11
ball, noto’g’ri yechgani, yechishga intilgani uchun “1” ball va, nihoyat mutlaqo
yechmagani uchun “0” ball qo’yiladi.
Yuqoridagi statistik metodlar tajribalarda olingan qiymatlarning ishonchlilik
darajasini aniqlashga xizmat qiladi. Bunday metodlar haddan tashqari ko’p va biz
ularning eng soddalariga to’xtab o’tdik, xolos.
To’plangan materiallarni psixologik tahlil qilish metodi mazkur fan uchun
alohida ahamiyatga ega. Unda aniqlovchi, tarkib toptiruvchi (tarbiyalovchi),
tekshiruvchi tajribalarda olingan har xil shakldagi ma’lumotlar turli prinsip,
pozisiya, ko’p qirrali (kompleks) va yaxlit (sistemali)
yondashishga asoslanib
mantiq yordamida psixologik tahlil qilinadi. Barcha fikr va mulohazalar ishonchli
omillar orqali isbotlab beriladi, psixologik qonuniyat, qonun, xususiyat, xossa,
holat va kamolotning o’ziga xosligi asoslanadi. Material alohida guruhlar va
sinflarga ajratiladi, psixologik voqyelikning boshqa jihatlari
bilan uzviy sababiy
bog’liqligi, ichki murakkab munosabati bayon qilinadi, sinaluvchilar muayyan
toifalarga kiritiladi va tadqiqotdan yakuniy xulosa chiqariladi.
Ilmiy tadqiqot metodlarining to’rtinchisi — sharhlash guruhi genetik va
donalash metodlaridan iboratdir. Genetik metod bilan tadqiqot davomida
to’plangan ma’lumotlar yaxlit
holda maqsadga muvofiq yo’sinda
sharhlanadi. Bu metoddan foydalanishning asosiy maqsadi — sinaluvchida
vujudga kelayotgan yangi shaxs fazilatlarining
rivojlanishi va bilish
jarayonlarining o’zgarishiga tajriba natijasiga suyangan holda ta’rif hamda tavsif
berishdir. Shuningdek, bunda mazkur fazilat va xususiyatlarning namoyon bo’lish
davri, bosqichi hamda ba’zi mashaqqatli daqiqalarga, paytlarga qo’shimcha
sharhlar berish imkoniyati tug’iladi.
Genetik
metodga
asoslanib
psixik
o’zgarishlar
bilan rivojlanish
bosqichlarining bevosita bog’liqligining ildizi aniqlanadi. Tanlash metodi bilan
tadqiqot obyektiga kirgan shaxs psixikasidagi barcha o’zgarishlar, o’ziga xoslik,
o’zaro aloqa, o’zaro ta’sir va uyg’unlikning o’zaro bog’lanishlari o’rganiladi.
Jumladan, inson nutqini idrok qilish uchun sezgi, idrok, xotira,
tafakkur
jarayonlarining bir paytda birgalikda qatnashishi bunga yorqin misoldir. Bunda har
bir bilish jarayonining ulushi ifodalanadi yoki uning ahamiyati alohida
ta’kidlanadi, ularning o’zaro bog’liqligi asoslab beriladi.
Lekin tajribada to’plangan ma’lumotlarni sharhlash uchun yuqoridagi
metodlarning o’zi yetarli emas. Buning uchun uzilishlarga yo’l qo’ymaslik uchun
yig’ilgan materiallar maxsus bosqichlarga ajratib sharhlanadi. Tadqiqotning
birinchi — tayyorlov bosqichida kashf qilinadigan psixologik qonun yoki
qonuniyat to’g’risidagi taxmin, faraz tahlil qilinadi. Tadqiqotning ikkinchi
12
bosqichida tajriba o’tkazish
prinsipi, sharoiti, obyektiv va subyektiv omillar
bo’yicha mulohaza yuritiladi.
Uchinchi bosqichda esa olingan miqdoriy natijalar qayta ishlanadi va bu
ham o’z navbatida to’rt pog’onaga bo’linadi:
a) empirik materialni birlamchi tahlil qilish: alohida olingan yoki topilgan
omil, alomat, ko’rsatkich, mexanizm, xususiyat sharhlanadi;
b) tahlil qilingan miqdoriy materiallar bilan tadqiqot gipotezasi alohida
sharhlanadi;
v)
ikkilamchi tahlil; barqaror, ustun dalillar ajratiladi;
g) ikkilamchi sintez: psixologik qonun, qonuniyat, topilgan dalil omil bilan
tadqiqot gipotezasini birlashtirib maxsus xulosa chiqariladi.
To’rtinchi bosqich — sharhlashda har bir fakt, alomat, ko’rsatkich,
mexanizm,xossa, psixologik jihatdan so’z-mantiq orqali tahlil qilinadi. Barcha
ilmiy-amaliy mulohazalar isbotlanadi, buning natijasida hyech bir shubhaga,
e’tirozlarga o’rin qolmaydi. Ana shu bosqichda tadqiqot yakunlanadi,
zarur
xulosalar chiqariladi, amaliy tavsiyalar beriladi, o’rganilishi zarur muammoning
ahamiyati va istiqboli to’g’risida mulohaza qilinadi.
Endi tajribada eng ko’p qo’llanadigan empirik metodlar haqida kengroq
ma’lumot beramiz.
Dostları ilə paylaş: