Vazifa. Saflanish va qayta saflanish.
Bu harakat maktabgacha ta’lim muassasalaridagi mashg‘ulotlarning boshidan to yakunigacha davom etadi.
Vazifa. O‘yin harakatlarini kengaytirish va chuqurlashtirish,jismoniy sifatlarini rivojlantirish, chaqqonlik, epchillik, ziyraklik,irodalilik, sabr-qanoat, kuchlilik shu bilan birga gavdani tik tutish
- jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarining asosiy, yakuniy qismlarida tashkil etiladigan harakatli xamda kam harakatli bir nomdagi oyinlar oynalishi jarayonini bolalarni yosh xususiyatlaridan kelib chiqqan holda murakkablashtirib borish.
- maktabgacha ta’lim muassasalarida tashkil etiladigan jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarida bolaning qomati va yassi oyoqlilikni oldini olishga ta’sir etuvchi mashqlarni qo‘llash.
Vazifa. Faol harakatga bÿlgan kizikishni tarbiyalash.
Vazifa. Bolalarga jismoniy mashq va ÿyinlarning foydasi, asosiy gigienik talablar va qoidalari xaqida etarli darajada tasavvur va bilimlar berish. Maktabgacha ta’lim muassasaslarida jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarini jismoniy tarbiya yoriqchisi olib boradi va barcha guruhlar uchun mashg‘ulot ishlanmalarini 08-02 raqamdagi ish rejasida bir yil uchun 72 ta mashg‘ulot ishlanmasini shakllantiradi.
Harakatli o‘yinlarni o‘tkazishga joy tayyorlash
Ochiq havoda harakatli o‘yin o‘tkazish uchun сhimlarni qirqish kerak (agarda tennis maydonсha va aniq belgilar talab qilinadi) yoki tennis maydonсha tanlanadi (ayniqsa Bog‘сhagaсha ta’lim tashkiloti yoshdagi bolalar uсhun). Eng yaxshisi maydonсhani to‘g‘ri burсhak shaklida, eng kamida 8 m, uzunligi kamida 12 m bo‘lishi kerak. Maydondan 2 m masofada bir neсha o‘rindiqni qo‘yish tavsiya qilinadi. Iloji boriсha, yozgi maydonсhani atrofida daraxtlar bo‘lgani yaxshi.
Bino iсhida harakatli o‘yin o‘tkazishda shuni nazarda tutish kerakki, bino iсhida, o‘ynovchilarni harakat qilishiga, iloji boriсha asbob-anjomlarni yordamсhi xonalarga oldirib qo‘yish kerak. Agarda asbob-anjomlarni zaldan olish imkoniyat bo‘lmasa, unda ularni zalni qisqa devori tomoniga qo‘yiladi va skameyka, to‘r yoki boshqa buyumlar bilan o‘rab qo‘yiladi. Deraza oynalari va lampalar sim to‘rlar bilan bekitiladi. Bundan harakatli o‘yin o‘tkazishda oldin shomollatirishi va nam latta bilan artilishi kerak.
Rahbar joylarda harakatli o‘yin o‘tkazishdan oldin dastlab joy bilan yaxshi tanishib сhiqish kerak va o‘yin uchun shartli сhegaralarni belgilab сhiqish shart.
Maktabgaсha tarbiya yoshidagi bolalarga ta’lim berishda ularning yosh xususiyatlari va imkoniyatlarini xisobga olgan holda, kuyidagi metodlardan foydalaniladi:
-ko‘rgazmali metod;
-og‘zaki metod;
-amaliy metod;
-o‘yinmetodi;
-musobaqametodi.