International Conference on Developments in Education Hosted from Delhi, India https: econferencezone.org 23 rd Dec. 2022 43 |
P a g e
Agar Aristotel Sharqda “Muallimi avval” degan unvon olgan bo‘lsa, Forobiy Aristotel
asarlarini targ‘ib qilgani va uning qarashlarini yanada rivojlantirgani, Aristotel kabi universal
ilmga ega bo‘lgani uchun “Muallimi soniy” (“Ikkinchi muallim”) degan nom olgan. Forobiy
ijtimoiy-siyosiy masalalarga bag‘ishlangan “Fozil shahar aholilarining fikrlari”, “Baxt-
saodatga erishuv haqida risola”, “Baxt-saodatga erishuv yo‘llari” kabi asarlarni yozgan.
Forobiy fazilatli shaharda ilm, falsafa, axloq, ma’rifatning ahamiyati birinchi o‘rinda
bo‘lmog‘i kerak, shundagina jamiyat yetuklikka erishadi, deya ta’kidlaydi. Uning fikricha,
insonning va jamiyatning g‘alabaga erishuvi, yaxshilikni qo‘lga kiritish, axloqiy va aqliy
mukammallikka erishuvi inson va jamoaning o‘z qo‘lidadir, shuningdek, bilim-ma’rifat,
albatta, yaxshi axloq bilan bezanmog‘i lozim, – degan so‘zlari zamirida oilada, ta’lim
muassasalarida farzandlarga nafaqat bilim, balki tarbiya ham zarurligi ilgari surilgan. Zero,
dono xalqimiz “Bola – odobi bilan go‘zal”, deb bejiz aytmagan.
Abu Nasr Forobiyning: “Inson o‘z baxtiga erishishda go‘zallikni ko‘rishi va his qilishining
o‘zi etarli emas, buning uchun go‘zallikni yarata olishi muhimdir”, – degan fikrlarida olam-
olam ma’no bor. Mutafakkirning bu fikrida bugungi ota-onalarimiz o‘zlari namuna bo‘lgan
holda oilalarida, ishlarida, ro‘zg‘orlarida, uy tutishlarida, o‘zaro munosabatlarida, yurish-
turishlarida, kiyinishlarida, salomatliklarida, farzand tarbiyasida, ular bilan bo‘ladigan
muomalada go‘zallikni yarata olishlari zarur, degan g‘oya o‘z aksini topgan. Ajdodlarimiz
ham o‘zlari namuna bo‘lgan holda o‘z farzandlariga pandu nasihatlar qilganlar. Jumladan, Abu
Nasr Forobiy: “Har inson kasb-korini mukammal bilmog‘i, yaxshi tarbiya olmog‘i, yaxshi
xulq-atvorga, fazilatlarga ega bo‘lmog‘i kerak”, – degan ekan. Arab hikmatlarining birida:
“Uch narsa kishi aqlini peshlaydi: biri olimlar va keksalar bilan suhbat, ikkinchisi hayotiy
tajriba, uchinchisi chidam va sabot bilan intilish. Inson ikki narsaning qadrini faqat
yo‘qotgandagina biladi: biri yoshlik, biri sog‘liq”, – deb ta’kidlangani bejiz emas.
Abu Abdulla Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriy (774- 1140) 10 yoshidan hadislarni chuqur
o‘rganib, 16 yoshida Haj safarini o‘tagan va Makkada 4 yil yashagan. Keyinchalik arab
mamlakatlarida safarda bo‘lib, 600 ming hadis to‘plagan va ulardan 100 mingini tanlab,
ularning haqiqiy (sahih) ekanligini isbotlagan. Shuningdek, 200 ming g‘ayri sahih hadislarni
yoddan bilgan. Mutafakkir o‘z Vataniga qaytgach, “Al-jome’ as-sahih” nomli 4 jildli hadislar
to‘plamini tuzgan. Bu to‘plamga 7275 ta ishonchli hadislar kiritilgan. Bu kitob bir necha marta
qayta ko‘chirilgan bo‘lib, u arab mamlakatlarida ham mashhurdir. Buxoriyning avlodlarga
qoldirgan ilmiy-ma’naviy merosi, yozgan asarlarning soni – 20 dan ortiq. Jumladan, “Al-adab
al-Mufrat”, “At-tarix as-sag‘ir”, “At-tarix al-avsat”, “At-tarix al-kabir”, “Kitab al-ilal”,
“Birrul-volidayn”, “Asmo uz-sahoba”, “Kitab al-kuna” shular jumlasidandir. Allomaning
muhim asari “Al-jome’ as-saxih”dir. Bu asar “Saxihi al-Buxoriy” nomi bilan mashhur bo‘lib,
unga ishonchli, aniq hadislar kiritilgan. Hadislar sultoni Imom al-Buxoriyning asarlari ota-
onaga hurmat, qarindoshlarga nisbatan oqibatli bo‘lish, qo‘shnilarga ozor bermaslik, qo‘shni