29
«Asosiy qism»dagi bandlarning tartibi 1, 2, 3
singari arab
raqamlari bilan belgilanadi, ulardan keyin nuqta qo‘yiladi.
Bundan
tashqari, insho rejalari matn mohiyatini to‘laroq aks ettirishi uchun
«Asosiy qism» dagi arab raqamlari bilan belgilangan har bir band o‘z
ichida mayda qismlarga bo‘linishi mumkin.
Agar bandlar yana
bo‘limlarga ajratilsa, raqamlar:1), 2), 3) yoki a), b), d)
kabi harfiy
shakllar bilan belgilanib,
ulardan keyin yarim qavs, shunga muvofiq
ravishda gaplarning oxiriga nuqtali vergul qo‘yiladi.
Oxirgi bandda
kelgan gapdan keyin nuqta qo‘yiladi.
Mavzu:
«Nodira ijodiga tavsif»
Reja:
I.
Kirish.
Nodiraning adabiy merosi haqida qisqacha
ma’lumot.
II.
Asosiy qism:
1. Nodira ijodida insoniy fazilatlarning ifodalanishi.
a) shoira ijodida
insoniy mehr ifodasi;
b) Nodira she’riyatida adolatning ulug‘lanishi;
d) ishq-muhabbat – shoira she’rlarining asosiy mavzusi sifatida.
2. Shoira she’rlarida xalqparvarlik g‘oyalarining aks ettirilishi.
3. Nodira - vafodor yor va sevimli ona.
III. Xulosa.
Nodira she’riyatining tarbiyaviy ahamiyati.
Sxemasi:
Mavzu: « __________________ »
Reja:
I. Kirish.
__________________ .
II. Asosiy qism
:
1._______________________________ :
a) ________________________ ;
b) ________________________ ;
d) ________________________ .
2._________________________________:
a) ________________________ ;
b) ________________________ ;
d) ________________________ .
III. Xulosa.
________________ .