Harakatli o‘yinni pedogogik tasnifi Pedagogik amaliyotda harakatli o‘yinni keng qo‘llanilishi, ularni tasnifini, guruhlarni tashkil etishni kamdan-kam tashkil etadi ya’ni xar hil pedagogik vazifani hal etish uchun ma’lum belgilar bo‘yicha ularni maqsadga yo‘naltirilgan holda tanlashni, ularni shu ish jarayonida qo‘yiladi.
Bu kelib сhiqadigan vaziyatlardan orientir olishga yordam beradi va kuzatishga uchun asos bo‘lib xizmat qiladigan, umumlashtiradigan xulosalar va oldindan aytishga yordam beradi. Belgilar, ular bo‘yicha har hil va harakatli o‘yinlarga bo‘linishi mumkin.
Harakatli o‘yinlar ko‘rsatib berishiga ko‘ra, individual (yakkalik) bo‘lishi mumkin, uni hammadan ko‘ra tez-tez faol dam olishda, bo‘sh vaqtda tashkil etishda bolalarning o‘zlari xammadan ko‘ra tez-tez tashkil etadilar (uzaytirilgan guruhda, bolalar maydonchasida, tanaffusda, xovlida, bolalarni sog‘lomlashtirish oromgohlarida bo‘sh vaqtda va boshqa holatlarda).
Alohida pedagogik ahamiyati (guruhli) jamoaviy harakatli o‘yinlarga ega bo‘ladi, ularda guruh bo‘lib o‘ynaydiganlar, sinflar qatnashadilar.
Barcha jamoali harakatli o‘yinlarda musobaqalashish elementlari o‘ziga xosdir (har biri o‘ziga va o‘z jamoasiga), qaerda tirishqoqlik, qat’iyatlilik, o‘zaro yordam, o‘z-o‘zini qo‘llash maqsadga erishishga qiziqishini namoyon qiladi).
Har bir harakatli o‘yin o‘zini mazmunini, (jamoani tashkil qilish xarakteri) va metodik jihatdan o‘ziga xosdir.
Harakatli o‘yinni mazmuni quydagilarni tashkil qiladi: syujetli (obrazli yoki shartli asosiysidir), maqsadga erishishga yo‘naltirilgan o‘yinga kiruvchi harakat va qoida.
Nazorat savollari
1. Harakatli o‘yinlarning sport o‘yinlaridan farqi nimada?
2. Harakatli o‘yinlar qanday tanlanadi?
3.Harakatli o‘yinni pedogogik tasnifi ayting?
3 -amaliy mashg‘ulot:
3-mavzu: Kichik, o‘rta, katta va maxsus guruhlarda sport elementlarini o‘rgatish.
Reja: 1.Harakatli o‘yinlarni bolaning yoshiga karab tanlash.
2.Harakatli o‘yinlarning bolarning qomatini rivojlantirishdagi o‘rni.
To‘siqlardan o‘tishda yurish va yugurish (oshib o‘tish, tagidan o‘tish, sakrab oshib o‘tish), quvlab yugurish, quvlovchiga tutqich bermay yugurishda ushbu mashqlar bajariladi.
“To‘pni boshdan oshirib uzatish” o‘yini. O‘yinchilar 2-4 ta komandaga bo‘linadilar. Har bir komanda alohida-alohida bir qatordan kolonna bo‘lib turadi (komandalarning oralig‘idagi masofa 2-3 m). Kolonna o‘yinchilari orasidagi masofa esa bir qadamdan oshmaydi. Har bir komandaning birinchi bo‘lib turgan o‘yinchilari qo‘lida voleybol yoki basketbol to‘plari bo‘ladi. Hamma o‘yinchilar qo‘llarini yuqoriga ko‘tarib turadi. Instruktorning signal bergandan keyin o‘yinchilar to‘plarini boshlaridan oshirib orqalarida turgan o‘yinchilarga uzatadi. Kolonna oxirida turgan o‘yinchilar to‘pni olgach, o‘z komandalarining o‘ng tomonidan yugurib kelib, kolonna oldida birinchi bo‘lib turib oladi va to‘pni boshlaridan oshirib uzatadi O‘yinni boshlagan o‘yinchi kolonna oxiriga etkandan so‘ng to‘pni oladi va o‘ng tomondan yugurib kelib yana birinchi bo‘lib turadi va to‘pni yuqoriga ko‘taradi. To‘p uzatishni tez bajargan komanda g‘olib hisoblanadi.
Bolalarning yoshiga qarab sport o‘yinlari elementlari ishtirok etgan harakatli o‘yinlarni tanlash va o‘rgatishda jismoniy sifatlarni rivojlantirish maqsadga yo‘naltirish kerak.
Bolalarni ertalabki badan tarbiya vaqtida 4-5 daqiqa davomida o‘yin harakatidagi mashqlarni bajarishga odatlantirish maqsadga muvofiqdir. Tarbiyachiga taqlid qilib, birgalikda harakat qilish ko‘nikmasini o‘stirish, harakatli o‘yinlarda ishtiriok etishga ishtiyoqni hamda o‘yin topshiriqlarni bajarishga o‘rgatish nazarda tutiladi.
Raqs mashqlari. Musiqaga qarab yurish va yugurish, davra bo‘ylab, juft- juft bo‘lib harakat qilish musiqa ohangiga moslab bir oyoqni to‘pillatish va chapak chalish, qo‘l, badanlarni aylantirish, tizzalarni yarim bukib, o‘tirib turish, laparlarda qo‘shiq matnlariga qarab harakat qilish, o‘zbek xalq raqs harakatlaridan tuzilgan kichik raqslarda qatnashish.
O‘rta guruh bolalarini jismoniy harakatlarning xilma-xil turlari bilan tanishtirish, ularni faol bo‘lishga undash hamda turli o‘yin va mashqlarga qiziqish uyg‘otish nazarda tutiladi.
Mashg‘ulot vaqtida bolalarni qo‘l va oyoq harakatlarini mashqqa muvofiq ravishda oyoqni sudramay, boshni egmay, engil yurishga odatlantirish, narvonga tirmashib chiqish, to‘pni panjalari yordamida ushlab olish, shuningdek, turli usullar orqali to‘p uloqtirayotganda boshlang‘ich holatni to‘g‘ri egallash, velosiped uchish malakasini o‘rga- tish turli tartibda yura olish, fazoda chamalashni o‘rganish hamda dor o‘yinlariga, muvozanat saqlashga o‘rgatib borish.
Ertalabki badan tarbiya vaqtida yurish, yugurish, sakrash qo‘l, oyoq, gavda mashqlarini faol egallashga gavda holatini tikka tutishga erishish, jismoniy sifatlarni rivojlantirib borish. O‘yinlarni mustaqil tashkil etishlarga imkoniyat yaratish. Bolalarni velosiped, chana uchishga, to‘p, halqa va boshqa narsalar yordamida bajariladigan harakat malakalarini takomillashtirish. Bolalarni jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarida birgalikda dam olish daqiqalaridagi o‘yin va ko‘ngil ocharlarga qo‘shilishlarga odatlantirish.
Jismoniy tarbiya bo‘yicha o‘tkaziladigan bayramlarda bolalarni bayram kayfiyatlarini uyg‘otishga erishish.