International Conference on Developments in Education Hosted from Delhi, India https: econferencezone.org 23 rd Dec. 2022 45 |
P a g e
Shuningdek, asarda inson hayotida bilimning o‘rni beqiyosligi, aqlan etuklilik har qanday
moddiy boylikdan ustunligi ta’kidlanadi: «Agar mol mulking kamayib qolsa, aql bilan boyib
ketishga harakat qil, zero aqliy kamolot, mol-mulk boyligidan yaxshiroqdir. Chunki aql bilan
boylikka erishish mumkin, boylik bilan esa aql qozonish mumkin emas, savodsiz johil,
qashshoq bo‘lib qolaveradi, aqlni esa o‘g‘ri ololmaydi, suv olib ketmaydi, olov yutmaydi».
Mahmud Qoshg‘ariyning «Devonu lug‘atit turk» asarida ilm olishning qadri, bilim eng bebaho
boylik bo‘lib, uning negizida insonning ma’naviy-ma’rifiy dunyoqarashi, odobaxloqi, go‘zal
insoniy fazilatlari shakllanishi, bilim va kasb-hunar insonning butun xatti-harakatlarini
belgilashi ta’kidlab o‘tilgan.
Shuningdek, alloma mol-dunyoga intilish va hirs qo‘yishni xuddi tog‘dan kelayotgan selga
o‘xshatadi. Mol-mulk hirsiga berilib ketgan kishi shu sel ostida qolgan toshdek chilparchin
bo‘ladi, deydi.
Abdurahmon Jomiy asarda bilimning inson hayotidagi ahamiyati hamda ijtimoiy jamiyat
taraqqiyotini belgilashdagi o‘rni va rolini ochib berish bilan birga har bir kishi tomonidan
ma’lum hunar sirlarini o‘zlashtirish foydadan holi bo‘lmasligini uqtiradi. Ayni o‘rinda
insonning qadr-qimmati uning molu mulki bilan emas, aksincha, u tomonidan egallangan
hunarning kishilar maishiy hayoti farovonligini ta’minlashdagi ahamiyati bilan belgilanishiga
urg‘u berib o‘tadi.
Yusuf Xos Xojib «Qutadg‘u bilig»da inson qadri bilimdonligida ekanligi haqida hikmat
borligini quyidagicha ta’riflaydi: «Odamzod naslining ulug‘ligi - bilimdon. U aql idrok tufayli
ne-ne tugunlarni echishga qodir. O‘quv-idrok va bilim egasi bo‘lgan har qanday odam
sharaflidir. Bilimni buyuk bil, o‘quvni ulug‘, shu ikkov ulug‘lar kishini tulug‘» deya uqtirib,
har bir kishi tug‘ilgan kundan boshlab zarur ta’lim-tarbiyani olmog‘i lozimligini uqtiradi.
«Farzandlar tarbiyasi nihoyatda erta boshlanmog‘i shart. Shundagina ularning noo‘rin xatti-
harakatlariga berilishining oldi olinadi», deydi alloma.
Yusuf Xos Hojibning «Qutadg‘u bilig» asari Qutadg‘u bilig – baxt va saodatga eltuvchi bilim,
ta’lim degan ma’noni bildiradi. Demak, asar nomidan ham uning pandnasihatlar, ta’lim-
tarbiyaga oid, har tomonlama komil insonni tarbiyalaydigan etuk didaktik asar ekanligi yaqqol
ko‘rinib turibdi.
Abu Homid G‘azzoliy o‘zining “Ihyou ulumid-din” kitobida to‘rtta katta mavzuni jamlagan:
a) ibodatlar haqidagi qism, b) urf-odatlar haqidagi qism, v) halok qiluvchi va g) najot beruvchi
narsalar haqidagi qismlar. Har bir qism o‘ntadan, jami qirqta kitobni o‘z ichiga olgan.
Ta’kidlash joiz, Abu Homid G‘azzoliy biror mavzuni yoritar ekan, islomiy odob va an’anaga
ko‘ra, dastlab unga tegishli oyatlarni keltiradi, so‘ngra Payg‘ambarimizning hadislariga
murojaat etadi, keyin esa sahobalar va boshqa ulug‘larning so‘zlaridan, siyratlaridan dalillar
keltiradi, shundan so‘ng fikr-mulohazalarini bayon etadi, lozim o‘rinlarda so‘zlarini hujjat
bilan quvvatlaydi. Biz Abu Homid G‘azzoliyning “Ihyou ulumid-din” asarining