Yoshlar siyosati va sport vazirligi jismoniy tarbiya va sport



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə39/51
tarix21.12.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#188722
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   51
3.3 O\'quv Uslubiy Majmua

Asosiy harakat mashqlari. Yurish: oyok uchida, tizzalarni baland ko‘tarib yurishga, tovonda, turli buyumlar oralab, yon tomonga yurish, harakat tempi va yo‘nalishini o‘zgartirib, safda yurish.
Yurish: oyoq uchida, tizzalarni baland ko‘tarib, katta qadamlar bilan yurish, safda juft bo‘lib, turli yo‘nalishda, doira bo‘lib, qo‘lni ushlab. Chizimchani ushlab, ilon izi bo‘lib yurish (yurish 1-1,5 daqiqa davom etadi) hamda yugurishni yurish bilan almashtirish maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Sakrash: Turli joyda ikki oyoqlab, aylanib sakrash, qo‘llarni yuqoriga ko‘tarib sakrash. Sakrash mashqini 15-20 marta bajarish lozim. Oldinga qarab yurish vaqtida sakrash. Bir oyoqlab turgan joyda o‘ng yoki chap oyoqda va yurgan holda sakrash, to‘siqdan sakrab o‘tish 70 sm uzunlikka va 20-30 sm balandlikdan sakrab o‘tish, arqon bilan sak­rashga urinish, dumalatish, uloqtirish, ilib olish, aylana orasidan to‘pni dumalatish, koptokni yuqoriga otib va so‘ngra urib ilib olish, to‘pni pastdan yuqoriga, yuqoridan pastga, boshdan oshirib otishga o‘rgatish (chap yoki o‘ng qo‘l bilan).
Emaklash va tirmashish. Kamida 10 m masofani emaklab o‘tish turli balandlikdagi buyumlar ostidan emaklab o‘tish. Gimnastika kursida qo‘llarga tayangan holda, qorin bilan sudralish. To‘rt oyoqlab yurish, ginastika devoriga o‘ngdan chapga o‘tib tirmashib chiqish, 20-30 sm balandlikda tortilgan arqon tagidan halqa orasidan emaklab o‘tish.
Muvozanat saqlash. Bunda chiziq bo‘ylab muvozanat saqlab yurish, biror narsani kaftga, bosh ustiga qo‘ygan holda yurish, gimnastika skameykasida bir-biri bilan almashib o‘tish, qavarik taxta ustida oyoq uchida yurish, yugurib kelgandan so‘ng skameykada muvozanat saqlab turish, bir oyoqni bukib, ikkinchisida turish hamda ikkala tomonga aylanish, qo‘llar belda yon tomonlarda ko‘zni yumib yurish kabilar nazarda tutiladi.
Umumrivojantiruvchi mashqlar. Qo‘l va elka uchun mashqlar: qo‘llarni oldinga, yon tomonlarga, yuqoriga ko‘tarish va har safar navbat bilan pastga tushirish. Qo‘llarni yonga oldinga uzatgan holda kaftlarni ochib yopish va aylantirish. Qo‘lni birin-ketin navbat bilan olinga va yuqoriga ko‘tarish, tushirish, orqaga silkash. Qo‘lni tirsakdan bukib, aylanma harakat qilish.
Oyoq uchun mashqpar. Oyoq uchida tik turish, navbat bilan avval tovonda, so‘ng oyoq uchhida turish, ketma-ket bir necha marta yarim o‘tirib turish, oyoq kaftlarini bukish va yozish, oyoq panjalari bilan arqonni yig‘ish, tovon bilan buyumlarni ushlab bir joydan ikkinchi joyga ko‘chirish.
Gavda uchun mashqlar. Qo‘llar belda, ularni yon tomonga uzatib, goh o‘ng tomonga, goh chap tomonga burish, oyoqlarni juftlab oldinga egilish, qo‘l barmoqlarini oyoq uchiga tekkizish, biron narsani polga qo‘yish va olish, bir oyoqni ko‘tarib, uning ostidan biror buyumni o‘ng qo‘ldan chap qo‘lga utkazish yoki aksincha, qo‘llarga tayangan holda ikkala oyoqni ko‘tarishga urinish, buklash, to‘g‘irlashga harakat qilish, tizzalarga tayanib turib belni bukish va to‘g‘rilash, qo‘llarni navbat bilan ko‘tarish, chalqancha yotgan holda qo‘l bilan turli harakatlarni bajarish, aylanib qorinda yotish, qo‘lni uzatib biror bir buyumni ushlab turish, qorin bilan yotgan holda oldinga uzatilgan qo‘lni, elka va boshni ko‘tarish kabilar nazarda tutiladi.
Jismoniy tarbiya dasturida har bir guruh uchun kundalik harakat tartibi ko‘rsatilgan. Bolalar jismoniy tarbiyaning asosiy mazmunini muntazam ravishda bajarishlari uchun turli usuldagi mashqlar mavjud. Bular asosiy harakatlar (yurish, yugurish, sakrash, irg‘itish, ilib olish, emaklash, sirpanish); oyoq va tana uchun umumrivojlantiruvchi mashqlar (turli buyumlar yordamida va ularsiz) raqs mashqlari, saflanish va qayta saflanish, harakatli o‘yinlar, turli sport o‘yinlarining muhim xususiyatlarini egallash, sport mashqlaridan tashkil topadi. Bolalarni halqimizning eng buyuk an’analari ruhida tarbiyalash nihoyatda muhimdir. O‘zbek halqi boshqa halqlar kabi o‘zining qadimiy an’anaviy o‘yinlariga ega. Ular asrlar mobaynida shakllanib va sayqal topib bugungi kungacha etib keldi. Dasturga zamonaviy harakatli o‘yinlar qatoriga ana shunday o‘zbek halq milliy o‘yinlari ham kiritildi. Shu bilan birga dasturda harakat sifatlarini rivojlantiruvchi, qomatni to‘g‘ri shakllantiruvchi va yassi oyoqlilik kasalining oldini oluvchi maxsus mashqlar ham tavsiya etiladi. Jismoniy tarbiya bo‘yicha bajariladigan ishni to‘g‘ri rejalashtirish va o‘tkazish uni samarali hal etishda nihoyatda muhimdir. Kun davomida turli hil dagi mashg‘ulotlarni jismoniy mashq va harakatli o‘yinlar bilan qo‘shib olib borilishi, bolaning to‘g‘ri harakatini ta’minlashga yordam beradi. Mashg‘ulotlarga tavsiya etilayotgan dastur materiali o‘tkaziladigan jismoniy sog‘lomlashtirish tadbirlari mustaqil mashqlar va o‘yinlar uchun asos bo‘ladi. Ta’lim vazifasining asosi, jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarida, tarbiyaviy va sog‘lomlashtirish vazifalari jismoniy sifatlarni o‘stirish, bolalar organizmining ish qobiliyatini takomillashtirish, uning ishga layoqatliligini oshirish orqali amalga oshiriladi.
Maktabgacha tarbiya tashkilotlarida jismoniy tarbiyaning kuyidagi vazifalari mavjuddir.
-sog‘lomlashtirish vazifalari;
-ta’limiy vazifalar;
-tarbiyaviy vazifalar.

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   51




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin