Yoshlarda axloqiy sifatlarni shakllantirishning pedagogik imkoniyatlari



Yüklə 319,79 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/7
tarix20.06.2023
ölçüsü319,79 Kb.
#133290
  1   2   3   4   5   6   7


International Conference on Developments in Education 
Hosted from Delhi, India 
httpseconferencezone.org 23
rd 
Dec. 2022 
42 | 
P a g e
SHARQ MUTAFAKKIRLARI ASARLARI VOSITASIDA O‘QUVCHI - 
YOSHLARDA AXLOQIY SIFATLARNI SHAKLLANTIRISHNING PEDAGOGIK 
IMKONIYATLARI 
Axmedova Feruzabonu Alisher qizi 
Andijon Davlat Pedagogika Instituti Magistranti 
 
Annotatsiya 
Sharq mutafakkirlarining pedagogik qarashlari - jahon pedagogikasi rivojiga qo‘shilgan ulkan 
xissasidir. Ushbu maqolada ularning boy merosi o‘qituvchining ma’naviy-axloqiy qiyofasi va 
kasbiy etukligini takomillashtirishda muhim asos bo‘lib xizmat qilishi, o`quvchi-yoshlarni 
tarbiyalashda nimalarga ahamiyat berish kerakligi haqida so`z yuritilgan. 
 
Kalit so`zlar: o`qituvchi, o`quvchi, pedagogik jarayon, ilm egallash, ma`naviyat, milliylik, 
ta`lim-tarbiya, asar, fazilar, ahloqiy sifat, mutafakkir, muhit, hadis, hadisshunos, munosabat, 
oila. 
Yoshlar tarbiyasida mutafakkirlarning qarashlari, olimlarning fikrlarini o‘rganar ekanmiz, 
beixtiyor millatimizga xos bo‘lgan axloqiy, tarbiyaviy fazilatlar ko‘z o‘ngimizda gavdalanadi. 
Shuningdek, ilk tarbiya, samimiy munosabat, go‘zal muomala oiladan ota-onalarimizning 
namunasi timsolida shakllanadi.
Sharqning buyuk mutafakkirlari Al Xorazmiy, Abu Nasr Forobiy, Ibn Sino, Abu Rayhon 
Beruniy, Maxmud Qoshg‘ariy, Yusuf Xos Hojib, Ahmad Yugnakiy, Amir Temur, Ulug‘bek, 
Alisher Navoiy, Abdurahmon Jomiy, Zahiriddin Muhammad Bobur, Haydar Xorazmiy, Xofiz 
Xorazmiy kabi buyuk siymolar millatimizning iftixorlari ekanligini bilishimiz zarur.
Al-Xorazmiyning asarlarda insonni ulug‘lash, adolat, vatanparvarlik, mehnatsevarlik, 
xalqparvarlik, mardlik, saxiylik, kamtarlik, rostgo‘ylik, do‘stlik, olijanoblik, muruvvatlilik, 
odob-axloq, ilm-ma’rifat g‘oyalari ilgari surilgan. 
Mutafakkir insonning insonga bo‘lgan samimiy muhabbatini ta’riflab quyidagicha yozadi: 
»Muhabbat har qanday qimmat narsaning bahosidir va u har qanday yuqori narsaning 
shotisidir. Muhabbat xor-xashaklarga bardosh berilmasa va uning loyqa suvlarini ichmasa, 
unda yaxshilik bo‘lmaydi. Muhabbat qanday yaxshi shafedir va uning egasiga qalb qanday 
yaxshi yordamchidir». Mutafakkir yoshlarni navqironlik davrining har daqiqasini qadriga 
etishga, halol mehnat qilib, farovonlik, baxt-saodatga erishishga chaqiradi.
Abu Nasr Forobiy (873-950) ilmning turli sohalariga oid katta ilmiy meros qoldirdi. 
M.Xayrullayev o‘zining “Forobiy va uning falsafiy asarlari” monografiyasida Forobiyning 
119 ta asari ro‘yxatini keltiradi. O‘z davrining zukko, ilmli mutafakkiri Forobiy 70 dan ortiq 
tilni mukammal bilgan va ko‘pgina tillardagi eng muhim asarlarni asliyatda mutolaa qilgan. 



Yüklə 319,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin