Harakatli va sport o‘yinlari Har qanday sport o‘yini xalq harakatini o‘yinlaridan kelib chiqqan vauning eng yuqori shakli hisoblanadi.Buni biz basketbol, voleybol,gimnastika,suv polosi va boshqa o‘yinlar misolida kuzatishimiz mumkin.
Sport o‘yinlaridan farqi shundaki, harakatli o‘yinlar nisbatan murakkab bo‘lmagan o‘yin faqatgina to‘plamiga ega bo‘lib, eng muhim o‘ziga xos xususiyatlaridan biri o‘ynovchilarning faol harakati hisoblanadi va eng oddiy odatdagi harakatlarga asoslangan bo‘ladi, sakrash, uloqtirish, to‘siqlarni oshib o‘tish yoki murakkab bo‘lmagan vazifalarni bajarishdir.
Harakatli o‘yinlar nisbatan oddiy mazmuni va yuqori jismoniy va ruhiy (psixologik) zo‘riqish bilan bog‘liq bo‘lmagan tabiiy harakterlardan foydalanadi.Ularni tez-tez sport o‘yinlari bilan taqqoslash bo‘yicha “hamma biladigan”(elementar) deb aytiladi,unda asosan jamoalar qatnashadi.
Shunday qilib, sport o‘yini paydo bo‘lishi,ularni turli-turman o‘sish harakatli o‘yini rivojlanish jarayoni bilan bog‘liq bo‘lib,ularning ayrimlari o‘zini taqlidga oid harakterini yo‘qotishda,ular borgan sari ko‘proq musobaqalashish harakteriga ega bo‘ldi.Ularni ayni qismi va sport o‘yinini shakllanishi asosida yotadi, bu esa sportni jadal rivojlantirishga yordam berdi.
Sport o‘yinlari-harakterli o‘yinni eng yuqori bosqichi hisoblanadi.Ularda o‘yin qoidasi belgilangan bo‘lib,ular maxsus maydonni va jixozlarni talab qiladi. Sport o‘yiniuchun harakterli tomoni shundaki,o‘yin jarayonida ma’lum yurish-turish taktikasi va harakatining murakkab texnikasi hisoblanadi.
Bu esa o‘yin qatnashchilaridan maxsus tayyorgarlik,trenirovkani talab qiladi.Har bir sport o‘yinida ma’lum bir maydonni jihozlarni o‘yinchilarni aniq soni hisobga olinadi.Ko‘pchilik sport o‘yinida alohida o‘yinchilarini ixtisoslashtirishi zarur (hujumchilar,himoyachilar,darvozabonlar va bosh.).
Sport o‘yinlar uyoki bu o‘yinga qattiq o‘rnatilgan qoidaga mos ravishda hakamlik qilishni talab qiladi,ular shuningdek, sport turi bo‘lib hisoblanadi. Shuning uchun qachonki musobaqa (masalan o‘smirlar uchun) soddalashtirilgan qoida bo‘yicha o‘tkazilganda ham o‘shanda tayyorgarlik ko‘rgan o‘yinchilarga mumkin bo‘ladi.
Sport o‘yini oldida harakatli o‘yinning ma’lum ustunligi tushunadihamma bilishdadir,chunki ular mahsus tayyorgarlik va qoidaga qat’iy moment belgilanganlik haddan tashqari texnika va mexanika bilan bog‘liq bo‘lmasligi zarur.
U bolalar va o‘smirlarni jismoniy tarbiyalarida ommaviyxalq vositasi bo‘lib hisoblanadi, shuning uchun harakatli o‘yinlar tez-tez yoshlar va kattalar o‘rtasida qo‘llaniladi, ularni to‘g‘ridan-to‘g‘ri maktabgacha tarbiya va maktab yoshidagilar vazifasi, maqsadi oxirigacha olib borilgan.
O‘rta va keksaygan chog‘idagi kishilar salomatlik guruxida, umumiy ijtimoiy tayyorgarlik guruxida, ulardan birini o‘ynash qiyin bo‘lganlarga qaraganda, qiziqish bilan o‘ynashga xarakat qiladilar.O‘yin ularni jismoniy va ma’naviy kuch tiklanish uchun sevimli extiyojlari bo‘lib hisoblanadi.
Harakatli o‘yinlar indivudual bo‘lishi mumkin (huddi,yakka-yakka) buni bolalarni o‘zlari ko‘proq tashkil qiladilar (to‘p, arg‘amchi,chambarakni dumalatish va boshqa o‘yinlar).Biroq o‘yinda rag‘batlantirish birdan-bir yo‘li aloqada bo‘lishga bo‘lgan extiyojga xizmat qiladi va bu o‘yin qatnashchilari guruhni birlashtirishga rag‘batlantiradi.
Bu jamoaviy (guruxli) vaayniqsa qoidaga oid harakatli o‘yinlar alohida pedagogik ahamiyatga egadir.Ayni shu erda o‘yinlar o‘rnatilgan maqsadga erishish yoki muvaffaqiyatga bo‘lgan qiziqish o‘zaro bir-birini qo‘llab quvvatlashi, mo‘ljal olishni namoyon qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Bu esa o‘yin qatnashchilari, o‘zini va o‘rtoqlari bilan taqqoslab, guruhda o‘zini shaxsiy statusini yoki xuquqiy holatini,o‘zini o‘rtoqlarini imkoniyatlarini to‘g‘ri aniqlab olishi mumkin.Alohida harakatli o‘yinlar va ularni kompleksi bo‘yicha musobaqa o‘tkaziladi, unda har xil yoshdagi bolalar, yoshlar va kattalar qatnashishi mumkin.
Har bir harakatli o‘yinlar o‘zini mazmuni,shakli (tuzilishi)ga ega va shu uslub xususiyatiga bog‘liq bo‘ladi.Oddiy ya’ni harakatli o‘yinni o‘rganish alohida qimmatga ega bo‘ladi, modelni ular o‘yin uslubi deb ataladigan shunday o‘zida tartibiy qisimni tashkil etadi yoki tasavvur qiladi.
Harakatli o‘yinlarni tanlab olishda, eng avvalo instruktor kitob va qo‘llanmalarda berilgan o‘yinlarning jismoniy va psixologik ta’siri jihatlarini bilishi kerak. Yana shuni unutmaslik kerakki, o‘yin vazifasi qo‘yilganda faqat harakatlarga mos bo‘lishi shart emas, balki harakatli o‘yinlar yordamida bolalar ruhiyatida bir-biriga yordamlashish, qo‘llab-quvvatlash xislatlarini tarbiyalash lozim. Buning uchun Qala ximoyasi, Pir etdi, Ikki yaxob, Mushuk keldi ,Topni ol va boshqa sport elementlari bor o‘yinlardan foydalansa bo‘ladi.
Bolalarda o‘yin o‘tkazish uchun iloji boricha quyidagi asbob-anjomlar bo‘lgani yaxshi: 20 ta har hil rangdagi uncha katta bo‘lmagan bayroqchalar, 40 ta kichik koptok, 4 ta katta koptok (voleybol) 4-8 chambarak, 40 ta qisqa argamchilar, 2 uzun arg‘amchi, 6-8 qum solingan qopchiq, 6-8 ta qog‘ozli qalpoq (silindr shaklida) va 6-8 ko‘z boylog‘ichlar kerak bo‘ladi.
Kichik maktabgacha ta’lim tashkiloti yoshidagi Bolalarga harakatli o‘yin qisqa lo‘nda qilib tushuntirish kerak, chunki rahbar tomonidan barcha bayon qilingan harakatlarni tezda xuddi o‘ziday qilib qaytarishga harakat qiladilar. Bolalar tushuntirishni oxirigachan eshitmasdan ular tez-tez o‘yindagi u yoki bu rolni bajarishga xoxish bildiradilar.
O‘yin xaqida ertak shaklida gapirib berishi bolalar katta qiziqish bilan qabul qiladilar va o‘yinda rolni ijodiy bajarishga, tasavvur etishni tarbiyalashda yordam beradi. Bolalar jismoniy Yuklamani olgandan keyin ularga dam olish kerak bo‘lganda yoki diqqat-e’tiborsizlikda, o‘yini yaxshi o‘zlashtirish uchun quyidagi usullardan foydalanish tavsiya qilinadi.
Bog‘cha bolalari juda faol qatnashadilar. O‘zlarini imkoniyatlarini hisobgaolmasdan, ularni barchasi o‘yinboshi bo‘lishni xoxlaydilar. Shuning uchun bu sinflarda shartli songa chansanashyo‘libilansaylash yoki ularni qobiliyatlarini mos keltirishga qarab o‘yinboshini saylash mumkin. O‘ynovchilar birorta sonni 30 gacha aytadilar va boshliq, sanab uni oldida turgan bolalarni ko‘rsatadi; ko‘rsatilgan son kimga to‘g‘ri kelsa, o‘sha o‘yinboshi bo‘ladi.
Oldingi o‘yinlarda g‘olib chiqqan, o‘yinchini o‘yinboshi qilib saylanadi, chunki u boshqalardan ko‘ra vazifani yaxshi bajarilganligi chiroyli xolatda turganligi va tutilmasdan qolganligi sababali o‘yni shu yo‘l bilan rag‘bartlantiriladi va x.h. O‘yinboshini saylash bolalarda o‘zlarining va o‘rtoqlarini kuchlarini to‘g‘ri baxolash qobiliyatini rivojlantirishga yordam beradi.
O‘yin boshini iloji boricha tez-tez almashtirib turish maqsadga muvofiq bo‘ladi, chunki bolalarni faolikka bo‘lgan extiyojini qondirish, ularda topshirilgan vazifaga javobgarlikni xis qilishni va elementar notiqlik malakasini rivojlantirishni tarbiyalaydi.
Tormozlash funksiyasini tarbiyalash uchun o‘yinda beriladigan signallar katta ahamiyatga egadir. Bolalarga asosan og‘zaki signal berish tavsiya qilinadi, ya’ni bu yoshda, yana juda ham takomillashmagan ikkinchi signal sistemalarini rivojlantirishga yordam beradi. Bolalar oxang bilan aytiladigan so‘zlarni o‘yinda harakat qilish uchun signal sifatida yaxshi ko‘radilar. Xor bo‘lib qofiyaga solib aytiladigan so‘z nutqini rivojlantiradi va shu bilan birga, ularni oxirgi so‘zdagi oxangni harakatga tayyorlash imkoniyatini beradi. 7-9 yoshli o‘kuvchilar o‘yinda bunday signallar berishda qisqa signal xushtak chalish bir muncha samarali bo‘ladi. Xushtak bilan tez signal berish bolalarda ayrim xolda tormozlanishni keltirib chiqaradi va o‘yin davomida mos keladigan harakatlar reakciyasi pasayadi. Xushtak, qisqa buyruq, qo‘lni siltash bilan beriladigan signallar bolalarda reakciya tezligini rivojlanishi bilan sekin-asta foydalanish boshlanadi.
Bolalar ko‘proq harakatchanlikni va chaqqonligini ko‘tara olmasligini hisobga olib bolalarni o‘yinda yo‘l quygan xatolari uchun chiqarishni tavsiya qilinmaydi. Agarda o‘yini mazmuniga ko‘ra yutqizgan o‘yinchilarni chiqishini talab qilinsa, unda o‘yindan chiqarilganlar uchun aloxida joy ajratish kerak va ulrani uzoq muddatga o‘yindan chiqarish man etiladi.
O‘yinda yurish – turish qoidalari buzilganda va o‘yin qoidalariga rioya qilmasalar unda rahbar chidab bo‘ladigan munosabat bo‘lishi kerak, shuni esda saqlash kerakki, ya’ni qoidalarni buzilishi asosan tajribasizligi, o‘yinda jamoa bulib o‘ynashni bilmasligi, bolalarni umumiy jismoniy tayyorgarligi etarli darajada bo‘lmasligidan kelib chiqadi.
Jismoniy yuklamani qa’tiy ravishda tartibga solish va chegaralash zarurdir. Harakatli o‘yin umumiy davom etishi uzoq davom etmasligi shart. Yugurish, sakrash bilan o‘ynaladigan o‘yinlarda qisqa-qisqa tanaffus bilan o‘tkazilishi kerak. O‘yinda to‘siq qo‘yish qo‘lidan kelishi shart. O‘yin natijasini aytishni orqaga surmaslik kerak.