2
topishning o’ziga xos xususiyatlarga asoslangan (senzitiv — qulay) davrlari
mavjud bo’lib, ular individning o’zi yashab turgan muhitda (bog’cha, oilada)
tutgan o’rni,
bilish jarayonlari, o’ziga xos xususiyatlari, holatlari, shaxsi va
ongining o’sishi darajasi bilan bevosita bog’liqdir.
Tadqiqotchilarning uqtirishiga ko’ra, tabiat va jamiyatning qonunlari singari
kamol topayotgan bola shaxsi rivojlanishining ham o’z qonunlari bor. Bu qonunlar
psixologiya fanining maxsus tarmog’i — bolalar psixologiyasining
predmetiga
kiradi. Rivojlanish psixologiyasi sohasi inson psixikasi faqat miqdor jihatdan
emas, balki sifat jihatdan ham rivojlanishi, takomillashib borishi va o’zgarishi
haqidagi metodologik hamda fenomenologik qoidaga amal qiladi.
Har bir fanning o’z predmeti borligi singari bolalar psixologiyasining ham
o’zi tekshiradigan sohasi hamda tadqiqot metodlari bor.
Umumiy psixologiya psixika va uning zohir bo’lishi,
rivojlanish
qonuniyatlari haqidagi fan bo’lsa, yosh davri yoki rivojlanish psixologiyasi turli
yoshdagi insonlarning (jinslarning) psixik taraqqiyoti, psixik xususiyatlari va
bularning o’ziga
xos omillari, mezonlari hamda mexanizmlari haqidagi fandir.
Shuningdek, u muayyan yoshdagi insonlarning faqat o’ziga xos xususiyatlarini
ham o’rganadi. Shuning uchun ijtimoiy hayotda, ta’lim va tarbiyada,
guruhlar
hamda jamoalarda, ishlab chiqarishda, oilaviy munosabatlarda rivojlanish
psixologiyasi alohida o’rin tutadi. Inson shaxsining
tarkib topishi va bilish
jarayonlarining rivojlanishi muammosini shaxs psixikasining taraqqiyoti
qonunlarini hisobga olmay oqilona hal qilib bo’lmaydi. Shuning uchun XXI asrga
kelib «inson omili» masalasi dolzarb mavzuga aylandi.
Dostları ilə paylaş: