Yozma va og’zaki uslub va uning xususiyatlari


Nutqning maqsadga muvofiqligi



Yüklə 28,07 Kb.
səhifə9/9
tarix12.05.2022
ölçüsü28,07 Kb.
#57720
1   2   3   4   5   6   7   8   9
YOZMA VA OG’ZAKI USLUB VA UNING XUSUSIYATLARI.

Nutqning maqsadga muvofiqligi. Nutqning bu xususiyati fikrning ijtimoiy asoslari bilan bog‘liq. Bunda mavzu va nutqiy muvofiqlikni ta’minlash uchun axborotning mohiyatidan tashqari quyidagilar muvofiqligi muhim sanaladi: nutqiy uslub va nutqiy maqsad muvofiqligi, predmet va mazmun, adresat va auditoriya, til vositalari va adabiy norma, til vositalari va stilistik talab o‘rtasidagi muvofiqlik.

Nutqning maqsadga muvofiqligi kommunikatsiyaning muhim sifat belgilaridan biri hisoblanadi.



Nutqning mantiqiyligi. Nutqning mantiqiyligi uning asosiy sifatlari – aniqlik va to‘g‘rilik bilan chambarchas bog‘liq. Chunki grammatik jihatdan to‘g‘ri tuzilmagan nutq mantiqning buzilishiga olib keladi. Manitqiy izchillikning buzilishi esa tinglovchi va o‘quvchiga aytilayotgan fikrning to‘g‘ri yetib bormasligi, ba’zan umuman tushunilmasligiga olib keladi. Nutq mantiqiy bo‘lishi uchun nafaqat lisoniy omillar, balki nolisoniy omilllar ham ahamiyat kasb etadi. Bunda so‘zlovchi yoki yozuvchidan tilni yaxshi bilishdan tashqari keng dunyoqarashga, mulohaza yuritayotgan mavzu doirasida chuqur bilimga ega bo‘lishi talab etiladi.

Nutq mantiqiyligining asosiy sharti – bu leksik-semantik va sintaktik normaga amal qilishdir. So‘z tartibiga amal qilish ham muhim. Xullas, yaxlit bir tizimda, fikriy izchillikda tuzilgan nutqni mantiqiy nutq deb atash mumkin.
Yüklə 28,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin