Sog‘lomlashtirish vazifalari. Xayotni saklash va sog‘liqni mustaxkamlash, jismoniy rivojlanishni yaxshilash, organizm funksiyalarini takomillashtirish, chiniqtirish yo‘li bilan uning turli kasalliklarga nisbatan ximoyalanish xususiyatlarini va chidamliligini, tashki muxitning nokulay sharoitlariga (suv va xavoning past va yuqori temperaturasi, quyosh nurining ta’siri) bulgan karshiligini oshirish. Bundan tashkari bolalarning umumiy ish qobiliyatini oshirish xam muhimdir.
Bola organizmi rivojlanishi xususiyatlarini xisobga olgan holda sog‘lomlashtirish vazifalari kuyidagilardir:
-suyaklarning to‘g‘ri va uz vaktida kotishiga, umurtka egiklarining shakllanishiga, tovon ravoklarining rivojlanishiga, bugim-boglam apparatining mustaxkamlanishiga yordam berish;
-tana kismlarining (proporsiyalar) to‘g‘ri nisbatda rivojla-nishiga, suyaklar usishi va massasini bir tartibga solishga yordam berish;
-barcha mushaklar guruhini rivojlantirish (tana, oyok, kul va elka kamari, panja, barmoklar, tovon, bo‘yin, kuz, ichki organlar, yurak-qon tomirlar, nafas olish va boshqa mushaklar);
-ko‘proq zaif rivojlangan bukuvchi mushaklar guruhining rivojlanishiga e’tibor karatish lozim.
Yurak-qon tomirlari va nafas olish tizimlari faoliyatini takomillashtirishga yordam berish, yurakka qon oqishini kuchaytirish, uning qisqarish ritmini yaxshilash va tusatdan o‘zgaradigan yuklamaga moslashish qobiliyatini rivojlantiradi. Ko‘krak qafasi harakatchanligini ustirish, chukur nafas olish, uning ritmi barkarorligiga, o‘pka sig‘imini oshirishga yordam berish, burundan nafas olishni yaxshilaydi. Ichki organlarning (faqat xazm qilish, modda ajralish va boshqalar) to‘g‘ri ishlashga yordam beradi.
Termoregulyasiya funksiyasining to‘g‘ri rivojlanishiga kumaklashish, markaziy nerv sistemasining faoliyatini takomillashtirish, kuzgalish va tormozlanish, ularning harakatchanligi jarayonlarining mukobilligiga, shuningdek harakat analizatori, sezgi organlarining takomillashuviga yordam berish.
Ta’limiy vazifalar maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni jismoniy tarbiyalash jarayonida kuyidagi ta’limiy vazifalar hal etiladi:
-harakatko‘nikmavamalakalarinishakllantirish;
-jismoniy sifatlar (chaqqonlik, tezkorlik, egiluvchanlik, muvozanat, kuz bilan chamalash, kuchlilik, chidamlilikni ustirish;
-to‘g‘ri qaddi-qomat,gigiena ko‘nikmalarini tarbiyalash;
-jismoniy tarbiya haqidagi bilimlarni uzlashtirish.
Bolalar nerv tizimining plastikligi tufayli ularda harakat ko‘nikmalari nisbatan engil shakllanadi. Ularning ko‘pchiligidan (emaklash, yurish, yugurish, changida yurish, velosipedda sayr kilish.) kundalik harakat vositasi sifatida foydalanadilar.
Harakat ko‘nikmalari tashki muxit bilan alokani osonlashtiradi va uni bilishga yordam beradi; bola emaklab uzini kiziktirgan narsalarga yakinlashadi va ular bilan tanishadi; сhangida yura oladigan; velosipedda sayr qila oladigan bolalar kor, shamol xossalarini oson idrok etadilar; suzish chogida esa bolalar suvning xossalari bilan tanishadilar.
Jismoniy mashqlarni to‘g‘ri bajarish mushaklar, paylar, buginlar, suyak tizimini rivojlantirishga samarali ta’sir qiladi.
Yosh guruhlariga oid harakat ko‘nikmalarining xajmi «Ilk qadam» tayanch dasturida berilgan. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarda saflanish, umum rivojlantiruvchi mashqlar, asosiy harakatlar, sport mashqlarini bajarish ko‘nikmalarini shakllantirish lozim.
Bundan tashkari, bolalarni sport o‘yinlariga (badminton, stol tennisi) va sport o‘yinlari elementlari (basketbol, xokkey, futbol, voleybol) ni bajarishga o‘rgatish zarur.
Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni utirgan, turgan xolatda va yurganda qaddi-qomatni to‘g‘ri tutish ko‘nikmalariga o‘rgatish muhim.
Bu yoshda shaxsiy va ijtimoiy gigienaning boshlangich ko‘nikmalari (qul yuvish, kiyim-kechak, poyabzalni yaxshi tutish, o‘yinchoqlar, xonalarni) ozoda tutish ko‘nikmalarini singdirish muhimdir.
Bu yoshdagi bolalarga mashg‘ulotlarning foydasi xaqidagi jismoniy mashqlarning ahamiyati va texnikasi, ularni o‘tkazish metodikasi xaqidagi, harakatli o‘yinlar xaqidagi jismoniy tarbiyaga oid bilimlarni berish muhimdir.
Bolalar gavda qismlarining nomini, harakat yunalishi (yuqoriga, pastga, oldin-ga, orqa-ga, ung-ga, chap-ga, tulaaylanish), jismoniy jixozlarning nomi va qaymaqsadda ishlatilishi, ularni saqlash va tutish, kiyim-kechak va poyabzalga qarash qoidasini bilishlari lozim.
Olingan bilimlar bolalarga jismoniy mashqlar bilan juda to‘g‘ri shug‘ullanish va jismoniy tarbiya vositalaridan mustaqil foydalanish imkonini beradi.
Tarbiyaviy vazifalar jismoniy tarbiya jarayonida bolalarda kun tartibiga rioya qilish, jismoniy mashqlar bilan xar kuni shug‘ullanish extiyojini xosil qilish bu mashqlar bilan maktabgacha tarbiya tashkilotlarida va oilada mustaqil shug‘ullanish malakalarini rivojlantirish, ularni uz tengdoshlari va kichik yoshdagi bolalar bilan o‘tkazish.
Jismoniy tarbiya jarayonida ahloqiy, aqliy, estetik va mexnat tarbiyasini amalga oshirishning katta imkoniyatlari mavjud.
Jismoniy mashqlarni bajarishda xarakterning ijobiy xususiyatlari (uyushganlik, intizomlilik, kamtarlik, kungilchanlik) va ahloqiy fazilat (xalollik, urtoqlik hissi, uzaroyordam, topshiriqni ma’suliyat bilan bajarish)larni tarbiyalash, irodaviy fazilatlar (botirlik, kat’iylik, uz kuchiga ishonch, chidamlilik) ni namoyon kilish uchun sharoit yaratadi.
Jismoniy tarbiya bolalarning aqliy usishiga yordam beradi, chunki nerv tizimi va boshqa organ xamda tizimlarning normal faoliyati uchun qulay sharoit yaratiladi, bu esa yaxshiroq idrok etish va eslab qolishga yordam beradi. Bolalarda barcha psixik jarayonlar (idrok, tafakkur, xotira, xayol...) shuningdek tafakkur operatsiyalari (kuzatish, takkoslash, analiz, sintez, umumlashtirish.) rivojlanadi.
Bolalarda ijobiy emotsiyalar, tetik, xushchakchak kayfiyatni tarbiyalash juda muhimdir, chunki ijobiy emotsiyalar barcha organlar va organizm tizimlarini ishiga yaxshi ta’sirkiladi.
Jismoniy tarbiya estetik tarbiyani amalga oshirish uchun qulaylik yaratadi. Jismoniy mashqlarni bajarish jarayonida estetik zavqni xis kilish va idrok etish, guzallikni, xarakatlarning ifodaliligini, qaddi- qomatning nafisligini, kiyim-bosh, sport jixozlari, tevarak-atrofning guzalligini tushunish va to‘g‘ri baholay olish qobiliyatini rivojlantirish; estetik jixatdan ma’qul xulqgaintilishni, faoliyat, so‘z va xatti-harakatda qupollikka murosasiz bulishni tarbiyalash lozim.
Jismoniy tarbiya jarayonida mexnat tarbiyasi ham amalga oshiriladi. Bolalar sog‘ligi mustaxkamlanadi, harakat ko‘nikmalari shakllanadi, mexnat kilish uchun zarur bulgan jismoniy fazilatlar rivojlanadi. Bolalar binoni, uchastkani jixozlash (sakrash uchun qum tuldirilgan uralar, qor uyumlari, sirganish uchun muz yo‘lkalar) qurish, jismoniy tarbiya jixozlarini yasash va ularni tuzatish (uloqtirish uchun kopchalar yasash, nishonlarnibuyash), sport kiyimlari, poyabzalni saqlash, ularga qarash, jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarida jismoniy jixozlarni, atributlarni, o‘yinchoqlarni joy-joyiga qo‘yish va yig‘ib olish bilan bog‘liq mehnat ko‘nikmalarini egallaydilar.
Maktabgacha yoshdagi bolalarni jismoniy tarbiyalash jarayoni sog‘lomlashtirish, ta’limiy va tarbiyaviy vazifalardan birgalikda, mujassam holda foydalanishni talab etadi.
Maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalar jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarining asosiy maqsadlari quyidagilardir sanaladi:
bolalarning salomatligini mustaxkamlash;
bolalarni jismonan baquvvatlashtirish;
bolalarning axloxiy sifatlarini tarbiyalash.
Maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarni jismonan tarbiyalashning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
- 1-vazifa. Bolalarni maqsadga to‘g‘ri yunaltirilgan harakatlarni faollashtirish uchun shart-sharoit yaratish;
- maktabgacha ta’lim muassasalarida jismoniy tarbiya xonalarini, maydonchalarini kerakli jixozlar bilan etarli qilib ta’minlash.
- 2-vazifa. Harakatning hayot uchun muhim turlarini shakllantirish: yurish, yugurish, emaklash, sakrash, o‘rmalash, otish, ilib olish, suzish, velosipedda o‘chish, oyoq, qo‘l, tana, bosh harakatlarini rivojlantirish;
- bolalarning yosh xususiyatlaridan kelib chiqqan holda jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarini bolalarga qiziqarli metodlar yordamida tashkil etishni rejalashtirish.