Harakatli o‘yinni tugallash O‘yin davom etishi, shug‘ullanuvchilarning tarkibiga mashg‘ulotni shartiga va harakatli o‘yin harakteriga bog‘liq bo‘ladi. O‘yin o‘z vaqtida tugatish juda muhimdir. Harakatli o‘yin oldindan tugatib qo‘yish va uni cho‘zib borish ham mumkin emas.
Harakatli o‘yin davom etishi o‘yin qatnashchilari soniga (o‘ynovchilarni soni qancha kam bo‘lsa, o‘yin shuncha qisqa bo‘ladi), ularniyoshiga (kichik maktabgacha ta’lim tashkiloti yoshidagi bolalar uzoq vaqt davomida zo‘riqishi mumkin emas), harakatli o‘yin mazmuniga (katta zo‘riqishni talab qiladigan o‘yinlar, qisqa bo‘lishi kerak), harakatli o‘yin o‘tkazish joyiga rahbar tomonidan taklif qilingan me’yorda, rahbarni tajribasiga (kam tajribaga ega bo‘lgan rahbarni o‘yini uzoq davom etmaydi) va boshqa sabablarga bog‘liq bo‘ladi.
Rahbar o‘yini tamom bo‘lish vaqtini aniqlash shart. Agar o‘yinda charchashni birinchi alomatlari paydo bo‘lishi bilan, (e’tibor bermaydigan bo‘lsa, qoidani buzganda, harakatni to‘g‘ri bajarishi, maqsadaga erishishda qa’ttiyatlikni etarli darajada namoyon qilmaslik, qizikishni pasayishi ko‘pchillik o‘yin qatnashchilarida nafas olishni tez-tez bo‘lishi) harakatli o‘yinni to‘qtatish kerak. Rahbar o‘yin oldidan belgilangan vaqtda ya’ni harakatli o‘yin ma’lum vaqt o‘tishidan keyin to‘xtatishi mumkin. Bularni hisobga olgan holda, o‘yin qatnashchilarini o‘zlarini kuchlarini mos ravishda taqsimlaydilar vaqtini tomom bo‘lishiga 1-3 daqiqa qolganda o‘yin qatnashchilari ogohlantiriladi. Jamoa bo‘lib o‘ynaladigan o‘yin oldidan iloji boricha o‘yin qatnashchilariga uni necha marta qaytarishini aytish kerak.
Agar o‘yin ma’lum vaqtda tomom qilishni bilmasalar rahbar uni qachon tomom bo‘lishi to‘g‘risida ogohlantiradi masalan, “O‘yin boshi almashmaguncha, o‘ynaymiz”, “ya’ni 1-2 daqiqa o‘ynaymiz” va h.k. Harakatli o‘yin tomom bo‘lishi o‘yin qatnashchilari uchun kutilmagan holat bo‘lmasligi kerak. Chunki bular bolalar o‘rtasida salbiy kelishmovchiliklarni keltirib chiqaradi. Shuningdek harakatli o‘yin davom etishi mashg‘ulotni shakliga bog‘liq. Jismoniy tarbiya mashg‘ulotida o‘tkaziladigan, o‘yin vaqti chegaralangan bo‘ladi. Agarda u sinfdan tashqari vaqtda o‘tkaziladigan bo‘lsa, unda u uzoq davom etishi mumkin va bolalarda ko‘proq chidamlilikni tarbiyalashga yordam beradi. Bunday o‘yinlar Bolalarni yana ham yuqori kuchlanishlarga o‘rgatadi. Shunday qilib rahbar harakatli o‘yin shu vaqtda ya’ni qachonki bolalar ham charchamasdan unga yanada qiziqish ortaganda ular tetik,to‘laqonlik harakatda bo‘lgan vaqtda tomom qilish mumkin.