2-Mavzu: Yosh va pedagogik psixologiya fanining tadqiqot metodlari.
REJA
6
1.
Yosh va pedagogik psixologiya fanining psixologiyaning asosiy
prinsiplari
2.
Ilmiy tadqiqot metodlarining guruhi
3.
Yosh va pedagogik psixologiya fanining
empirik metodlar
Mazkur fan sohasi o’zining predmeti hamda vazifasini umumiy
psixologiyaning asosiy prinsiplari va qoidalariga tayangan holda belgilaydi.
Rivojlanish psixologiyasi quyidagi prinsiplarga rioya qiladi:
1.Ilmiy dialektika ta’limotiga binoan psixika yuksak darajada tashkil topgan
materiyaning xususiyati va yoki miyaning mahsulidir. Odatda psixika tashqi
dunyoning sezgi organlari orqali insonning miyasiga bevosita ta’sir etishi asosida
vujudga kelib, sezgi, idrok, tasavvur, xotira, tafakkur, nutq, xayol kabi bilish
jarayonlarida, shuningdek, shaxsning xususiyatlari va holatlarida, diqqati, his-
tuyg’usi va xarakter xislatlarida, qiziqishi va ehtiyojlarida o’z ifodasini topadi.
2.Psixikaning negizida miyaning reflektor faoliyat yotadi. Tashqi dunyodan
kirib keladigan qo’zg’atuvchilarga ichki yoki tashqi biologik organlar javob
reaksiyasini bildiradi. Bosh miya katta yarim sharlarida vujudga keladigan
muvaqqat nerv bog’lanishlari psixik hodisalarning fiziologik asoslari hisoblanadi
va ular tashqi ta’sirning natijasida hosil bo’ladi. Bosh miya po’stlog’ida vujudga
keladigan muvaqqat nerv bog’lanishlari I.P.Pavlovning nerv jarayonlarining
irradiasiyasi, konsentrasiyasi hamda induksiyasi qonunlari zamirida ro’y beradi.
Bu qonunlar turli yo’sindagi muvaqqat bog’lanishlar, assosiasiyalar qanday yuz
berayotganini, qanday shart-sharoitda tormozlanishini (qo’zg’alishini), muvaqqat
bog’lanishlarning yo’qolayottani yoki paydo bo’layotganini tushuntirish imkonini
beradi.
Psixofiziologik qonuniyatlarga binoan miyaning funksiyasi muvaqqat nerv
bog’lanishlarining birlashish mexanizmi hamda analizatorlar faoliyati
mexanizmlari ta’sirida hosil bo’ladi. Yuqoridagi ta’limotga ko’ra, har ikkala
mexanizm hayvonlarning tashqi olamga munosabatini aks ettiradi. Shuning uchun
psixik faoliyat voqyelikni aks ettirishdan, oliy nerv faoliyatining tashqi olamni
timsollar sifatida ifodalashdan iboratdir.
3.Psixikani tadqiq etish insonning butun (rivojlanishidagi) ongli faoliyatini
— uning ham nazariy, ham amaliy hayot faoliyatini o’rganishdir. Odam zotining
ongliligi uning turli-tuman faoliyatida (o’yin, mehnat, o’qishda), xatti-
harakatlarida namoyon bo’ladi. Inson shaxsi har xil shakl va mazmunga ega
bo’lgan nazariy hamda amaliy faoliyatlarda tarkib topa boradi. Bunda muhit, irsiy
belgilar, shaxslararo munosabatlar, tarbiya asosiy omillar hisoblanadi.
Inson o’zi yashab turgan davrni, moddiy turmushni aks ettiradi, ijtimoiy-
siyosiy muhit ta’siri ostida bilimlarni o’zlashtirib boradi, ijtimoiylashadi, tarixan
7
o’zgaradi. Rivojlanishda uning his-tuyg’ulari, xarakteri, qobiliyati, iqtidori,
iste’dodi, tafakkuri, ehtiyojlari, e’tiqodlari, uni faollikka da’vat qiluvchi harakat
motivlari, istaklari, tilaklari, xohishlari, pozisiyasi ham asta-sekin o’zgarib boradi.
4.Insonning bilish faoliyati (jarayonlari) rivojlanishi unga o’zini qurshab
turgan borliqni yanada chuqurroq, to’g’riroq, to’laroq va aniqroq aks ettirish
imkoniyatini yaratadi va u borliqning asl mohiyatini, turli yo’sindagi o’zaro
bog’lanishlari, murakkab munosabatlar va aloqalarni tobora aniqroq yoritadi. Shu
bilan birga mazkur jarayonlarda shakllanib kelayotgan insonning borliqqa,
voqyelikka, jismlarga, kishilarga va o’ziga munosabati vujudga keladi.
5.Inson ongining rivojlanishi uning tashqi olamni faol aks ettirishda
namoyon bo’ladi. Ijtimoiytarixiy taraqqiyot ta’limoticha, insonning moddiy
turmushi, u hayot kechirayotgan tuzumning moddiy asosigina emas, balki uni
qurshab olgan odamlarning turmush tarzlari, umuminsoniy qiyofalari, e’tiqodlari,
dunyoqarashlari, ijtimoiy voqyelikka munosabatlari, intilishlari, faoliyatlari, ijod
mahsullari va xatti-harakatlarining majmuasidir.
6.Insonning borliqni (voqyelikni) aks ettirishi — faol jarayondir. Ma’lumki,
inson zotining rivojlanishi obyektiv borliqqa (voqyelikka) va o’ziga faol ta’sir
ko’rsatishida sodir bo’ladi. Bolaning katta yoshdagi kishilar tashkil qiladigan
amaliy faoliyati, masalan, o’yini, kuzatishi, mehnati, o’qishi, adabiy asarni mutolaa
qilishi hamda qiziqishining barqarorlashuvi, iqtidorining takomillashishiga
boshqalar uning psixik rivojlanishini ifodalaydi.
Bola tlmonidan nutqni egallashi uning bilish jarayonlari (sezgi, idrok,
tasavvur, xotira, tafakkur va xayolini) hamda amaliy faoliyatini (o’qish, o’yin va
mehnatini) keskin o’zgartiradi. Bu o’zgarishlar, ayniqsa ilk bolalik davrida yaqqol
namoyon bo’ladi. Nutqning vujudga kelishi bola shaxsining rivojini tezlashtiradi,
shaxslararo muloqotni, munosabatlarni yuqori darajaga ko’taradi.
Rivojlanish, taraqqiyot, kamolot inson shaxsining tarkib topishi jarayonidir.
Rivojlanish o’zaro uzviy bog’liq qator bosqichlarda amalga oshadi. Bola aql-
zakovatining ko’rsatkichi, sifati, xarakteri uning atrofdagi odamlar bilan kundalik
munosabatlari va amaliy faoliyatida vujudga keladi, o’zaro ta’sir (savol-javob)
natijasida unda aqlning ijodiy mahsuldorligi, teranligi, tezligi orta boradi. Hozirgi
davrda insonning rivojlanishi yanada jadallashtiruvchi vositalar mavjud va uning
aqliy o’sish darajasini test (sinov)lar bilan aniqlash mumkin. Rivojlanish
psixologiyasi predmeti talim rivojlanishni o’z ketidan ergashtirib boradi
(L.S.Vigotskiyniki)
, degan qoidaga amal qiladi. Bizningcha, XXI asrda bu talqinni
o’zgacha tarzda ifodalash maqsadga muvofiq: taraqqiyot ta’limni o’z ortidan
yetaklaydi
(E.G’oziyevniki)
.
Yuqoridagi mulohazalardan kelib chiqqan holda va insonnnng rivojlanishida
psixik rivojlanishini mukammal bo’lmasa-da, ochib berish imkoniyatiga ega
8
bo’lgan umumiy, nazariy qoidalar, ya’ni prinsiplar mavjud. Ana shu prinsiplar
asosida turli yosh va jinsdagi odamlarda olib boriladigan ilmiy tadqiqot ishlarida
metodologik va metodik xatolarga kamroq yo’l qo’yiladi. Shunday ishlarda inson
tug’ilganidan umrining oxirigacha qanday o’zgarib borishi to’g’risida ma’lumot
to’plash mumkin.
Umuman, psixologiyada inson psixikasini tadqiq qilish metodlarining turli
tasnifi mavjud. Shular to’g’risida umumiy psixologiya kursida keng ma’lumotlar
berilgan. Rivojlanish va differensial psixologiya fani ham psixologiyaning boshqa
sohalari singari o’ziga xos ilmiy tadqiqot metodlariga ega. Quyida sobiq ittifoq
psixologi B.G.Ananyevni tavsiya qilgan klassifikasiyasiga asoslangan holda
mazkur metodlarning xususiyatlarini yoritishga harakat qilingan.
B.G.Ananyev psixikani o’rganish metodlarini to’rt guruhga ajratib, ularni
tashkiliy, empirik (amaliy), natijalarni qayta ishlash yoki statistik natijalarni
sharhlash metodlari deb nomlagan. Bu guruhlar o’zining maqsad va vazifasi
bo’yicha yana bir nechta toifa hamda turlarga bo’linadi. Quyida mazkur
metodlarning umumiy va o’ziga xos xususiyatlari hamda qiyosiy tavsifi berildi.
Tadqiqot metodlarining birinchisi, ya’ni tashkiliy guruhi o’z ichiga
qiyoslash, longityud (uzluksiz), kompleks (ko’pyoqlama) deb atalgan turlarni
oladi. Qiyoslash metodidan umumiy psixologiya, sosial psixologiya (katta yoki
kichik guruhlarni hamda ularning har xil toifalarini o’zaro taqqoslash), tibbiyot
psixologiyasi (sog’lom va bemor kishilarning psixik xususiyatlarini qiyoslash),
sport psixologiyasi (sportchilarning holati, uquvliligi va ishchanligini o’zaro
taqqoslash) kabi fanlarda unumli foydalaniladi.
Rivojlanish psixologiyasida esa qiyoslash metodi turli yoshdagi odamlarning
bilish jarayonlari, shaxs xususiyatlari, bilimlarni o’zlashtirishi, aqliy qobiliyati,
salohiyati, rivojlanish dinamikasi, jinslarning tafovutlari va o’ziga xosligi kabilarni
o’rganishda qo’llanadi. Psixologlardan L.S.Vigotskiy, P.P.Blonskiy, A.A.Smirnov,
B.G.Ananyev, D.B.Elkonin, P.Ya.Galperin va ularning shogirdlari olib borgan
tadqiqotlar (chaqaloqlik, go’daklik, ilk bolalik, kichik maktab yoshi, o’smirlik,
o’spirinlik yosh davrlarini o’zaro solishtirish) shu metoddan foydalanib amalga
oshirilgan. Keyingi yillarda xalq ta’limi tizimi va ishlab chiqarishda «inson omili»
muammosining ko’tarilishi, vaqt taqchilligi, ishchanlik imkoniyati, psixologik
moslik masalalarining alohida ahamiyat kasb etishi mazkur metodni keng
qo’llashni taqozo etmoqda. Bundan tashqari, tajribada olingan ma’lumotlarning
ishonchliligini oshirishda ham qiyoslash metodi qo’llanadi. Ayniqsa,
sinaluvchilardagi o’zgarishlarni ajratib olib qarash, tadqiqotning bosqichlarini
alohida-alohida tahlil qilish, masalan, tajribaning birinchi bosqichi turli yoshdagi
va jinsdagi odamlarga qanday ta’sir etganini aniqlash va hokazolar bu metodga
diqqat-e’tibor ortib borayotganidan dalolatdir.
9
Rivojlanish psixologiyasida qiyoslash metodi bilan bir davrda
Dostları ilə paylaş: |