Yoshlar muammolarini hal etishda fuqarolik jamiyati institutlarining roli



Yüklə 28,64 Kb.
tarix07.06.2023
ölçüsü28,64 Kb.
#126369
Yoshlar muammolarini hal etishda fuqarolik jamiyati institutlari




YOSHLAR MUAMMOLARINI HAL ETISHDA FUQAROLIK JAMIYATI INSTITUTLARINING ROLI

REJA:
1. FUQAROLIK JAMIYATI INSTITUTLARI TUSHUNCHASI, UNING


MA’NO VA MAZMUNI.
2. YOSHLAR MUAMMOLARINI HAL ETISHDA FUQAROLIK JAMIYATI INSTITUTLARINING ROLI

“Fuqarolik institutlari, nodavlat notijorat tashkilotlari hozirgi kunda demokratik qadriyatlar, inson huquq va erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilishning


muhim omiliga aylanmoqda, fuqarolarning o‘z salohiyatlarini ro‘yobga chiqarishi,ularning ijtimoiy, sotsial-iqtisodiy faolligi va huquqiy madaniyatini oshirish uchun sharoit yaratmoqda, jamiyatda manfaatlar muvozanatini ta’minlashga ko‘maklashmoqda”. Islom Karimov
Fuqarolik jamiyati institutlari tushunchasi, uning ma’no va mazmuni.
O‘zbekistonda olib borilayotgan islohotlarning bosh maqsadi – erkin bozormunosabatlariga asoslangan ochiq, huquqiy demokratik davlat qurish, adolatli fuqarolik jamiyatini barpo etish, odamlar turmush darajasini taraqqiy etgan davlatlar darajasiga ko‘tarish,mamlakatimizni jahon hamjamiyatida munosib o‘rin egallashidan iboratdir. Fuqarolik jamiyati muayyan hududda yashovchi, erkin va ozod kishilardan iborat aholi,millat va xalqning yashash tarzini anglatadi. Fuqarolik jamiyati demokratiyaga asoslangan davlatchilik sharoitida shakllanadigan va rivojlanadigan ijtimoiy muhitdir. Fuqarolik jamiyatishunday ijtimoiy muhitki, bunda fuqarolar o‘zaro hamkorlik asosida ijtimoiy va boshqa ehtiyojlarini qonuniy ravishda o‘zlari qondirib boradi.Fuqarolik jamiyati shakllanishining umumiy jihatlarini quyidagilar tashkil qiladi: birinchisi – xususiy mulkchilik. Rivojlangan demokratik davlatlarda aholining aksariyati xususiy
mulk egalari hisoblanadi. O‘rta mulkdorlar sinfi – jamiyat umumiy aholisining ko‘pchiligini tashkil qiladi. Binobarin, xususiy mulk – fuqarolik jamiyati shakllanishi vafunksionallashuvining dastlabki va muhim asosi sanaladi. Fuqarolik jamiyati amal qilishining ikkinchi muhim omili erkin bozor iqtisodiyotidir.
Erkin bozor iqtisodiyoti sharoitidagina xususiy tadbirkorlik, ishbilarmonlik faoliyati uchun keng imkoniyatlar yaratilishi mumkin.Fuqarolik jamiyatining uchinchi muhim belgisi quyidagilardan iborat: har qanday demokratik davlat fuqarolarning ehtiyojlari va manfaatlarini yuqori darajada qondirib borishni
nazarda tutadi. Ammo hozirgi zamonning o‘ta murakkab ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi sharoitida davlat tashkilotlarining fuqarolar ehtiyojlari va manfaatlarini aniqlash, ulardanxabardor bo‘lish imkoniyati tobora qiyinlashib bormoqda. Bu muammoni bartaraf etishning yagona yo‘li – davlat tashkilotlarining jamiyat hayotini boshqarib borishdagi ko‘plabfunksiyalarini bosqichma-bosqich nodavlat tashkilotlar, birlashmalarga ya’ni fuqarolik jamiyatiinstitutlariga o‘tkazish hisoblanadi.O‘zbekistonda jamiyat hayotini demokratlashtirish hamda fuqarolik jamiyatini barpo etishda fuqarolik jamiyati institutlarining o‘rni va roli beqiyos darajada kattadir. Bu institutlar ko‘ngilli ravishda tuzilgan, jamiyat hayotining barcha sohalarida amal qiladigan nodavlat tipidagi tuzilmalar (birlashmalar, tashkilotlar, assotsiatsiyalar, uyushmalar, markazlar, klublar,jamg‘armalar va b.)ning faoliyatini o‘zida mujassamlashtiradi. Mazkur tuzilmalar jamiyat hayotining barcha sohalarida faoliyat ko‘rsatadi. Ular faoliyatining kuchayishi, o‘z navbatida,fuqarolik jamiyatining qay darajada amal qilishini bildiradi.
O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati institutlari sifatida faoliyat ko‘rsatuvchi nodavlatnotijorat tashkilotlari, jamoat birlashmalari, turli sohalar bo‘yicha markazlar, jamg‘armalar, assotsiatsiyalar, siyosiy partiyalar, harakatlar, diniy tashkilotlar bo‘lib, ular, mamlakatimizdafuqarolik jamiyati shakllanishi va rivojlanishining muhim shartidir. Ular, fuqarolarning ijtimoiysiyosiy faolligini oshirishda, hamda ijtimoiy-siyosiy jarayonlardagi ishtirokini ta’minlashdamuhim rol o‘ynaydi. Kuchli davlatdan – kuchli fuqarolik jamiyatiga bosqichma-bosqich o‘tib borishjarayonida, fuqarolarning ijtimoiy-siyosiy manfaatlarini, qiziqishlarini qondirib borishda davlat tashkilotlari bilan bir qatorda nodavlat notijorat tashkilotlari hamda jamoat birlashmalarining rolikattadir. Fuqarolik jamiyatiga yaqinlashgan sari boshqaruvning ko‘plab funksiyalari davlat tasarufidan o‘z-o‘zini boshqaruv tizimiga o‘tib boradi. Aholining turli qatlamlari, ayrim olinganshaxs muayyan nodavlat va jamoat tashkiloti orqali jamiyat boshqaruvida faol qatnashadi. Shu asnoda jamiyat o‘zini o‘zi boshqarib boradi. Bu jarayonda qaysidir shaxs, hokim yoki rahbarxohish-irodasi, hukmronligi yoki muruvvati bilan emas, balki demokratiyaga asoslangan,fuqarolarning yuksak huquqiy madaniyati, dunyoqarashi ustuvor bo‘ladi va har qanday ijtimoiyfaoliyat asosini tashkil qiladi. Fuqarolik jamiyati institutlari faoliyatining asl mohiyati: unga a’zo bo‘lgan kishilar,shaxs, ijtimoiy guruhlar, kasb–kor egalarining tub manfaatlarini, hayotiy ehtiyojlarini, amal qilish mazmuniga mos holda qondirib borishdan iboratdir. NNTlarning har qanday faoliyati,o‘tkazadigan ommaviy tadbirlari ana shu maqsadga qaratiladi. Hozirda, O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati institutlarining shakllanishi va rivojlanishiuchun qulay ijtimoiy-siyosiy, huquqiy, iqtisodiy-moliyaviy shart-sharoitlar yaratilmoqda. Fuqarolik jamiyati institutlarini rivojlantirishdan asosiy maqsad jamiyat a’zolariningmanfaatlari o‘rtasidagi muvozanatni ta’minlash va himoya qilishdan iborat. Fuqarolik jamiyati institutlari o‘z mohiyatiga ko‘ra, fuqarolarning o‘zligini anglashga, ijtimoiy munosabatlarda
o‘zini o‘zi boshqarishga qaratilgan, ixtiyoriy tarzda birlashgan, muayyan bir maqsadga erishishni nazarda tutgan nodavlat tipidagi tashkilotlardir.Fuqarolik jamiyati institutlari sifatida faoliyat ko‘rsatadigan nodavlat notijorat tashkilotlari va jamoat birlashmalari o‘z mohiyatiga ko‘ra davlat muassasalaridan farq qiladi. O‘zbekistonRespublikasining “Nodavlat notijorat tashkilotlari to‘g‘risida”gi Qonuni 2-moddasida “nodavlat notijorat tashkiloti” tushunchasiga quyidagicha ta’rif berilgan: “Nodavlat notijorat tashkiloti –
jismoniy va (yoki) yuridik shaxslar tomonidan ixtiyoriylik asosida tashkil etilgan, daromad(foyda) olishni o‘z faoliyatining asosiy maqsadi qilib olmagan hamda olingan daromadlarni (foydani) o‘z qatnashchilari (a’zolari) o‘rtasida taqsimlamaydigan o‘zini o‘zi boshqarishtashkilotidir”
1. “Nodavlat notijorat tashkiloti jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari va qonuniymanfaatlarini, boshqa demokratik qadriyatlarni himoya qilish, ijtimoiy, madaniy va ma’rifiy maqsadlarga erishish, ma’naviy va boshqa nomoddiy ehtiyojlarni qondirish, xayriya faoliyatiniamalga oshirish uchun hamda boshqa ijtimoiy foydali maqsadlarda tuziladi”
2.Mamlakatimizda fuqarolik jamiyati institutlari sifatida faoliyat ko‘rsatayotgan nodavlatnotijorat tashkilotlari 3-sektor deb ham yuritiladi. 1-sektor davlatga qarashli bo‘lgan muassasalar(masalan, umumta’lim maktablari, akademik litsey, kasb-hunar kollejlari, oliy ta’limmuassasalari kabilar shular jumlasidandir), 2-sektor esa turli ijtimoiy-iqtisodiy yo‘nalishlarda faoliyat ko‘rsatuvchi davlat va nodavlat tashkilotlari(masalan, birlashmalar, kichik va o‘rta biznes, hususiy korxonalar shular jumlasidandir), hisoblanadi. Bunga yirik sanoat korxonalaridan
tortib o‘rta va kichik korxonalar, kichik, o‘rta biznes va tadbirkorlik bilan shug‘ullanuvchi turli xususiy korxona va tashkilotlar kiradi.
Nodavlat va jamoat birlashmalari o‘zini o‘zi boshqarish organlari sifatida fuqarolar
manfaatlarini himoya qiladi. Kishilar o‘z qiziqish va manfaatlarini individual holda emas, balki fuqarolik institutlari orqali amalga oshirishi mumkin. Fuqarolar o‘z manfaatlarini qonun ustuvorligiga asoslangan tarzda himoya qila olsagina hayotdan qoniqib yashaydi, o‘ziyashayotgan jamiyatni adolatli deb biladi. Bugungi kunda O‘zbekistonda ijtimoiy adolat tamoyilining ijtimoiy hayotning barcha sohalarida to‘liq amal qilib borishida nodavlat va jamoat birlashmalarining roli beqiyosdir. Aynan mana shu nodavlat va jamiyat tashkilotlari
O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati shakllanishining asosi bo‘lib xizmat qiladi. Shu bois, Prezident Islom Karimov: “Ochiq va kuchli fuqarolik jamiyatini bugungi kunda aholining turli ijtimoiy guruhlari va keng qatlamlari manfaatlarini ifoda etadigan mustaqil va barqaror nodavlat notijorat tashkilotlar, erkin ommaviy axborot vositalari va boshqa fuqarolik jamiyati institutlarining rivojlangan tizimisiz tasavvur etib bo‘lmaydi,” 3 – deb bejiz aytmagan.Yuqorida bildirilgan fikr-mulohazalardan ko‘rinib turibdiki, nodavlat va jamoat tashkilotlarining faoliyati jamiyatda qanchalik yuqori darajada bo‘lsa, fuqarolarning ulardagi ishtiroki qanchalar faollashsa, shunga mos ravishda ijtimoiy adolat tamoyillari ham to‘laroq amal qilib boradi.
Fuqarolik jamiyati ko‘ngilli ravishda tuzilgan, jamiyat hayotining barcha sohalarida amalqiladigan nodavlat tipidagi tuzilmalar -birlashmalar, tashkilotlar, assotsiatsiyalar, uyushmalar, markazlar, klublar, jamg‘armalar va b.)ning faoliyati darajasi bilan belgilanadi. Mazkur tuzilmalar ijtimoiy munosabatlarning iqtisodiy, siyosiy, huquqiy, ma’naviy, diniy, ta’lim-tarbiya va turmush tarzi kabi sohalarida faoliyat ko‘rsatadi. Ular faoliyatining kuchayishi, o‘z navbatida, fuqarolik jamiyatining qay darajada amal qilishini bildiradi. Ushbu tashkilotlarning o‘ziga xos xususiyati shundan iboratki, ular davlat tomonidan emas, balki fuqarolarning o‘zlari tomonidan tashkil qilinadi va mavjud qonunlarga amal qilgan holda davlat tashkilotlari tasarrufidan xoli ravishda faoliyat yuritadi.
Fuqarolik jamiyati institutlari davlatga qarashli bo‘lmagan, ammo ma’lum qonunqoidalar va me’yoriy hujjatlarga bo‘ysungan holda faoliyat ko‘rsatadigan tuzilmalar, ya’ni nodavlat notijorat tashkilotlari, jamoat birlashmalari, siyosiy partiyalar, jamoat fondlari kabilarni o‘z ichiga oladi. Ular quyidagi guruhlarga bo‘linadi:
1) aholining ayrim yoki muayyan yirik toifalarining ijtimoiy manfaatlarini ko‘zlab
ishlashga ixtisoslashgan, hukumatga qarashli bo‘lmagan umummilliy tashkilotlar. Bunday tashkilotlar jumlasiga “Mahalla”, “Nuroniy” jamg‘armalari, Xotin-qizlar qo‘mitasi, “Nogironlar” uyushmasi, “O‘zbekiston ekologik harakati”, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati kabi tuzilmalar kiradi;
2) ixtisoslashgan milliy va xalqaro jamg‘armalar: “Ekosan”, “Sog‘lom avlod uchun”,“Amur Temur”, “Matbuotni demokratlashtirish va qo‘llab-quvvatlash”, “Orolni qutqarish” jamg‘armalari, “Markaziy Osiyo mamlakatlari madaniyat va fan arboblari anjumani” singari tashkilotlar;
3) hukumatga qarashli bo‘lmagan huquqni himoya qiluvchi tashkilotlar: Shaxs
huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi, Inson huquqlari va gumanitar huquqni o‘rganish markazi, Inson huquqlarini himoya qilish milliy markazi, Huquqiy yordam ko‘rsatish jamiyati va boshqalar;
4) ijodkor ziyolilarning milliy jamoat tashkilotlari: yozuvchilar, rassomlar, bastakorlar, arxitektorlar, kinematograflar, shuningdek, sudyalar va advokatlarning jamoat uyugmalari;
5) milliy madaniyat markazlari. Ular O‘zbekistonda yashovchi milliy (ozchilikni tashkil
etuvchi) jamoalar vakillarining madaniyati, ma’naviyati, urf-odatlarini saqlab qolish va avloddan-avlodga yetkazib berish maqsadida tuzilgan tashkilotlar sanaladi. Respublikamizda hozirgi paytda 27 millat vakillari tomonidan tuzilgan 150ga yaqin milliy-madaniy markaz (MMM)lar faoliyat olib bormoqda;
6) umummilliy jamiyatlar va jamg‘armalar: Bolalar, mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilarini ijtimoiy himoya qilish, Talabalar jamg‘armalari, “Mehr nuri” jamg‘armasi kabilar;
7) ijtimoiy ahamiyat va ijodiy qiziqishlar bilan bog‘liq, asosan, ekologiya masalalari bo‘yicha mahalliy birlashmalar: sayyohlik va badiiy havaskorlik klublari, nogiron bolalar otaonalarining birlashmalari;
8) jamoat muassasalari: “Ijtimoiy fikr” jamoatchilik markazi, Jurnalistlarni tayyorlash xalqaro jamoatchilik markazi singari hukumatga qarashli bo‘lmagan ijtimoiy muassasalar shular jumlasidandir.
Fuqarolik jamiyatining asosiy tamoyillari nodavlat va jamoat birlashmalari orqali
shakllanadi. Pirovardida, jamiyat hayotida avtoritar va totalitar boshqaruvga xos xususiyatlar barham topib boradi. Shu o‘rinda fuqarolik jamiyati institutlarining davlat muassasalaridan farqlanuvchi xususiyatlariga e’tibor qaratish lozim.
Davlat muassasalarida xodimlar muayyan tartib-qoidalarga bo‘ysungan holda, ma’muriy yo‘riqnomalar, buyruq va talablar asosida faoliyat yuritadi. Bizningcha, subordinatsiya (o‘zidan yuqori turgan xodimlar, rahbarga qat’iy bo‘ysunish qoidasi – K.Yu.) shaxsning erkin faoliyat ko‘rsatishini muayyan tarzda cheklaydi. Davlat muassasalarida ma’muriy-buyruqbozlikka asoslangan boshqaruv shaxs faolligi, tashabbuskorligiga to‘siq bo‘ladi. Demokratik tamoyillarga asoslangan, liberal, ochiqko‘ngil, har qanday individualizm, volyuntarizm va sub’ektivizmdan
xoli, adolatli, tanqidga bardoshli, har bir masalaga xolis yondashuvchi rahbarni har bir tashkilot yoki muassasada uchratish qiyin.
Fuqarolik jamiyati institutlari esa o‘zlarining mohiyatiga ko‘ra, davlat tashkilotlaridan farq qiladi va ularga ijtimoiy konstruktivlik, ya’ni jamiyat oldida turgan vazifalarni hal etishga yo‘nalganlik xosdir. Bunday jamoat tashkilotlari ma’lum bir ijtimoiy makon – jamiyatda tashkil topadi. Bu esa ularning ushbu hududning tarkibiy qismi, instituti ekanligini anglatadi. Modomiki,
jamiyat tub o‘zgarishlarga yuz tutgan ekan, fuqarolik jamiyati institutlari ushbu jarayonlardan chekkada tura olmaydi. Shu ma’noda, ular jamiyat muammolarini bartaraf etishda faol ishtirok etadi.
Ularning asosiy vazifalariga quyidagilar kiradi:
milliy qadriyatlarimizni dunyo hamjamiyatiga targ‘ib qilish;
yurtimizga qarshi qaratilgan, jamiyatimiz hayotiga tahdid soluvchi buzg‘unchi, yot g‘oyalar, g‘oyaviy va axborot xurujlari, ularning ortida turgan kuchlarning g‘arazli maqsadlarini fosh qilish, odamlarni hushyorlik va ogohlikka da’vat etish, diniy ekstremizmga qarhi kurashish yuzasidan olib boriladigan ma’naviy-ma’rifiy ishlarda faol ishtirok etish;
yangidan yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan, chetdan g‘arazli maqsadlar bilan hayotimizgasuqilib kirishga yo‘naltirilgan turli mafkuraviy tahdidlarga qarshi aholining turli qatlamlari o‘rtasida targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib borish;
yoshlar ijodini rag‘batlantirishga, rivojlantirishga qaratilgan faoliyat ko‘rsatish;
kadrlar tayyorlash milliy dasturida ko‘zda tutilgan asosiy maqsadlar, yoshlar orasidakomil axloq, o‘zaro insoniy munosabatlar, mehr-muruvvat, millatlararo totuvlik, dinlararo bag‘rikenglikni keng targ‘ib etish, ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlarini olib borish;
Aholi, ayniqsa yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda jismonan baquvvat avlodni tarbiyalashga yo‘naltirilgan tadbirlarni amalga oshirishda faol ishtirok etish;
Vatan ozodligi yo‘lida kurashib, jon fido qilgan buyuk ajdodlarimizning ibrati, o‘tmishsaboqlari, mustaqillik yillarida erishilgan yutuqlar tahlili asosida odamlar qalbida milliy g‘ururva hech qachon hech kimga qaram bo‘lmaslik tuyg‘usini kamol toptirish kabilar shular jumlasidandir.
Fuqarolik jamiyatini o‘rganish instituti tomonidan aniqlanishicha, hozirda O‘zbekistonda o‘z yo‘nalishi bo‘yicha faoliyat ko‘rsatayotgan nodavlat notijorat tashkilotlarining 40 foizi –ijtimoiy-iqtisodiy qonunlarni himoya qilishga, 14,2 foizi – ayollar va yoshlar muammolarini hal etishga, 13,6 foizi – sog‘liqni saqlash, ta’lim, ekologiya sohasiga, 12 foizi esa boshqa ijtimoiy ahamiyatga molik vazifalarni bartaraf etishga xizmat qilmoqda.
4 2005 yilning may oyida O‘zbekistonda faoliyat ko‘rsatayotgan 150 ga yaqin NNT vakillari tashabbusi bilan O‘zbekiston Nodavlat notijorat tashkilotlar milliy assosatsiyasi tashkil etilgan bo‘lib, ayni paytda, ushbu tashkilot 450 dan ortiq NNTlarni o‘zida birlashtirgan.
XXI asrning ikkinchi o‘n yilligi boshida qator arab (Misr Arab Respublikasi, Tunis, Suriya, Yaman, Liviya, Bahrayn, Sudan kabi) mamlakatlarida ijtimoiy noroziliklar, xalq chiqishlari avj olib, ularning ba’zilarida fuqarolik urushi natijasida minglab kishilar qurbon bo‘ldi. Bizningcha, bu voqealar shu mamlakatlarda fuqarolik jamiyati institutlari faoliyatining
cheklanganligi, aholi turli qatlamlarining ijtimoiy, ma’naviy, huquqiy va boshqa manfaatlari hamda ehtiyojlarini qondirilmaganligi oqibatida yuz bermoqda. Shu o‘rinda aytish lozimki, demokratiya fuqarolik jamiyatining nafaqat birlamchi zaruriyati, balki bunday jamiyatning shakllanishi va rivojlanishining muhim talabi hamdir.
2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha Harakatlar strategiyasida ham fuqarolik jamiyati institutlarini rivojlantirishga e’tibor qaratilgani bejiz emas. Zero, davlat tomonidan fuqarolik jamiyatini rivojlantirish masalasining strategik vazifa sifatida ilgari surilishi jamoatchilik boshqaruvi tizimini takomillashtirishga xizmat qiladi. Keyingi vaqtlarda jamiyat va davlat hayotining barcha sohalarida demokratik o‘zgarishlarni amalga oshirishda nodavlat notijorat tashkilotlari hamda fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining roli va ahamiyatini, bu jarayonda fuqarolarning ijtimoiy faolligini oshirish bo‘yicha sezilarli chora-tadbirlar ko‘rildi. Nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatining samaradorligini oshirishga qaratilgan 200 dan ortiq normativ-huquqiy hujjat qabul qilindi, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash uchun zarur institutsional baza yaratildi. Bugungi kunda faoliyat ko‘rsatayotgan 9200 dan ziyod nodavlat notijorat tashkiloti jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini, demokratik qadriyatlarni himoya qilishda, ijtimoiy, madaniy va ma’rifiy maqsadlarga erishishda muhim rol o‘ynamoqda.
Mamlakatni demokratik yangilash jarayonida fuqarolik jamiyati institutlari rivoji va yoshlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirishning dolzarb masalalari yuzasidan olib borilayotgan tadqiqot ishlari muhokama etildi. Anjuman ishtirokchilarining “Mustahkam oila – qudratli jamiyat asosi”, “Yoshlar ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirishning huquqiy asoslari”, “Yoshlar ongiga milliy qadriyatlarni singdirishda mahallaning roli”, “Oliy ta’lim muassasalarida Ijtimoiy fanlarni o‘qitishga innovatsion yondashuv”, “Zamonaviy iqtisodchi kadrlarni tayyorlashning innovatsion usullari” kabi mavzulardagi ma’ruzalari tinglandi.
Prezident farmonida qayd etilganidek, o‘tgan davrda ushbu sohaga doir 200 dan ortiq normativ-huquqiy hujjat qabul qilindi. Bu haqda so‘z borganda, avvalo, milliy qonunchilikda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi yetakchi o‘rin tutishini ta’kidlash maqsadga muvofiqdir. Asosiy qonunimizning 34-moddasida fuqarolarning jamoat birlashmalariga uyushish huquqi mustahkamlab qo‘yilgan. Ya’ni: “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari kasaba uyushmalariga, siyosiy partiyalarga va boshqa jamoat birlashmalariga uyushish, ommaviy harakatlarda ishtirok etish huquqiga egadirlar”.
Konstitutsiyamizning uchinchi bo‘limidagi XIII bob “Jamoat birlashmalari” deb nomlanadi. Mazkur bobdagi moddalar fuqarolik jamiyatining an’analarini tiklash, jamoat birlashmalari maqomini huquqiy tarzda rasmiylashtirish, ularning real va barqaror rivojlanishini ta’minlashga qaratilgan konstitutsiyaviy qoidalardan tashkil topgan. Eng muhimi, Konstitutsiyamizda fuqarolik jamiyati institutlarini tashkil etish va ular faoliyatining huquqiy asoslari e’tirof etilgan, ularning davlat bilan o‘zaro hamkorligi tamoyillari belgilangan.– Albatta, fuqarolik jamiyati institutlari faoliyat ko‘rsatadigan huquqiy makonni yanada kengaytirish maqsadida Harakatlar strategiyasida belgilangan ustuvor vazifalar mohiyatidan kelib chiqib, amaldagi qonun hujjatlari yanada takomillashtirilmoqda va bugungi davr talablari asosida yangi qonunlar qabul qilinmoqda. Bu haqda so‘z borganda, avvalambor, 2018 yil 12 aprelda qabul qilingan “Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida”gi qonunni tilga olishni istardim.Ushbu qonunning maqsadi davlat organlari va muassasalari faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini tashkil etish hamda amalga oshirish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat. Qonunga binoan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, shuningdek, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ro‘yxatga olingan NNT, ommaviy axborot vositalari (OAV) jamoatchilik nazorati subyektlari etib belgilangan.
Joriy yil 18 aprelda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonunga muvofiq, jumladan, “O‘zbekiston Respublikasida jamoat birlashmalari to‘g‘risida”gi, “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi, “Siyosiy partiyalar to‘g‘risida”gi, “Jurnalistlik faoliyatini himoya qilish to‘g‘risida”gi, “Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida”gi, “Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to‘g‘risida”gi qonunlarga davr talablaridan kelib chiqqan holda tegishli o‘zgartirishlar kiritildi.Misol uchun, “Siyosiy partiyalar to‘g‘risida”gi qonun “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatining vakili” nomli 142-modda bilan to‘ldirildi. Yangi modda normalariga ko‘ra, siyosiy partiya tomonidan Oliy Majlis Qonunchilik palatasining deputati bilan kelishilgan holda partiyaning tegishli saylov okrugidagi hududiy bo‘limi xodimlari orasidan jamoatchilik asosida ishlovchi vakil ajratib berilishi mumkin. Qonunchilik palatasi deputatining vakili deputatning saylov okrugidagi o‘z saylovchilari bilan doimiy aloqa o‘rnatishiga ko‘maklashadi. Prezidentimiz tomonidan, shuningdek, shu yil 26 apreldagi “Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”, joriy yil 16 apreldagi “Diniy-ma’rifiy soha faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”, 2018 yil 2 fevraldagi “Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”, 2017 yil 17 noyabrdagi “Hunarmandchilikni yanada rivojlantirish va hunarmandlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”, 2017 yil 27 iyuldagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining istiqbolli yosh pedagog va ilmiy kadrlarning malakasini oshirish “Iste’dod” jamg‘armasi faoliyatini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”, 2017 yil 5 iyuldagi “Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida”, 2017 yil 19 maydagi “Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”, 2017 yil 3 fevraldagi “Mahalla institutini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” hamda 2016 yil 28 dekabrdagi “O‘zbekiston faxriylarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg‘armasi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonlar qabul qilindi.Bundan tashqari, davlatimiz rahbarining 2018 yil 5 apreldagi “O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” hamda 2017 yil 28 iyuldagi “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirishni yangi bosqichga ko‘tarish to‘g‘risida”, 2017 yil 19 iyundagi “O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi faoliyatini tashkil etishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorlari tasdiqlandi. Bu normativ-huquqiy hujjatlar tegishli tizimlar faoliyatini tubdan takomillashtirishga qaratilgan izchil va shiddatli yangilanishlar uchun huquqiy asos vazifasini o‘tamoqda.Milliy iqtisodiyotni innovatsion rivojlantirishda akademik ilm-fanning rolini kuchaytirish, ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatni rivojlantirish, ilg‘or ilmiy yutuqlarni amaliyotga joriy etish, joylarda ilmiy maktablarni mustahkamlash hamda tegishli hududiy va tarmoq muammolarini hal qilishda ularning faol ishtirokini ta’minlash ishlari ham mamlakatimiz rahbarining doimiy e’tiborida turibdi. Iqtidorli yoshlarni ilmiy faoliyatga jalb qilish, xalqaro miqyosda mamlakat ilm-fani nufuzini oshirish borasida ulkan natijalarga erishilmoqda.Xususan, 9 ta ilmiy-tadqiqot muassasasi Fanlar akademiyasi tarkibiga qaytarildi, qator ilmiy tashkilotlar qayta tashkil etildi, Fanlar akademiyasining fan yo‘nalishlari bo‘yicha 3 ta bo‘limi va Navoiy bo‘limi tashkil etildi, O‘zbekistonning eng yangi tarixi bo‘yicha Jamoatchilik kengashi faoliyati yo‘lga qo‘yildi. “2017-2021 yillarda respublikada ilmiy-tadqiqot muassasalari infratuzilmasini mustahkam­lash va innovatsion faoliyatni rivojlantirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi” amalga oshirilmoqda.Birgina madaniy-gumanitar sohalarni rivojlantirish bo‘yicha qilingan ishlar haqida to‘xtalganda, o‘tgan yilning o‘zida madaniyat, adabiyot va san’at, ommaviy axborot vositalari sohasiga taalluqli 12 ta muhim hujjat qabul qilinganini ta’kidlash maqsadga muvofiqdir.
Prezidentimizning yangi Farmonida fuqarolik jamiyati institutlarining faoliyati bilan bog‘liq ahvol jiddiy tanqid qilindi. Mazkur hujjatda, xususan: “amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarda, fuqarolarning siyosiy madaniyati va huquqiy ongini oshirishda, ularning ma’naviy va boshqa nomoddiy ehtiyojlarini qondirishda nodavlat notijorat tashkilotlarining faol ishtirok etishiga to‘sqinlik qilayotgan qator tizimli muammo va kamchiliklar mavjud”, deb qayd etilgan. Bunga nima deysiz?– Albatta, davlatimiz rahbarining ushbu Farmonida, birinchidan, mazkur sohaning hozirgi holatiga muxtasar va xolis baho berilgan; ikkinchidan, mavjud kamchiliklar ochiq-oshkora ko‘rsatib o‘tilgan; uchinchidan, aniqlangan muammolarni bartaraf etishga doir amaliy chora-tadbirlar belgilangan; to‘rtinchidan, shu ta’sirchan choralarni amalda tatbiq etish va kutilgan samaradorlikka erishishning aniq mexanizmlari ko‘zda tutilgan.
Eng muhimi, Farmondan Prezidentimizning bugungi kun va yaqin istiqbolda O‘zbekistondagi fuqarolik jamiyati institutlarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan muhim tashabbuslari o‘rin olgan. Shu ma’noda ushbu Farmon tom ma’noda tarixiy hujjatdir.
Farmonning tanqidiy-tahliliy ruhiga kelsak, sohada ayni paytda mavjud voqelik aslida ham shunday. Birgina misol: aytib o‘tilganidek, bu sohada qancha qonunlar, farmon va qarorlar qabul qilingan, ya’ni yetarli qonunchilik bazasi yaratilgan.
Shunga qaramay, ijtimoiy sheriklik – davlat organlari va NNT o‘rtasida fuqarolarning keng ko‘lamli ijtimoiy muammolarini hal qilishga, ayniqsa, yoshlarning tashabbuslari va zamonaviy g‘oyalarini haqiqatda ilgari surishga qaratilgan hamkorlikning samarali mexanizmiga aylana olgani yo‘q.
– Farmonda qayd etilgan tanqidiy holatlarni hayotimizda mavjud misollar bilan qiyosiy tahlil qilib, tegishli muammolarga aynan qanday amaliy yechimlar ko‘zda tutilgani haqida so‘zlab bersangiz.– Farmonda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish dasturlarini, normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish va amalga oshirishga NNTni jalb qilish darajasi pastligi haqida so‘z borgan. Bu, o‘z navbatida, barcha ijtimoiy guruhlarning turli NNT tomonidan ifodalanadigan manfaatlarini chuqur o‘rganish hamda inobatga olishga imkon bermayapti.Ma’lumki, davlatimiz rahbari tashabbusi bilan ishlab chiqilgan Harakatlar strategiyasi loyihasi, shuningdek, ushbu dasturiy hujjat doirasida 2017 va 2018 yillarda qabul qilingan Davlat dasturlari ham jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilib, so‘ngra qabul qilingan. Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad davlat ahamiyatiga molik dolzarb masalalarni kompleks ravishda tahlil qilish, keng jamoatchilik qatlamlari, ekspertlar sharhi, fikr-mulohaza va takliflarini o‘rganishdan iborat ekanini ta’kidlash lozim.Binobarin, davlat va jamiyat ahamiyatiga molik bunday hujjatlarni tayyorlashda butun O‘zbekiston xalqining qiziqishlari to‘la inobatga olinishini ta’minlash uchun aholi o‘rtasida keng muhokamalar tashkil etish, doimiy ravishda xalq bilan muloqot qilish taqozo etiladi. Bunda, shubhasiz, fuqarolik jamiyati institutlari, xususan, NNT faol bo‘lishi darkor.Buning uchun esa, afsuski, davlat bilan fuqarolik jamiyati institutlari o‘rtasida amaliy va samarali muloqot mexanizmlari yo‘lga qo‘yilmagan. Tegishli davlat organlari tomonidan mamlakatni sotsial-iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy jihatdan yanada rivojlantirish bo‘yicha innovatsion g‘oyalarni taklif qiluvchi faol, o‘zining tashabbuslariga tayanib faoliyat ko‘rsatadigan NNTni qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish choralari lozim darajada amalga oshirilmayapti.Bularning barchasi, o‘z navbatida, ushbu ijtimoiy tuzilmalar bilan amaliy muloqotni yo‘lga qo‘yish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish bo‘yicha maslahat kengashini tuzish zaruratini kun tartibiga qo‘ydi. Prezidentimiz Farmoni bilan tashkil etilgan mazkur Maslahat kengashini tuzish g‘oyasi Harakatlar strategiyasida ko‘zda tutilgan va Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2017 yil 22 dekabrda Oliy Majlisga taqdim etilgan Murojaatnomasida ilgari surilgandi.Farmonda Maslahat kengashining asosiy vazifalari belgilangan. Xususan, Maslahat kengashi fuqarolik jamiyatini va keng jamoatchilikni tashvishlantirayotgan dolzarb masalalarni izchil asosda muhokama qilib, mazkur sektorning holati va rivojlanish tendensiyasi haqida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentini muntazam ravishda xabardor qilib boradi.Shuningdek, fuqarolik jamiyati institutlari faoliyatining tashkiliy-huquqiy va iqtisodiy asoslarini takomillashtirish, ijtimoiy sheriklik va jamoatchilik nazoratini amalga oshirish, mazkur institutlarning jamiyat boshqaruvidagi ishtirokini kengaytirish uchun qulay sharoitlar yaratish masalalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga takliflar kiritadi.Shu o‘rinda qayd etish joizki, fuqarolik jamiyati institutlariga ularning xalqaro hamkorligini rivojlantirishda, ilg‘or xalqaro tajribani o‘rganishda va ushbu tajribani O‘zbekiston sharoitida joriy etishda ko‘maklashish ham mazkur Maslahat kengashining vazifasiga kiradi.Maslahat kengashi faoliyati bevosita O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan muvofiqlashtiriladi. Maslahat kengashi faoliyatini tashkiliy jihatdan ta’minlash esa Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti tomonidan amalga oshiriladi.
Yüklə 28,64 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin