Yosh psixologiyasi va pedagogik psixologiyasi faniga kirish


longityud  (uzluksiz) metodi ham



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/57
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#205994
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   57
1-Ma\'ruza.Um.ps.sirtqi

longityud 
(uzluksiz) metodi ham
qo’llanadi. Uning boshqa metodlardan farqi bir yoki bir 
nechta sinaluvchilar uzoq muddat, hatto, o’n yillab tekshirilishidir. Longityud 
metodidan psixologlardan nemis V.Shtern, fransuz R.Zazzo, rus psixologlari 
N.A.Menchinskaya, A.N.Gvozdev, N.S.Leytis, V.S.Muxina va boshqalar ko’p 
yillardan beri foydalanmoqdalar. 
Mazkur metod orqali bir xil jinsli (Hasan-Husan, Fotima-Zuhra) yoki aralash 
jinsli (Hasan-Zuhra, Fotima-Husan) egizaklar kuzatilgan. Shuning uchun qator 
tadqiqotlarning “ona kundaligi” (N.A.Menchinskaya, V.S.Muxina) deb nomlanishi 
bejiz emas. Uzoq vaqt bir shaxsni (kichik guruhni) kuzatish unda paydo 
bo’layotgan yangi fazilatlarning rivojlanish dinamikasini, xulq-atvoridagi illatlarni 
(xatti-harakat) va ularning oldini olish tadbirlarini, murakkab psixologik 
munosabatlari, ichki bog’lanish qonuniyati, mexanizmi to’g’risida mukammal, 
ishonchli, barqaror ma’lumotlar to’plash imkonini yaratadi. 
Longityud metodi
yordamida subyektiv omillarning o’ziga xosligini, 
obyektiv shart-sharoitlar va ijtimoiy muhitning sinaluvchiga ta’siri o’rganiladi. 
Chunonchi, egizaklarning o’xshashligi va tafovuti, ta’sirlanishi, his-tuyg’usining 
o’zgarishi, kishilar o’rtasidagi individual farqlar (ishchanligi, temperamenti, oliy 
nerv faoliyati tizimi va hokazolar) bo’yicha ma’lumotlar olish longityud metodi 
bilan amalga oshadi. 
Hozirgi davrda fan va texnika taraqqiyoti psixologik tekshirishlarning 
ilmiyligini yanada oshirish uchun (subyektiv omillarning ta’sirini kamaytirish 
maqsadida) yaxlit dastur asosida boshqa fanlar (tibbiyot, fizika, fiziologiya, 
biologiya, sosiologiya, kibernetika, statistika, falsafa, mantiq va hokazolar) bilan 
birgalikda tadqiqot ishlari olib borishni taqozo etmoqda. Amaliy yo’sindagi 
ilmiy-tadqiqot ana shu ko’p qirrali (kompleks) yondashishni talab qiladi. 
Psixologiya sohalarida (psixofiziologiya, kosmos, tibbiyot psixologiyasi, 
muhandislik yoki aviasiya psixologiyasida tadqiqot obyektiga tizimli yondashish 
tamoyili amalga oshirilmoqda. Kompleks metod yordamida o’rganilayotgan 
obyektdagi o’zgarishlar turli nuqtai nazardan tahlil qilinadi yoki ularga har xil 
yondashiladi. Masalai, bolada oddiy bilimlarni o’zlashtirish xususiyati psixologik 
jihatdan tekshirilayotgan bo’lsa, kompleks yondashish ta’sirida ana shu 
o’zlashtirishning falsafiy, mantiqiy, fiziologik, ijtimoiy, biologik xususiyatlari 
yoritiladi. Aytaylik, keksayishning biologik omillarini o’rganish uning psixologik, 
fiziologik, mantiqiy jihatlarini yoritishga xizmat qiladi. 
Kompleks dastur yordamida amalga oshirilgan tadqiqot natijalari ilmiy 
ahamiyatga molik bo’lib, insonshunoslik muammolarini hal qilishda katta yordam 
beradi. 


10 
Ilmiy tadqiqot metodlarining ikkinchi guruhi empirik metodlardan iborat 
bo’lib, bu guruhga kuzatish (o’zini o’zi kuzatish), eksperiment (tabiiy, labo-
ratoriya), test, anketa, so’rov, sosiometriya, suhbat, intervyu, faoliyat jarayoni va 
uning mahsulini tahlil qilish, tarjimai hol (shaxsiy guvohnoma, hujjat, turmush 
faoliyati voqyealarini tahlil qilish) kabilar kiradi va ular sinash, tekshirish, diagnoz 
(aniqlash) va prognoz (oldindan belgilash) vazifalarini bajaradi. Insonda 
tug’ilganidan umrining oxirigacha sodir bo’ladigan psixologik o’zgarishlarni 
chuqurroq va obyektivroq tadqiq etish uchun empirik metodlardan navbati bilan 
foydalanish yaxshi natija beradi. 
Ilmiy tadqiqot metodlarining uchinchi guruhi natijalarni qayta ishlashga 
mo’ljallangan bo’lib, ular statistik (miqdor) va psixologik (sifat) tahlil turlariga 
bo’linadi. Psixologik-pedagogik tadqiqotlarda ko’pincha quyidagi statistik 
metodlardan foydalaniladi. 
To’plangan miqdorlarni ishlab chiqishda mana bu formulalarni qo’llash 
mumkin: 
1
).
M ═ υ ∕ n
 
formulasi o’rtacha arifmetik qiymatni topish uchun ishlatiladi. 
M
—yig’indi, υ
 

 
variasion miqdor, n
 
— sinaluvchilar yoki obyektlarning 
sanog’ini bildiradi. 
2)

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   57




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin