Yozma va og’zaki uslub va uning xususiyatlari



Yüklə 28,07 Kb.
səhifə2/9
tarix12.05.2022
ölçüsü28,07 Kb.
#57720
1   2   3   4   5   6   7   8   9
YOZMA VA OG’ZAKI USLUB VA UNING XUSUSIYATLARI.

Og’zaki nutq turlari

I.Siyosiy-ijtimoiy nutq:

1. Siyosiy-ijtimoiy va siyosiy iqtisodiy mavzudagi nutq.

2. Sessiya, konferenciyadagi nutq.

3. Siyosiy sharh.

4. Harbiy vatanparvarlik nutqi.

5. Miting nutqi.

6. Rasmiy-diplomatik nutq.

7. Ilmiy-ommabop nutq.



II.Akademik nutq:

1. O'quv yurtlari ma'ruzalari.

2. Ilmiy nutq (ma'ruzalar).

3. Ilmiy sharh.

4. Ilmiy axborot.

III.Sud nutqi:

1. Qoralovchi (prokuror) nutqi.

2. Jamoatchi-qoralovchi nutqi.

3. Oqlovchi (advokat) nutqi.

4. Jamoatchi oqlovchi nutqi.

5. O'z-o'zini himoya qilish nutqi.


IV. Ijtimoiy-maishiy nutq:

1. Madhiya (yubiley yoki maqtov nutqi).

2. Ta'ziya (motam nutqi).

3. Tabrik nutqi (tost).




V.Diniy nutq:

1. Hutba.

2. Va'z.

Yozma nutq og‘zaki nutqdan so‘ng yozuv ta’sirida paydo bo‘lgan boiib, adabiy tilning imloviy, punktuatsion, uslubiy qonun-qoidalariga bo‘ysunuvchi grafik shakldagi nutqdir. Yozma nutqning mazmuniy bolaklari, gaplar, ularning qismlari turli xil tinish belgilari orqali ajratib ko‘rsatiladi. Yozma nutq og‘zaki nutq kabi kishilar o‘rtasidagi bevosita aloqa vositasi emas, balki u boshqa joyda va zamonda (kelgusi davrda) yashovchi kishilar bilan aloqa bog‘lash vositasidir. Yozma manbalar orqali biz o‘tmish tariximizni o‘rganamiz va bundan kelajak avlod foydalanishini ta’minlaymiz.

Yozma nutq doirasiga ilmiy nutq, badiiy nutq, shuningdek, hujjatlar, ommaviy axborot vositalari uchun tuzilgan yozma matnlar kiradi. Yozma nutq savodxonligi har bir kishidan o‘z fikr-qarashlarini tilning imloviy-grammatik qoidalariga, adabiy til me yorlariga rioya qilgan tarzda ifodalashni talab qiladi.Tilning mavjud barcha vositalari va ular imkoniyatlaridan maqsadga muvofiq tarzda o ‘rinli, to ‘g‘ri foydalanilgan holda tuzilgan nutq madaniy nutqdir. Nutq madaniyati esa ana shu tilni — aloqa-aralashuv qurolini

ishlatishga bo‘lgan munosabatdir. Bu noyob qufolni ishlatishga bo‘lgan munosabat qanchalik yomon bo‘lsa, uni ishlatishga qanchalik befarqlik bilan qaralsa, nutqning madaniylik darajasi ham shunchalik past bo‘ladi va aksincha, munosabat qanchalik yuqori bo‘lsa, nutq ham, aloqa ham shunchalik madaniy bo‘ladi. So‘zlovchi yoki yozuvchida til imkoniyatlariga munosabat, uning ishlatilishidagi boshqa omillar: tafakkur, ong, borliq, turli vaziyat va holatlar, maqsadga boigan munosabat qanchalik yuqori saviyada bo‘lsa, nutq madaniyati ham yuqori saviyada bo‘ladi va aks holda nutq madaniyati ham past saviyada bo‘ladi.


Yozma nutq og'zaki nutqni rivojlantirishga katta ta'sir ko'rsatadi. Axir, matnlarni qayta tuzish, asosiy fikrlarni shakllantirish - bularning barchasi bizning muloqotimizning ajralmas qismidir. Keyinchalik og'zaki nutqning rivojlanishi nafaqat butun jamiyatning rivojlanishi, balki insonning shaxsiy fazilatlarini ham anglatadi. ozma nutqning xususiyatlari


O'z fikrini yozma nutq bilan etkazish uchun, bir kishi matnni o'qiydigan odamning fikrini tartibga solishga yordam beradigan paragrafni ishlatadi. Bo'shliq paneli matnning bir qismini bir-biridan ajratib qo'yishga imkon beradi. Agar ma'lum tanlovlar, shriftlar foydalansangiz, bu bilan siz o'quvchining diqqatini ma'lum bir ma'lumotga jalb qilishingiz mumkin.

Yüklə 28,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin