Jamoa va uning tarbiyaviy ta'siri
Malumki, yoqsak goyaviy yo`nalishga ega bo`lgan, umumiy maqsad,
harakatlarining birbiriga mosligi va uyushkokligi bilan birlashgan bir butun,
nihoyatda hamjihat, soglom hamda muayyan maqsadni ko`zlovchi jamoani
uyushtirish orqali tarbiyalash, tarbiya beruvchining asosiy prinsiplaridan biridir.
Bunday jamoa tarbiyachining tayanchi, yordamchisi, tarbiyaviy ta'sirining kudratli
qurolidir.
O`quvchi faqat jamoada va jamoa ta'siri ostida jamoa o`zaro birdamlik
munosabatlar tajribasini, ijtimoiy yo`nalishni tarakkiy ettirish, shaxs va jamiyat
o`rtasidagi to`g`ri munosabatlar tajribasini egallaydi. Jamoadan tashqaridabunday
sifatlarni umuman tarbiyalab bo`lmaydi.
Jamoa o`z a'zolariga ta'sir ko`rsatadi, ulardan muayyan xulq-atvorni talab
etadi. Jamoaning soglom va obruli jamoatchilik fikri kuchi nihoyatda kattadir.
Jamoaning ma'qo`llashi yoki koralashi, jamoaning soglom ta'nkidi, o`z a'zolari
oldiga qo`yadigan ta'sirli va jiddiy talablari shaxsni tarkib toptiruvchi, nazorat
qiluvchi va to`zatuvchi muhim omildir.
O`qituvchining jamoa qo`llab o`quvatlaydigan talablaridan jamoa o`z
a'zolariga mustaqil ravishda hamda o`z tashabbusi Bilan talablar qo`yishga va
ularning bajarilishining kontrol qilishga uta olish, o`qituvchining bevosita
pedagoglik ta'siridan jamoa orqali bevosita ta'sir ko`rsatishiga o`tish kerak.
A.S.Mokoryenkoning paralyell tarzda ta'sir ko`rsatuvchi yoqsak goyaviy va
talabchan jamoani uyushtirish orqali shaxsni tarbiyalashdan iboratdir.
Jamoaning jipslashuvi o`quvchilar uchun ular faoliyatiga ijtimoiy ahamiyat
kasb etadigan qiziqarli faoliyat turini tanlab olishga, hamda o`zaro rahbarlik qilish
va buysinishning qiziqarli sistemasini tashkil etishga imkon beradi. Jamoaning
tashkil topishi va jipslashuvi odatda aktivni tashkil etish hamda jipslashtirishdan va
uning obruyini mustaxkamlashdan boshlanadi.
O`z ijtimoiy burchlarini vijdonan bajarish, yoqsak prinsipiallik, jamoamizni
chuqur xis etish – o`quvchini obruli qiladi va unga o`z urtoklariga ta'sir ko`rsatish,
ularga vazifalar va burslarga bo`lgan o`z munosabatlarini yoqtirish imkonini
beradi.
Ana shundan jamoaning faqat jipslashgan, inoq jamoa bo`lishigina emas,
balki goyaaviy yo`nalishga, soglom jamoat fikriga, tanki dva o`z-o`zini tankidga,
jamoaning har bir a'zosiga nisbatan yoqsak talabchanlikka ham ega bo`lgan jamoa
bo`lishiga erishishdan iborat ikkinchi vazifa kelib chiqadi. Agar jamoa oldiga
ijtioiy foydali va Ayni vaqtda qiziqarli maqsad qo`yiladigan bo`lsa, anna shunday
sifatlar tarkib topishi mumkin. qiziqarli maqsad qo`yish juda muhimdir, chunki
o`smirlar va ayniqsa kichik maktab yoshidagi bolalar bu ijtimoiy ahamiyatga ega
bo`lganligi uchungina unga hamisha ham qiziqavyermaydilar.
149
«Soglom ijtimoiy fikrga, o`z a'zolariga nisbatan rivoj topgan tankid va
talabchanlikka ega bo`lgan jipslashgan, inoq goyaviy yo`nalishga ega bo`lgan
jamoa o`z a'zolariga ta'sir ko`rsatish kuchiga ega bo`ladi hamda ularga to`g`ri
yo`nalishda ta'sir ko`rsatadi. Amma buning o`zi kamlik qiladi. Ana shundan
bunday jamoada ta'sir ko`rsatishning to`g`ri formalarini qo`lana olish, individual
yondashish, nazokat usulini qo`llani xislatlarini tarkib toptirishdan iborat uchunchi
vazifa kelib chiqadi.
To`g`ri barcha xollarda o`qituvchining jamoa ishiga aralashish va uni
kuzatish xuquqi saqlanib koladi, shunday bo`lsa ham, jamoa ta'sir ko`rsatishining
to`g`ri formalarini tanlay olishga erishish kerak. O`smirlar va katta maktab
yoshidagi o`quvchilar esa nihoyatda ixtirochi bo`lib tarbiyaviy ta'sir ko`rsatishning
g`oyat samarali formalarining topishlari mumkin.
Mehnatning tarbiyaviy ta'siri to`g`risida uuqorida tuxtalib utilgan edi. Bu
bulimda biz mehnatga tarbiya vositasiga vositasi va kishisi shaxsini tarkib
toptirishining asosiy yo`llaridan biridir. Sifatida umumiy xarakteristika berishga
harakat qilamiz. A.S.Makarenko bu fikrni aniq va rovshan formada quyidagicha
qilib ifodalab bergan edi: «To`g`ri tarbiyasini mehnat vositasiz tarbiyalish sifatida
tasavvur etib bo`lmaydi shuning uchun tarbiyaviy ishda ham mehnat eng asosiy
elementlardan biri bo`lishi kerak».
Maktabdagi mehnat tarbiyasi tajribasi, pedagogik psixologik tadqiqotlarga
doir matiriallar mehnatni xaqiqatdan ham tarbiya omiliga aylantiradigan quyidagi
sharoitlarni ifodalab berish imkonini yaratadi.
1.O`quvchilar mehnati ijtimoiy foydali mehnat bo`lishi kerak. O`quvchi o`z
mehnatining muayyan ijtimoiy qimmatga, ijtimoiy ahamiyatga ega bo`lib,
kishilarga, jamoaga, jamiyatga foyda keltirishni anglab olishi lozim.
2.Muayyan ijtimoiy qimmatga ega bo`lgan foydali maxsulot mehnat natijasi
bo`lishi, o`quvchi o`z mehnatining ryeal samaralarini yakkot va aniq ko`rishi
lozim. Shu munomabat Bilan o`quvchini o`z mehnati natijalarining ijtimoiy
vazifasi Bilan mufassal tanishtirish, o`quvchiga uning mehnati kimga keraqligini
ko`rsatish juda mo`zim. Agar o`quvchilar o`z ishlarining foyda keltirayotganligini
ko`rmasalar, ularda mehnat qilishga bo`lgan har qanday istak yoqoladi, ular
zo`rma-zo`rakiylik Bilan ishlaydilar. Bunday ish esa mukarrar ravishda
zyerikishga, lokaylikka, salbiy munosabatga sabab bo`ladi.
3.O`quvchilarning mehnati jamoa mehnati bulmogi kerak. Jamoa mehnat
shunchaki birgalikda ishlashning, bir bino ichida, bir vaqtda ishlashni bildirmaydi.
Jamoa mehnat – umumiy mehnat vazifalarini birgalikda bajaradigan umumiy
maqsad, umumiy vazifalar Bilan birlashib qilinadigan mehnatdir. Faqat anna
shunday mehnatgina kishining o`z xatti-harakatlarini jamoa irodasiga buysindira
150
olish, o`z xatti-harakatlarini jamoa manfaatlari nuqtai nazaridan boshqara olish
xislatlarini tarbiyalaydi.
4.O`quvchilarning mehnati tashabbuskor va ijobiy mehnat bo`lishi kerak.
Ana shunda mehnat ishining ijodiy tomoniga qiziqadigan, shunchaki biror foydali
ish qilishga emas, balki yangilikka, o`z tashabbusini nomoyon qilish
imkoniyatlarini kidirishga intiladigan o`smirlari katta maktab yoshidagi
o`quvchilarning yosh psixologik xsusiyatlariga mos bo`ladi. Mehnat qanchalik
ko`p intilyektual kuch xayrat sarflashni talab etsa, o`quvchilar unga shunchalik
ko`p tayyorgarlik ko`radilar. Bunda shunga erishish kerakki, o`quvchilarning
o`zlari mehnat vazifalarini xal qilishning eng yaxshi usullarini kidirib topsinlar,
o`zlari (o`qituvchi rahbarligi ostida) o`z faoliyatlarini planlashtirsinlar.
5.Imkoni bo`lgan joylarda mehnatda (ayniqsa o`smirlar va katta maktab
yoshidagi o`quvchilar mehnatida o`z-o`zini uyushtirish va mustaqil mehnat
qilishning har xil formalari qo`llanishi kerak.Gap faqat o`quvchilarning
tashkilotchilik malakalarini (garchi bu joyda muxm bo`lsa ham) hosil
qilinishlaridagina emas, balki o`z-o`zini uyushtirishning mustaqillikni rahbarlik
qili shva buysinish malakalarini, ijodiy tashabbusini, masuliyat hamda jamoa
xislatlarini tarakkiy ettirishga yordam berishda hamdir.
6.O`quvchilarning mehnati ularning o`zlari uchun qiziqarli bo`lishi lozim.
O`quvchilarning hayotida ularning shaxsiy qiziqishlari qanchalik katta urin to`tishi
va qiziqishlarini o`quvchilar faoliyatlarini qanday rrag`batlantirishlari uuqorida
ta'kidlab utilgan edi.
O`quvchilarning, ayniqsa kichik yoshdagi o`quvchilarning faoliyati hamisha
ham bu faoliyatning ijtimoiy ahamiyatini anglashga asoslanavyermaydi.
7.O`quvchilarning mehnati ularning kuchiga yarasha mehnat bo`lishi kerak.
Bu mehnat o`quvchilarni xaddan tashqari ko`p kuch sarflashga, juda tolikib
qolishga olib bormasligi lozim agar mehnat kuchga yarasha bulmasa, u psixikaga
qattiq ta'sir qiladi, o`quvchi o`z kuchiga bo`lgan ishonchni yoqotadi, ko`pincha
umuman xatto kuchi yetadigan ishni bajarishdan ham buyin tovlaydi, chunki uni
o`ziga ishonchsizlik xisi ta'kib qiladigan bo`lib koladi.
8.Imkoni bo`lgan joylarda o`quvchilarning mehnatini ularning UKV
faoliyati Bilan boglash kerak. O`quvchilarning nazariy bilimlari Bilan Amaliy
mehnat faoliyatlarini (har xil kishlok xujalik ishlarida, maktab yonidagi uchuskada,
sport maydonchasi kurilishi va x.k ishlarda)o`zviy ravishda shunday o`zaro
boglash zarurki, bunda ularning mehnati biologiya, ximya, fixika, gyeomyetriyani
bilishni, chizmalar chizish hamda ularni tushunib ola bilishni talab etsin.
9.O`quvchilarni mehnat bilan mutlaqo yo`l qo’yib bo`lmaydi. Mehnatda
tarbiyalish zarur, biroq mehnat bilan jazolash yaramaydi, aks xolda, o`quvchilar
ongida mehnat noxush kechinmalar bilan assotsitsiyalanadi (bog`lanadi)va
151
bolalarda mehnatga nisbatan salbiy munosabat mukarrar ravishda yo`zaga keladi.
Mehnat o`quvchi uchun majburiy, noxush mehnat bo`lmagan vaqtdagina
o`quvchini tarbiyalaydi.
10.Nihoyat, ukuchidan ishni shunchaki bajarishni emas, balkisinchiklab,
puxta, vijdonan bajarishni, asbob – uskunalarga, materiallarga, mehnat qurollariga
yehtiyotkorlik munosabatida bo`lishni talab etish zarur.
Agar uuqorida ko`rsatib utilgan barcha shartlarga rioya qilinsa, mehnat
o`quvchilar uchun juda qiziqarli faoliyatga aylanadi. Ularda zug manaviy konikish
xissini uygotadi.Bunday mehnatda ular to`g`ri ijtimoiy xatti-harakatlarning Amaliy
tajribasini ortiradilar.
Dostları ilə paylaş: |