27
1. Alisher Navoiy g‘azallaridagi badiiy san’atlar.
2. Alisher Navoiy ruboiylarida badiiy tasvir.
3. Alisher Navoiy qit’alari va tuyuqlarida majoz haqiqati.
III. Xulosa.
Alisher Navoiy she’riyatidan olgan taassurotlarim.
Adabiy mavzudagi insholarni murakkab, erkin mavzularni sodda
reja asosida yoritish maqsadga muvofiq.
Mavzu:
Boburnoma – jahon memuarining nodir namunasi
I.
Kirish.
Zahiriddin Muhammad Bobur – mahoratli ijodkor.
II.
Asosiy qism:
1. “Boburnoma” – qomusiy asar.
2. “Boburnoma”da shaxs surati va siyratining haqqoniy ifodasi.
3. “Boburnoma”da madaniy munosabatlar tavsifi.
III. Xulosa.
“Boburnoma” – voqelik esdaliklar tarzida yoritilgan
asar.
Bunday
tipdagi
reja
tuzilayotganda o‘quvchilar insho
mavzulariga alohida diqqat-e’tibor
bilan yondashmoqlari lozim,
chunki adabiy xarakterdagi insholarning aksariyati voqealarga boy,
rang-barang timsollar galereyasiga ega bo‘lgan, g‘oyaviy
hamda
badiiy jihatdan mukammal asarlarning mazmuniga asoslangan bo‘ladi.
Bu esa murakkab insho rejasini tuzishda o‘ziga xos yondashuvni talab
etadi.
Ko‘rinib
turibdiki, yuqoridagi insho rejalarida tinish
belgilarining ishlatilishi sodda ko‘rinishdagi
rejalarga qaraganda
qiyinroq. Murakkab rejalarda tinish belgilarining qo‘llanilishiga ham
e’tibor qilish kerak. Bunda “Reja”, “Asosiy qism”dan keyin ikki
nuqta, “Kirish”, “Xulosa”dan keyin nuqta qo‘yiladi. “Asosiy qism”
uch
va undan ortiq, “Kirish”, “Xulosa” qismlari bir band asosida
yoritiladi.
Dostları ilə paylaş: