Yosh psixologiyasi — inson psixikasining rivojlanish qonuniyatlari va
xususiyatlari hamda shu taraqqiyotning bosqichlari to’g’risidagi fandir.
Yosh psixologiyasining asosiy vazifasi shaxsning kamol topishi
qonuniyatlari va turli yosh davridagi odamlarda vujudga keladigan psixik
faoliyat, holat va shart-sharoitlarning o’zaro ta’siri xususiyatlarini
aniqlashdan iboratdir.
Rivojlanish psixologiyasi ana shu vazifani hal etish bilan amaliy
maqsadlarni ro’yobga chiqaradi: ta’lim-tarbiya ishlarini takomillashtirishga
yordam beradi, moddiy ne’matlar ishlab chiqarishning samaradorligini oshirishga,
millatlararo
munosabatlarni
yaxshilashga,
shaxslararo
muloqotni
to’g’ri
yo’naltirishga, jamoada ijobiy psixologik muhit yaratishga, uzoq umr ko’rish
sirlarini ochishga, oilaviy munosabatlarni mustahkamlashga, ajralishlarning oldini
olishga xizmat qiladi. Modomiki shunday ekan, kamolotning turli davrlarini
insonning yosh va jinsiy xususiyatlarini hisobga olmay turib, yuqoridagi
vazifalarni hal qilib bo’lmaydi.
3
Mazkur psixologiya fanining sohasi alohida predmet sifatida XIX
asrning boshlarida vujudga kelgan, lekin dastlabki ildizi qadimgi yunon
madaniyatiga borib taqaladi. Uning predmeti va qonuniyatlari to’g’risida
jahon psixologiyasi olamida turli qarashlar nazariyalar mavjud. Ularning
juda keng tarqalganlari biogenetik (I.Shtern), sosiogenetik (K.Levin),
bixevioristik
(E.Torndayk),
psixoanalitik
(3.Freyd)
nazariyalaridir.
Shuningdek, ilmiy metodlarga asoslanib tadqiqotlar olib borgan olimlar ham
juda ko’p. Ular to’g’risida keyingi sahifalarda batafsil to’xtalgan.
Ilmiy
psixologik
adabiyotlar,
empirik
ma’lumotlar
rivojlanish
psixologiyasining mustaqil fan sifatida ajralib chiqishiga qator omillar va holatlar
sabab bo’lgan, degan xulosaga keldik. Quyida ana shularni bayon qilamiz.
1.Barcha fanlar negiziga kirib borgai evolyusiya g’oyasining (Ch.Darvin)
inson psixikasining rivojlanishi jarayonida o’rganish zarurligi.
2.Umuminsoniy, umumpsixik qonuniyatlar turli yoshdagi odamlar xatti-
harakatini, psixik xususiyatlarini va bolalarning o’sishiga biror faoliyatning
ta’sirini aniqlash uchun yetarli emasligini e’tirof etish.
3.Rivojlanish psixologiyasi insonning (tug’ilganidan umrining oxirigacha)
kamoloti uchun metodologik va nazariy ahamiyatga ega ekanligi tan olingani.
4.Turli yoshdagi odamlar (maktabgacha yoshdagi bolalar, maktab
o’quvchilari, o’rta va oliy o’quv yurtlarining talabalari, ishchilar, xodimlar,
qariyalar har xil psixologik xususiyatlarga ega ekanligi sababli tarbiya, ishlab
chiqarish, ijtimoiy-ta’minot muassasalari, mehribonlik uylari, koloniyalar,
yordamchi maktablar, internatlar, psixonevrologik dispanserlar, qariyalar uylari,
shifoxonalar va boshqalar)ning xodimlarida extiyojlar ortib borayotgani.
5.Tibbiyot
fani
va
uning
tarmoqlari
rivojlanishi,
psixiatriya,
psixonevrologiya, psixogigiyena, sangigiyena, bolalar va kattalar patologiyasi,
neyroxirurgiya, genetika, oliy nerv faoliyati va hokazolar bo’yicha kompleks
tadqiqotlarning vujudga kelishi, psixologiya, biologiya, medisina, sosiologiya
fanlarining hamkorligida ilmiy tadqiqot ishlari olib borilishi, ya’ni integrasiyaning
amalga oshishi.
6.Yuridik (huquqshunoslik) psixologiyasi va uning sohalari ijtimoiy
hayotimizda
sezilarli
o’rin
egallayotgani
hamda
yoshlar
o’rtasida
qonunbuzarlikning davom etayotgani (sud ishi psixologiyasi, kriminal psixologiya,
penitensiar yoki axloq tuzatish mehnati psixologiyasi; voyaga yetmagan
qonunbuzarlar muammosi va jinoyatning oldini olish masalalari).
7.Amaliy psixologiyaning ijtimoiy-siyosiy tus olayotgani va turmushning
har bir jabhasiga kirib borishi, shuningdek, o’z o’rnini topayotgani (psixologik
konsultasiyalar, maslahatlar, auto va sosial treninglar, ishbilarmonlik o’yinlari, art
va psixoterapiya, professiogramma, psixodiagnostika va hokazolarga talab ortishi).
4
8.Psixologiya fani sohalarining inson rivojlanishidagi o’zgarishlarga doir,
bilimlarga ehtiyoji va talabi ortayotgani (harbiy, sport, savdo, mehnat, kosmik,
muhandislik, ijod, aviasiya, reklama, menejment psixologiyalariga aniq materiallar
zarurligi).
9.Ekologiya
muammolari,
zoopsixologiya
va
etologiya
vazifalari,
millatlararo munosabatlarni barqarorlashtirish, insonparvarlik g’oyalarini turmush
tarziga olib kirish masalalarining dolzarbligi (ekologiya va inson, qiyosiy
psixologiya, shaxs psixologiyasi, etnik psixologiya va hokazolar).
10.Moddiy ishlab chiqarishni ko’paytirish, sanoatda va qishloq xo’jaligida
kishilarning haqiqiy xo’jayinlik tuyg’usini uyg’otish, aqliy va jismoniy
imkoniyatlarni qidirish, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, inson — inson,
inson — texnika, yer — inson, inson — iqlim munosabatlarini izchil o’rganish
zarurligi.
11.Oilaviy munosabatlarni yaxshilash, ajralishlarning oldini olish, inoq oila
yaratish, yoshlarni turmushga tayyorlash, o’z joniga qasd qilish hollarini bartaraf
etish, oilada tenghuquqlilikni qaror toptirish va bolalar tarbiyasini takomillashtirish
vazifalari.
12.Inson uzoq umr ko’rishining sirlarini — gerantopsixologik qonuniyatlarni
ochish va targ’ib qilish, davlat muassasalarida, nodavlat tashkilotlarida, psixologik
bilimlardan o’z o’rnida foydalanish, uzoq umr ko’rishga zamin tayyorlash,
qariyalar pansionatlarida ularning ruhiyatiga mos munosabatda, odilona muloqotda
bo’lish kerakligi rivojlanish psixologiyasini rivojlantirishni taqozo etmoqda.
Turli yosh va har xil jinsdagi insonlar psixikasining rivojlanishi, o’zgarishi,
vatanimizda yashayotgan barcha millat va elatlarning axloqiy va jismoniy kamol
topishiga ijobiy ta’sir qiladigan omillar hamda shart-sharoitlarni bilish va ulardan
unumli foydalanish hozirgi davrda nihoyatda zarur masala bo’lib qoldi. Xalq
ta’limi xodimlari, ishlab chiqarish va ilmiy-tadqiqot muassasalarining, qishloq
xo’jalik jamoalarining, fan, adabiyot va madaniy-oqartuv tashkilotlarining
rahbarlari insonni har tomonlama kamol topgan, ma’lumotli, mahoratli, aql-
zakovatli, ijodiy izlanishga moyil shaxs sifatida kamol topish jarayoni qanday sodir
bo’lishini, keksayishning xususiyatlari va o’ziga xos jihatlarini bilishga
qiziqmoqdalar. Shunday ekan, tarbiya tizimida va ishlab chiqarishda psixologiya
bo’yicha bilimsizlik va chalasavodlilikni yo’qotish uchun bolalar ruhiyatidan
qariyalar ma’naviyatigacha nazariy va amaliy bilimlarni egallash hozirgi
davrimizning muhim talabidir.
Endilikda insonni aks ettirish faoliyatining rivojlanishi qonuniyatlarini,
odamning bosh miya yarim sharlari po’stidan haqiqiy jism, obraz (timsol) sifatida
ro’yobga chiqishini, nima sababdan mazkur obraz o’zgarishini va bu o’zgarish
kishining ruhiyatiga ta’sir qilishini tushuntirish uchun dialektik materializmning
5
psixika tashqi dunyoni in’ikos ettiradi, degan ta’rifining o’zi yetarli emas. Mazkur
hodisaning chuqurligini — aks ettirish jarayonini genetik metod bilan o’rganish
orqaligina asoslab berish mumkin. Psixikaga nisbatan biosfera va neosfera nuqtai
nazaridan yondashish ijobiy natija sari yetaklaydi.
Ma’lumki, go’daklik davridagi oddiy sezishdan boshlab, mantiqiy fikr
yuritishgacha o’tadigan davr nisbatan uzundir. Endigina tug’ilgan chaqaloq ham
dastlabki soatlardan boshlab sezgi organlari yordamida atrof-muhitni aks ettirishga
kirishadi. Biroq uning tafakkuri bir necha oylar va, hatto, yillar davomida vujudga
keladi, nutq bilan tafakkurning birligi mazkur rivojlanishni amalga oshiradi.
Bunday holat o’ta murakkab hissiy biliщdan mantiqiy tafakkurga o’tish jarayoni
bosqichini tadqiq etish imkonini beradi.
Hozirgi psixologiya fani individual ong o’sishining turli bosqichlarida
amaliyot bilan hissiy bilish o’rtasidagi, amaliyot va mavhum tafakkur orasidagi
juda murakkab, o’zgaruvchan ichki munosabatlar hamda mexanizmlarni ifodalay
oladi. Inson psixikasining vujudga kelishi va rivojlanishini, uning turli qirralarini
o’rganish odamning psixik o’sishi, uning obyektiv va subyektiv sabablari, omillari,
shart-sharoitlari to’g’risida ma’lumotlar to’plash imkonini bera oladi.
Mazkur muammoga ilmiy yondashish insonning hayot sharoitlari, shaxsiy
xususiyatlari, qobiliyatlari, sifatlari, qiziqish ko’lami, irodaviy fazilatlari, muayyan
his-tuyg’ularining mazmuni, to’laligi va hokazolarni yoritish demakdir. Ilmiy
ishlar olib borayotgan tadqiqotchi katta yoshdagi odamlardan hayot sharoitining
tayyor mahsulini o’rganadi, lekin bu bilan sinaluvchining psixikasi qanday vujudga
kelgani, kechishi, aks ettirish xususiyatlarini tushuntira olmaydi.
Ana shu murakkab jarayonni bilish uchun bolaning psixikasi turmush
hodisalari va sharoitlari bilan bog’liqligini aniqlab olinmasa, tajriba o’tkazuvchi
o’zi o’rganayotgan nazariy masalalarni ishonarli darajada isbot qila olmaydi.
Inson psixikasining rivojlanishidagi sabab-oqibat va ularning variantlari,
invariantlari, modifikasiyalari, munosabatlarini bilish bola tarbiyasida eng qulay
shart-sharoitlarni vujudga keltirish uchun nihoyatda zarur.
Shunday qilib, rivojlanish psixologiyasi fanini o’rganish ham nazariy, ham
amaliy ahamiyatga ega. U ham boshqa fanlar qatorida rivojlandi, bunda
eksperimental biologiya va genetika, medisina, sosiologiya kabi fanlarning xizmati
kattadir. Rivojlanish va differensial psixologiya fani dialektikaning prinsiplariga,
oliy nerv faoliyati qonunlariga, differensial psixofiziologiya qonuniyatlariga,
psixologlar to’plangan materiallarga tayanib, inson psixikasining kechishi,
rivojlanishi, o’zgarishi yuzasidan bahs yuritadi. Ijtimoiy turmushning barcha
jabhalaridagi amaliy masalalarni hal qilishda faol ishtirok etadi.
Dostları ilə paylaş: |