Yoshlar siyosati va sport vazirligi jismoniy tarbiya va sport


«Sakrash elementlari bilan estafeta» o‘yini



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə44/51
tarix21.12.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#188722
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   51
3.3 O\'quv Uslubiy Majmua

«Sakrash elementlari bilan estafeta» o‘yini (13-rasm). O‘yinchilar 3-4 ta komandaga bo‘linadilar. Har bir komandaning o‘yinchilari bir qatordan kolonna bo‘lib turadilar. O‘qituvchining ishorasi bilan birinchi turgan o‘yinchilar belgilab quygan joygacha bir oyoqlab sakrab boradi va orqaga qaytib kelib, estafeta tayoqchasini ikkinchi o‘yichiga tutqazadi. Navbatdagi o‘yinchilar oldingi o‘yinchilarning ishini takrorlaydilar va hokazo. Estafetani birinchi bo‘lib tugatgan komanda g‘olib hisoblanadi.



Harakatli o‘yin tushuntirishdan oldin, o‘yin qatnashchilarini shunday qo‘yish kerakki, chunki ular rahbarni yaxshi ko‘rishlari va uni so‘zlab berishini eshtishlari kerak. Eng yaxshisi o‘ynovchilarni dastlabki xolatga turg‘izishlari kerakki, chunki shu xolatdan ular harakatli o‘yin boshlaydilar.


Agarda o‘yini boshlash uchun o‘yin qatnashchilari doirada tursalar, rahbar harakatli o‘yin tushintirish uchun o‘ynovchilar orasida turadi. Ko‘p sonli o‘ynovchilar qatnashadigan ommaviy o‘yinlarda u 1-2 qadam tashlab doira o‘rtasida turadi. Doira markazida turish mumkin emas, chunki yarim o‘ynovchilar rahbar orqasida turib qoladilar. Agarda o‘ynovchilar ikki jamoaga bo‘lingan bo‘linib va biri ikkinchisiga katta masofada qarama-qarshi saftortib turgan bo‘lsa (“Oq terakmi, ko‘k terak”, “Nomerlarni chaqirish”, “Ikki qo‘lda to‘p uzatish”), bularga tushintirish uchun jamoalarni yaqinlashtirish kerak, so‘ngra ularni “uylar” chegarasigachan olib boriladi. Rahbar bunday xolatda, harakatli o‘yin tushintirish paytida, o‘ynovchilarni orasida maydonchani o‘rtasida yon tomondagi chegarasida turadi u gox u jamoaga, goh bu jamoaga murojat qiladi. Agar o‘yin sochilib harakat bilan bajarilsa (“Quvlashmachoq”), unda o‘ynovchilarni safga turg‘izadai, ular kam bo‘lsa yoki o‘zlari oldida guruhlarga bo‘ladi, chunki ularni barchasi rahbarni yaxshi ko‘rishlari va eshitishlari kerak.
Harakatli o‘yin tushintirish vaqtida bolalarni yuzini quyoshga qaratib yoki oynaga qaratib qo‘ymaslik kerak (ular rahbarni yomon ko‘rishlari mumkin). Rahbar eng ko‘rinarli joyda barcha o‘yin qatnashchilarini ko‘rish va ularni xulq-atvorini nazorat qilish uchun ko‘rinarli joyda yon tomonida yoki yorug‘likka yuzi bilan turishi kerak.
Harakatli o‘yin yutug‘i ma’lum me’yorda uni tushuntirishga bog‘liq bo‘ladi. Rahbar gapirib berishga kirishdan oldin, o‘zi o‘yin to‘g‘risida aniq tasavvurga ega bo‘lishi shart.
So‘zlab berish qisqa va lo‘nda bo‘lishi kerak: uzoq vaqt davomida tushuntirish harakatli o‘yin o‘zlashtirishda salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Kichik sinflarda o‘tkaziladigan o‘yinlardan tashqari, chunki ularga ertak va maroqli shaklda tushuntirish mumkin.
Ximoya qilib berish mantiqan to‘g‘ri, ketma-ket bo‘lishi shart. Harakatli o‘yin quyidagi reja asosida ifoda etish tavsiya qilinadi:
1) harakatli o‘yin nomi; 2) o‘ynovchilarning roli va ularni joylashish joyi; 3) harakatli o‘yin borishi; 4) maqsad; 5) uning qonun qoidalari. Jismoniy tarbiya instruktori harakatli o‘yin borishi xaqida gapirib shak-shubhasiz, o‘yin qoidalari xaqida gapiradi, lekin o‘rgatish oxirida ularga yana bir marta to‘xtalib o‘tadi, chunki bolalar uni yaxshilab esda saqlab qolishlari kerak.
O‘yinni o‘rgatish va bayon qilish qilish bir oxangda bo‘lmasligi kerak. Harakatli o‘yin tushuntirish bosiq ovozda bo‘lishi kerak, ayrim hollarda uni ko‘tarib yoki pasaytirib chunki u yoki bu momentdagi mazmuni bolalarni e’tiborini qaratilishi zarur.
Xikoya qilish vaqtida murakkab terminlarni ishlatish mumkin emas. Yangi tushuncha, yangi so‘zlarni tushuntirib borish kerak.
Harakatli o‘yin yaxshilab o‘rgatib olish uchun xikoya qilib berishni ko‘rsatish bilan birga qo‘shib olib borishni tavsiya qilinadi. U to‘liq (harakatli o‘yin ko‘proq murakkab momentlarini rahbar yoki bolalarni o‘zlari xuddi o‘ziday qilib qaytaradilar) yoki to‘liq bo‘lmasligi (harakatli o‘yin ayrim momentlarini imo-ishora va aloxida harakatlar bilan tushintiradi) mumkin.
Harakatli o‘yin mazmunini batafsil faqatgina shu payitda tushintirish mumkinki, qachonki Bolalar ushbu harakatli o‘yin birinchi marta o‘ynaganlarida. O‘yin takrorlaganda faqatgina asosiy mazmunini eslatadi. Harakatli o‘yin xotirada tiklash uchun eng yaxshi usul bolalarning o‘zlarini jalb qilishdir.
O‘yin boshini saylash.
O‘yin boshining vazifasini bajarish o‘ynovchilarga katta tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatadi. Shuning uchun iloji boricha, bu rolda ko‘proq bolalar bo‘lishi mumkin. O‘yin boshini har hil uslublari bilan ajratish mumkin.
Rahbarni tayinlash . Rahbar uni o‘yindagi rolini hisobga olgan holda o‘yin boshi qilib tayinlaydi. Bu uslubni afzalligi: ko‘proq munosib o‘yinboshi tezda saylanadi. Ana shunday uslubda o‘ynovchilarni tashabbusi bostiriladi. Rahbar o‘yin boshini shu paytda saylaydiki, bolalar bir-birlari bilan hali tanishmasdan turib, kam vaqt yoki belgilangan o‘yin qatnashchisini tarbiyalash maqsadida o‘yin boshi qilib saylash kerak. Rahbar o‘yin boshini saylashda o‘zi tanlashini qisqacha qilib tushuntirish kerak, chunki o‘yin qatnashchilari shubxa tug‘dirmasligini va aloxida o‘yinchilarga bo‘lgan munosabatda adolatsizlik bo‘lmasligi kerak.
Qur’a tashlash bo‘yicha o‘yinboshini tanlash uslubi ham mavjud. Qur’a tashlashni hisoblash uloqtirish va boshqa uslublar yo‘li bilan o‘tkazish mumkin. Bolalar sanash uchun doirada turadilar va birorta “Sanoq”ni boshlaydilar sanoqni har bir so‘zini aytgandan keyin ular navbati bilan o‘yinchilarni ko‘rsatadilar. Oxirgi sanoq so‘zi kimga to‘g‘ri kelsa, unda u o‘yinboshi bo‘ladi yoki doiradan chiqib ketadi. Oxirgi xolatda sanoq sh’erlari oxirgi o‘yin qatnashchisi qolguncha aytiladi va oxirgi qolgan o‘yinchi o‘yinboshi bo‘lib qoladi. “Sanoq” usuli nisbatan ko‘p vaqtni talab qiladi; shuning uchun uning odatda mashg‘ulotdan tashqari vaqtda o‘tkaziladigan o‘yinlarda foydalaniladi. Ayrim xolatlari “Sanoq” doirada ham foydalaniladi chunki kuchli qo‘zg‘alish keyin bolalarni bir muncha tinchlashtirish uchun qo‘llaniladi “Sanoq” matn bilan ongli ravishda qo‘shib aytiladi u bolalarni nutqini rivojlantiradi.
Qur’a tashlash yo‘li bo‘yicha o‘yinboshini aniqlash uchun “tayoq tortishish” mumkin. O‘yin qatnashchilari tayoqni pastdan ushlaydi, so‘ngra, ikkinchisi, uchinchisi va x.k. O‘yin boshi shu o‘yinga bo‘lishi mumkinki, kimda- kim tayoqni oxirida ushlasa yoki qopqoq qilib yopasan bo‘ladi. Bu usul 2-3 o‘yinchilar bilan o‘yna olganda qo‘llaniladi.
O‘yin boshini ajratishini eng ko‘p qulay usullaridan biri-o‘ynovchilarni tanlashidir. Bu usul pedagogik jixatdan yaxshi bo‘lib u bolalarni jamoa bo‘lib kelgan xoxishini namayon qilishga imkon beradi. Ammo kam tashkil qilingan bolalar bilan o‘ynaladigan o‘yinda bu usulni qo‘llash qiyin bo‘ladi, chunki bunda o‘yin boshi xizmatiga ko‘ra saylanmasdan, balki ko‘proq kuchli, tirishqoq bolalarni toziyqiostida saylanadi. Rahbar bolalarga o‘yin boshini tanlashda, kim yaxshi yuguradigan, sakraydigan, aniq nishonga tegizadigan bolalarni saylashni tavsiya qilish mumkin.
Eng yaxshisi o‘yinboshini saylashda yoki tayinlashda navbatga qo‘yib quyish yaxshi, chunki har bir o‘yin qatnashchisi ushbu rolni bajaradi. Bu faolik va tashkilotchilik malakalarini tarbiyalashga yordam beradi.
O‘yinboshini oldingi o‘yin natijalariga ko‘ra saylash mumkin. Oldingi o‘yinlarda ko‘proq epchil, tezkor, chaqqon bo‘lgan o‘yinchilar o‘yinboshi bo‘ladi. Bu xaqda o‘yin qatnashchilariga oldindan e’lon qilinishi kerak chunki ular o‘yinlarda zarur bulgan sifatlarni namayon qilishga harakat qilishlari kerak. Bu usulni salbiy tomoni shundaki, ya’ni o‘yinboshi rolida bo‘sh va epchil bo‘lmagan bolalar bo‘la olmaydilar.
Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan o‘yin boshini saylash usullarini qo‘yilgan vazifalarni, mashg‘ulotni shartiga, harakatli o‘yin harakteriga, o‘ynovchilarni soniga va ularni kayfiyatiga qarab almashtirib borish kerak.
Jamoalarga bo‘lish.
Jamoalarga bo‘lish har hil usullar bilan o‘tkaziladi.
Rahbarni ixtiyori bo‘yicha, shunday xolatda, qachonki kuchlari teng bo‘lgan, jamoani tuzish kerak bo‘lganda, o‘ynovchilar jamoalarga bo‘linadi. Bu usul katta sinf Bolalari bilan murakkab harakatli va sport o‘yinlarini o‘tkazishda qo‘llaniladi. Bunday usulda o‘ynovchilar jamoani tuzishda o‘ynovchilar faol ishtirok etishda qatnashmaydilar.
O‘ynovchilarni sanash yo‘li boshi jamoalarga bo‘lish mumkin: bitta safda turib, bir-ikki deb sanaydilar; birinchi raqamlilar bitta jamoani, ikkinchi raqamlilar boshqa jamoani tashkil qiladilar. Xuddi shunday usulda 3-4 jamoaga xos bo‘lish mumkin. Bu esa tez usul bo‘lib, uni xamadan ko‘ra ko‘proq tez-tez jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarida foydalanadilar.
O‘yin bo‘yicha oxirgi ikkita usul, o‘tkaziladigan mashg‘ulot uchun juda qulay, chunki ular ko‘p vaqtni talab qilmaydi va bitta mashq turidan boshqa turiga tashkiliy ravishda o‘tishga imkon beradi.
Shuningdek til biriktirish bo‘yicha jamoalarga bo‘lish usuli ham qo‘llaniladi. O‘ynovchilar juft –juft bo‘linib (taxminan kuchlar teng bo‘lgan), kapitanlarini (boshliqlarini) saylashadilar, o‘zlari kim bo‘lishlarini gaplashib olganlaridan keyin, ularga nom quyib kapitanlarini saylaydilar. Bunday usulda jamoalarga bo‘lish qariyb kuchlari hardoim teng bo‘ladi. Bu usulni bolalar juda yaxshi ko‘radilar, chunki u o‘ziga xos o‘yin hisoblanadi, lekin uni faqat shunday xolatda qullash mumkinki, unda o‘yinchi vaqtga chegaralanmagan bo‘ladi (asosan dorsdan tashqari vaqtda o‘tkaziladi).

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   51




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin