Harakatli o‘yinning natijalariga yakun yasash O‘yin natijalarini aniqlash katta tarbiyaviy ahamiyatga egadir.
Rahbar o‘yin tomom bo‘lgandan keyin o‘yinning natijasini aytishi shart. Buning uchun tinch sharoit yaratishi kerak, agarda kerak bo‘lsa, yordamchilardan ochkoni hisobga olib boruvchilardan ma’lumotni yig‘ib oladi va natijani baland ovozda e’lon qiladi. Hech qachon hakam bilan tortishishga yo‘l qo‘ymaslik zarur. Chunki hakamni qarori barcha uchun majburiydir.
O‘yin natijalarini aniqlashda nafaqat tezlikni biroq u yoki bu
topshiriqni sifatli bajarishini hisobga olishni, buni o‘yin
qatnashchisini oldindan ogohlantirish kerak. Rahbar o‘yin tugagandan keyin
ayrim o‘yinchilarni harakatlariga va umuman o‘tkazilgan o‘yinga baho berish
o‘yin natijalariga yakun yasashi kerak.
Harakatli o‘yinni tahlil qilish Harakatli o‘yin natijalarini e’lon qilishda harakatli o‘yinni tushinib etish, o‘yin qatnashchilari tomonidan texnik usullar va texnikasida qo‘yilgan xatosini ko‘rsatib berish zarur. Kichik maktabgacha ta’lim tashkiloti yoshidagi bolalarga harakatli o‘yin syujetini tahlil qilishda harakatli o‘yin syujetini rivojlantirishdagi ijobiy va salbiy tomonlarni, alohida rollarni yaxshi bajargan o‘yin qatnashchilarini ko‘rsatib o‘tish juda foydali bo‘ladi. Ijobiy tashabbus ko‘rsatgan va o‘yin qoidalariga rioya qilgan bolalarni aloxida o‘rnak uchun ko‘rsatib o‘tish kerak.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, ya’ni o‘yin jarayonini o‘tkazishini o‘zi juda murakkab: u nafaqat bolalarni yosh xususiyatlariga, ishlash sharoitiga, balki bolalarni jamoa bo‘lib o‘ynashga tayyorgarligiga, ularni kayfiyatiga, o‘yin rahbarini o‘zining mahoratiga ham bog‘liq bo‘ladi.
Harakatli o‘yin o‘tkazish pedagogik jarayon bo‘lib, uni har doim ham oldindan aytib bo‘lmaydi. Bolalar bilan shug‘ullanishni amaliy tajribasi shuni ko‘rsatadiki, o‘yin jarayonida o‘ynovchilarni harakatini tahlil qilishni va tuzatishni bilish, to‘g‘ri tahlil qilishni va harakatli o‘yin rahbari sifatida o‘zini xulqini baholashni bilish o‘yinga rahbarlik qilish mahoratini takomillashtirishga yordam beradi.