi 
g’oyasini olg’a surganidan keyin psixologiyada test metodi qo’llana boshlandi. 
Chet el psixologlari testlarni shaxsning iste’dod darajasini aniqlash vositasi 
deb biladilar. Biroq test tekshirilayotgan hodisalarning psixologik mezoni 


16 
hisoblanmaydi. Malumki, bir muammoning yechimini izlash turli psixologik 
vositalar bilai amalga oshiriladi. Chet el testologlari tadqiqot obyektlarini 
o’zgartirib turadilar va qobiliyat, tafakkur, bilim, ko’nikma hamda malakalarni 
aralash holda o’rganishga intiladilar. Sinash jarayonida sinaluvchilarning 
emosional holati va salomatligiga bog’liq ruhiy kechinmalarni inobatga 
olmaydilar. Psixologlar K.M.Gurevich, V.A.Kruteskiy va boshqalar qo’llaydigan 
testlar tubdan boshqacha prinsip asosida tuzilgan. Ular testlarning tafakkur 
ko’rsatkichi (indikatori) bo’lishi uchun harakat qildilar va muayyan yutuqlarga 
erishdilar. Shuningdek, tafakkur jarayonining sifat xususiyatlarini bilmay turib
qobiliyatning mohiyatini yoritib bo’lmaydi, degan qoidaga amal qilgan holda 
testlardan foydalanmoqdalar. 
Hozirgi davrda nodir testlar qatoriga psixologlardan G.Rorshax, 
S.Rozensveyg, R.Kettel, D.Veksler, G.Meyli, G.Ayzenk, A.Anastazi, Dj.Raven, 
G.Myurrey, R.Amtxaer, M.Rokich, Dj.Rotter, M.Lyusher, Dj.Gilford va boshqalar 
ijodining namunalarini kiritish mumkin. Eng keng tarqalgan testlar qatoriga 
yutuqqa erishish (maqsadga yetish) testlari (ular darsliklarda berilgan va bilim
malaka darajalarini baholashga qaratilgan), intellekt testlari (aqliy rivojlanish 
darajasini o’lchashga mo’ljallangan), shaxs testlari (inson irodasi, emosiyasi, 
qiziqishi, motivasiyasi va xulqini baholashga yo’naltirilgan diagnostik usullardan 
iboratdir), shaxs “loyihasi” (proyektiv) testlari (savollarga bitta aniq javob berish 
talab qilinadi, javoblarni tahlil qilib shaxs xususiyatining “loyihasi” ishlab 
chiqiladi) kiradi. 
Bizningcha, testlar quyidagi guruhlarga ajratish maqsadga muvofiq:

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   57




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin