Yugon ichak kasalliklari


Davolash fakul`teti dekani



Yüklə 229,5 Kb.
səhifə2/2
tarix21.01.2020
ölçüsü229,5 Kb.
#30249
1   2
Yugon ichak kasalliklari


Davolash fakul`teti dekani

professor Zufarov P.S.

______________________

«27» avgust 2015y.


Ma'ruza mavzusi:

YUGON ICHAK KASALLIKLARI
Davolash fakul`teti 4 kurs talabalari uchun


SPK jarroxlik sektsiyasida

Kurib chikilgan va tasdiklangan

protokol № 1

«27» avgust 2015y.

.

Tashkent – 2015 у
O'QITISH TEXNOLOGIYASI

Talabalar soni- 80-100

Davomiyligi – 2 soat

O'quv mashg'uloti shakli

Ma'ruza – vizuallashtirish

Ma'ruza rejasi



1. Yugon ichak kasalliklarning asosiy turlari, ularni davolash va UASH

taktikasi.

2. Yugon ichak poliplari.

3. Diffuz polipoz

4. Grishprung kasalligi klassifikatsiyasi.

5. Grishprung kasalligi klinikasi va tasnifi

6. Grishprung kasalligi asoratlari.

7. Grishprung kasalligi bolalarda kechishi.



O'quv mashg'uloti maqsadi: Bulajak shifokorlar, ular kaysi mutaxasislikni egallashlaridan kat'iy nazar yugon ichak kasalliklarini bilishlari zarur. Xozirgi talabalarning aksari bulajak umumiy amaliyot shifokorligiga tayyorlanayotganlari sababli bu turdagi kasalliklarga uz vaktida tashxis kuyish, davolash, profilaktika ishlarini olib borish va uchraydigan asoratlarning oldini ola bilishlari kerak, chunki bu kasalliklarning kupchiligi ambulatoriya sharoitida davolanadilar va ularning bevosita nazoratida buladilar.

O'qituvchining vazifalari:

1. Yugon ichak kasalliklarning asosiy turlari, ularni davolash va UASH taktikasi bilan

tanishtirish.

2. Yugon ichak kasalliklari zamonaviy klassifikatsiyasi, klinik belgilari, diagnostika,

differentsial diagnostiki va davolash usullari.

3. Bukok etiopatogenezini taxlil etish.

4 NYAK zamonaviy klassifikatsiya (tasnifi)ni taxlil etish.

5. NYAK ga xos shikoyatlar, anamnez, ob'ektiv klinik belgilarini bayon etish.

6. Grishprung kasalligi klassifikatsiyasi, klinik belgilari, differentsial diagnostikasi va

UASH taktikasi.




O'quv faoliyatining natijalari:

Talaba bilishi kerak:

1. Yugon ichak kasalliklarning asosiy turlari, ularni davolash va UASH taktikasi.

2. Yugon ichak divertikulalari.

3. Poliplar

5. Grishprung kasalligi klinikasi va tasnifi

6. Grishprung kasalligi asoratlari.

7. Grishprung kasalligi bolalarda kechishi.

7. Yugon ichak kasalliklarining bolalarda kechishi.


O'qitish usullari va texnikasi

Ma'ruza – vizuallashtirilgan, texnika: blits-so'rov,

yo'naltirilgan savollar, “ha-yo'q” texnikasi



O'qitish vositalari

Komp`yuter proektori, vizual materiallari, axborot ta'minoti

O'qitish shakllari

Kollektiv

O'qitish sharoitlari

Texnik o'qitish vositalari bilan ishlashga moslashtirilgan auditoriya

MA'RUZA TEXNOLOGIK XARITASI

Muddat, bosqichlar

Faoliyat

o'qituvchining

talabaning

1bosqich

Kirish


(5 min)

1. Maruza mavzuining nomi, maqsadi, rejalashtirilgan natijalari va o'tkazish rejasi ma'lum qilinadi

1. Eshitadi.

2 bosqich

Bilimlarning dolzarbligi

(20 min)


2.1. Talabalarni jonlantirish uchun yo'naltirilgan savollar beriladi:

1. Poliplar tugrisida nima bilasiz?

2. Polip asoratlari.

Blits-so'rov” o'tkazadi.

2.2. Ekranga ma'ruzaning maqsadini chiqaradi va u bilan tanishib chiqishni tavsiya etadi.

Slayd mazmunini izohlaydi. 1-slayd.

2.3. Ekranga 2-slaydni chiqaradi.


2.1. Savollarga javob beradi.
2.2. 1-slayd mazmunini o'rganadi.

2.3. 2-slayd mazmunini o'rganadi.



3 bosqich

Axborot berish (55 min)



3.1. Rejadagi masalalar bo'yicha vizual materiallar va

yo'naltirilgan savollarni qo'llagan holda ma'ruza materialini birin ketin bayon qiladi:

Rejaning 1-masalasi bo'yicha: Yugon ichak kasalliklarning asosiy turlari, ularni davolash va

UASH taktikasi.

Rejaning 2-masalasi bo'yicha: Yugon ichak yalliglanish kasalliklari.

Rejaning 3-masalasi bo'yicha: Yugon ichak polipi

3. Rejaning 4-masalasi bo'yicha: Polip asoratlari.

4. Rejaning 5-masalasi bo'yicha: poliplar klassifikatsiyasi

5. Rejaning 6-masalasi bo'yicha: Yugon ichak kasalliklarining asoratlari.

6. Rejaning 7-masalasi bo'yicha: Yugon ichak kasalliklarining bolalarda kechishi.

Mavzuning asosiy joylariga e'tibor berishni va yozib olishni tavsiya etadi.


3.1.

Berilgan materialning mazmunini muhokama qiladilar, oydinlashtiradilar va savollar

beradilar.

Asosiylarini yozib oladilar.




4 bosqich

Yakuniy


(10 min)

4.1. Savol beradi:

1. NYAK belgilari.

2. NYAK da kon ketishda UASH taktikasi.

4.2. Mustaqil tayyorlanish uchun topshiriq beradi: Kron kasalligi



4.1. Savollarga javob

beradi.
4.2. Eshitadilar, yozib oladilar.






Mavzuni asoslash: Korin bo'shligi a'zolarining kasalliklari o'rtasida yo'gon ichak

kasalliklari 3,5-9% ni tashkil etadi. Ko'pincha yo'gon ichak kasalliklari 20-40 yoshda uchraydi.

Yo'gon ichak kasalliklari ayollarga Karaganda erkaklarda ko'proK uchraydi. Yoz va kuz oylarida

yo'gon ichak kasalliklari bilan kasallanganlar soni ko'proK uchraydi, chunki bu davrda o'simlik

ozuKalari tarkibidagi kletchatka tushishi xisobiga ichaklar ko'proK zo'riKadi.

Yo'gon ichak kasalliklari bemorlarni davolashning natijalari avvalo kasallikni o'z vaKtida

aniKlashga bogliK. Operatsiyadan keyingi o'lim ko'rsatkichi kasallik boshlanishidan boshlab

kasalxonaga yotKizilgan bemorlar orasida 2,1—3,1% ni, kech aniKlangan kasalliklarda esa

19—25,9% ni tashkil Kiladi.
Ma'ruzu maksadi: talabalarni yo'gon ichak xirurgik kasalliklari bilan, uning etiologiyasi va

patogenezi bilan tanishtirish. yo'gon ichak xirurgik kasalliklari diagnostikasi,

simptomatikasi va turli bajariladigan operatsiya usullari bilan tanishtirish.
Tarbiyaviy maksadlar: ma'ruza davomida talabalarda churra kasalligi bilan ogrigan bemorlar

bilan muloKat Kilish, to'gri diagnostika usullarini bajarish, davolash usullari bilan

tanishish, etika va insoniy xurmat, e'tiborni shakillashtirish talab etiladi.
Ma'ruza masalalari: Talabalarni yo'gon ichak xirurgik kasalliklari ma'lumotlari bilan

tanishtirish. Talabalarga yo'gon ichak xirurgik kasalliklari etiologiyasi, patogenezi,

tasnifi, diagnostikasi va differentsial diagnostikasi bilan tanishtirish. Talabalarga

yo'gon ichak xirurgik kasalliklari davolash yo'llarini aniKlab berish.



Muxokama uchun savollar:
1. Yo'gon ichak anatomiyasi, fiziologiyasi – 10 min.

2. Girshprung kasalligi – 20 min

3. Nospetsifik yarali kolit – 25 min.

4. Yo'gon ichak poliplari va polipozlari – 10 min.

5. Yo'gon ichak divertikullari – 10 min

6. Yo'gon ichak saratoni – 10 min.


YO'GON ICHAK KASALLIKLARI
Chambar ichak
Chambar ichak yo'gon ichakning bir Kismi bo'lib, uzunligi 1-2 m ga teng, uning diametri ko'richak

soxasida 7-8 sm ga, distal soxasida esa 4-5 sm ga teng. U ko'richak, yuKoriga ko'tariluvchi,

ko'ndalang, pastga tushuvchi chambar ichak, sigmasimon ichak Kismlaridan iborat.

Yo'gon ichak ingichka ichakdan farK Kilib, bo'ylama mushak tolalari bir-biriga

parallel yo'nalgan tasmalarni (teniae) xosil Kiladi. Tasmalar orasida esa, bo'rtmalar

(haustrae coli) joylashib, ular orasida toraymalar almashinib keladi. Bundan tashKari

gaustralar devorida ”yogli shokilalar“ joylashadi.

YUKoriga ko'tariluvchi chambar ichak mezoperitonel, ayrim xollarda esa, KisKa ichak

tutKichiga ega bo'lib intraperitoneal joylashadi. U o'ng Kovurga osti soxasida ”jigar

bukilmasi“ ni xosil Kilib, uzunligi 50-60 sm bo'lgan, xar tomonlama Korin parda bilan

o'ralgan (intraperitoneal), uzun tutKichli ko'ndalang chambar ichakka o'tadi. Ko'ndalang chambar

ichak old yuzasiga katta charvi birikkan bo'ladi. Chap Kovurga osti soxasida ko'ndalang chabar

ichak ”taloK bukilmasi“ ni xosil Kilib, aksariyat mezoperitoneal, ba'zan in-

traperitoneal joylashuvchi pastga tushuvchi chambar ichakka, u esa o'z navba-tida

intraperitoneal joylashuvchi o'z tutKichiga ega bo'lgan sigmasimon ichakka o'tadi.

Chambar ichak o'ng yarmini yuKorigi tutKich arteririyasining tarmogi bo'lgan yonbosh-

chambar ichak (a. ileocolica), o'ng va o'rta chambar ichak (a.a. colica dextra et media) arteriyalari Kon

bilan ta'minlasa, chap yarmini pastki tutKich arteriyasi tarmogi – a. colica sinistra Kon bilan

ta'minlaydi. Chap cham-bar ichak arteriyasi o'rta chambar ichak arteriyasi tarmogi bilan

anastomoz xo-sil Kilib – Riolan ravogini yuzaga keltiradi. Sigmasimon ichakni Ko'shimcha 2-3

ta sigmasimon arteriyalari (a. sigmoideae) xam Kon bilan ta'minlaydi.

Venoz Kon oKimini yuKorida sanab o'tilgan arteriyalarga nomdosh venalar amalga

oshirib, yuKori va pastki tutKich venalari (v.v. mesentericae superior et inferior), ular esa

darvoza venasini (v. porta) xosil Kilishda ishtirok etadilar. Xuddi shunday, limfa oKimi xam

arteriyalar bilan yonma-yon o'tuvchi limfa tomirlari orKali yuKorigi va pastki tutKich

arteriyalari atrofida joylashuvchi limfa tugunlariga Kuyiladi.

Ichak faoliyatining nerv boshKarilishi nerv sistemasining parasim-patik va

simpatik bo'limlari, Meysner va Auerbax chigallari tomonidan amalga oshirilib, bunda

parasimpatik bo'lim motorika va sekretsiyaning kuchayishiga imkon beradi, simpatik bo'lim esa

bunga teskari ta'sirga ega.

Chambar ichakda 95% suv, elektrolitlar, ayrim gaz moddalar so'riladi. Bundan

tashKari, ichak mikroflorasi ta'sirida V va K gurux vitaminlari-ning almashinuvi amalga

oshiriladi.

Maxsus tekshirish usullari.

Yo'gon ichak kasalliklarida rentgenologik tekshirish to'gri diagnoz Ko'yish uchun ob'ektiv

ma'lumotlar beradigan asosiy usullardan biri xisoblanadi. Kontrast moddani peroral

yuborish ichakning motor funktsiya-sini va ileotsekal klapan xolatini o'rganish uchun maKsadga

muvofiK.


Irrigoskopiya (retrograd kontrastlash) ichakning xolatini, shaklini va uzunligini aniKlash,

o'smalar, poliplar, kolit, divertikulyoz va boshKa kasalliklarni aniKlash maKsadida

Ko'llaniladi.

Kolonoskopiya — bu yo'gon ichakni endoskopik tekshirish usuli bo'lib, yo'gon ichak

patologiyasida diagnostik imkoniyatlarni birmuncha kengay-tirdi. Najasni va ichak

aralashmalarini koprologik tekshirish, me'da-ichak yo'llarining turli bo'limlaridagi

funktsional va organik zararlanishlar to'grisida xulosa chiKarishga imkon beradi.


Chambar ichak anomaliyalari va rivojlanish nuKsonlari

Embriogenez buzilishi oKibatida chambar ichak joylashuvi (distopiyasi) vujudga

kelib, u Korin bo'shligining o'ng yoki chap yarmida joylashishi mumkin. Ichakning uzayib ketishi

uning barcha Kismlari (dolixokoliya) yoki ayrim Kismining (dolixosigma) uzayishi xisobiga

yuzaga kelishi mumkin. Natijada, ichakning motor-evakuator funktsiyasi buzilib, Kabziyat,

meteo-rizm, ogriKlar paydo bo'ladi.

Ichak stenozlari va atreziyalarining yakka xolatda yoki ko'plab joylashi-shi

kuzatilib, bola tugilishining erta davrida o'tkir ichak tutilishi bel-gilari bilan namoyon

bo'ladi. Bu esa, xirurgik davo Ko'llanilishini talab etadi.
Girshprung kasalligi

Girshprung kasalligi - chambar ichak megakoloni yoki gigantizmi, uning evakuator funktsiyasi

buzilishi bilan kechuvchi tugma kasallik xisoblanib, Kabziyat va Korinning keskin dam bo'lishi

bilan namoyon bo'ladi. Tugiladigan xar 5000 ta chaKaloKdan bittasida uchrashi mumkin. Asosan

yosh bolalarda va o'smirlarda uchrab, kattalarda esa juda kam xollarda kuzatiladi.

Etiologiya. Kasallik vegetativ nerv sistemasi rivojlanishining buzilishi, yo'gon

ichak mushaklararo (Auerbax) va shilliKosti (Meysner) nerv chigallari ganglionar

xujayralarining o'sib yetilmaganligi (gipo-ganglioz) yoki mutlaKo bo'lmasligi (aganglioz)

oKibatida kelib chiKadi. Aganglionar zona kattalarda, asosan, to'gri ichakda, bolalarda esa

sigma-simon ichak yoki chambar ichakning boshKa Kismlarida uchrab, ichakning bu Kismi doimo

spastik KisKargan xolatda, peristaltikasiz bo'ladi va ichak maxsulotining ushbu soxadan

Kiyinchilik bilan o'tishi oKibatida ichakning normal innervatsiyali yuKori turuvchi soxalari

kengayib, gipertrofiyaga uch-raydi. Ichakning kengayib ketgan Kismi gistologik tekshiruvida

mushak tolalarining gipertrofiyasi va sklerozi aniKlanadi.



Klinikasi. Girshprung kasalligi belgilari ichak maxsuloti passaji-ning buzilishi

bilan xarakterlanadi. Asosiy simptomlari – Korinning dam bo'lishi, bir necha kundan bir

necha oygacha ich kelmasligi, Kabziyat, ich kelishga aslo mayl yo'Kligi bilan ifodalanadi. Korin

keskin dam, assimet-rik bo'ladi, bunda chayKalish shovKinini payKash mumkin. Ba'zan Kabziyat

ich surishi bilan almashinadi (paradoksal ich surishi). Korinning tobora taranglashib dam

bo'lishi diafragma ekskursiyasini cheklab Ko'yadi, bu xolat o'z navbatida nafas Kisishiga, yurak

urib ketishiga olib keladi. Kabziyat yuzaga kelishi bilan intoksikatsiya alomatlari: bosh

ogrigi, bexollik, ko'ngil bexuzur bo'lishi, ishtaxa yo'Kligi paydo bo'ladi.



Diagnostikasi. Bemorning shikoyatlari, anamnezidagi uzoK davom etib kelayotgan Kabziyat

bilan bir Katorda ob'ektiv ko'ruvda Kabziyat, doimiy meteorizm natijasida Korinning

keskin dam bo'lishi, ba'zan najas toshlarini paypaslanishi kuzatiladi. Rektal tekshiruvda

sfinkter tonusining kuchayganligi, ampulaning bo'sh bo'lishini ko'rish mumkin.

Rektoromanoskopiyada to'gri ichak spazmi sababli rektoskopning Kiyinchilik bilan o'tishi,

kengaygan joyga yetganda ”tushib ketish“ xissining paydo bo'lishi va shu soxada najas

toshlarining yigilib Kolganligi aniKlanadi.

Irrigografiyada yo'gon ichakning toraygan va kengayib ketgan (10-15 sm gacha) bo'limlari

aniklanadi. Ichakning kengaymagan bo'limlaridan kengaygan bo'limlariga o'tishi voronkasimon

shaklda bo'ladi (rasm 1.).

Kolonoskopiyada to'gri ichakning va sigmasimon ichak distal Kismining diametrda 2,5-3 sm gacha

torayganligini kuzatish mumkin. Bu soxada ichak peristal`tikasi kuzatilmaydi devori

Kalinlashgan bo'lib ko'rinadi, ichak Kiyinlik bilan bo'shaladi. Bo'shalgandan so'ng chambar ichak

devorlari puchaymaydi.



Asoratlari. Chambar ichakning uzayishi va kengayishi turli bo'limlarining buralib kolishiga

sabab bo'ladi va natijada o'tkir ichak tutilishi vujudga keladi. Ichak devorida yaralar paydo

bo'lishi, uning teshilishi, peritonit, Kon ketishi, enterokolit rivojlanishi Girshprung

kasalligining asoratlaridan xisoblanadi.



Davolash. Girshprung kasalligida konservativ davolash operatsiyaga tayyorgarlik bosKichi

xisoblanadi, u ichakning bo'shatilishiga Karatilgan chora-tadbirlardan iborat. Parxezga rioya

Kilish, ichak motorikasini yaxshilashga imkon beradigan yangi sabzavotlar va mevalardan

iborat maxsu-lotlarni iste'mol Kilish, ichak peristal`tikasini fizioterapevtik usul-lar

bilan yo'lga solish, turli xil xuknalar Ko'yish shular Katoriga kiradi.

Xirurgik davolash aganglionar zonani va yo'gon ichakning dekompensa-siyalangan kengaygan

bo'limlarini olib tashlab, ichak o'tkazuvchanligini tik-lashdan iborat.
Nospetsifik yarali kolit

Nospetsifik yarali kolit chambar va to'gri ichaklar shilliK Kavatining yarali-nekrotik

o'zgarishi bilan kechuvchi surunkali yalliglanish kasalligidir. Abu Ali ibn Sino asarlarida

yo'gon ichakda yaralar xosil Kilish bilan o'tadigan Kon aralash ich ketishi tasvirlangan.

O'zbekiston olimlari bu patologiyani o'rganishga (professorlar I. A. Kassirskiy, A. A.

Askarov, U. A. Askarov), shuningdek nospetsifik yarali kolitni xirurgik davolashga (prof. S.

M. A'zamxo'jaev) katta xissa Ko'shdilar. O'rtacha xar 100000 axolidan 1,2 tasi kasallanadi.

Etiologiyasi yetarli o'rganilmagan. Kasallikni chaKiruvchi mikrob yoki virusni aniKlash ustida

olib borilgan ishlar natijasiz yakunlangan. Shu sababli kasallik kelib chiKishida infektsion

nazariya o'z axamiyatini bir-muncha yo'Kotgan. Buning aksi allergik jarayon esa, kasallik

rivojlanishida muxim o'rin tutadi. OvKatlanish ratsionidan sut, tuxumga o'xshash allergen-

larni olib tashlash kasallik klinik kechishini ijobiy tomonga o'zgartir-ganligi ma'lum.

Bundan tashKari, immun jarayonlarning axamiyati xam kasal-lik rivojlanishida ma'lum bir

ma'noga ega. Bemor Kon zardobida yo'gon ichak shilliK Kavatiga Karshi maxsus antitelolarning

bo'lishi buning yaKKol dalilidir. Nospetsifik yarali kolit kelib chiKishida oilaviy moyillik

xam muxim axmiyat kasb etadi.

Patogenezi. Kasallik organizmning sensebilizatsiyasi va autoimmun reaktsiya

rivojlanishi bilan kechadi. Ichak shilliK Kavati antigen ishlab chiKaradi va unga Karshi

antitelolar paydo bo'ladi. Antigen-antitelo reaktsiyasi yuzaga keladi, keyin esa kolit, yaralar

kelib chiKadi. Keyinchalik ikkilamchi infektsiya Ko'shiladi, ichak nerv apparati shikastlanadi,

alimentar yetishmovchilik yuzaga keladi.

Patalogik anatomiyasi. Ichak devori shishgan, giperemiyalashgan, oson yirtiluvchan

bo'lib, shilliK Kavatida ko'plab yara va eroziyalar paydo bo'ladi. Yara tubida ba'zan, arroziyaga

uchrovchi va Kon ketishiga sabab bo'luvchi Kon tomirlar ko'rinib turadi, ayrim xollarda yaralar

chuKurlashib ichak perfo-ratsiyasiga olib keladi. ShilliK Kavat fibrin parda bilan

Koplangan, ba'zi-da kasallik juda ogir kechib, xatto shilliK Kavatning ko'chib tushishi xam

kuzatiladi. Gistologik tekshiruvda shilliK Kavat atrofiyasi, shilliK osti Kavatining

leykotsitar infil`tratsiyasi va kriptalarda mikroabstsesslar yuzaga kelib, keyinchalik ichak

devori chandiKli fibrozi va psevdopolipozi vujudga keladi (rasm 2.).

Nospetsifik yarali kolit chambar va to'gri ichakning barcha Kismiga tarKalgan bo'lishi

mumkin (total zararlanish), ba'zan aloxida ichak Kism-larini egallashi xam mumkin

(segmentar zararlanish).

Nospetsifik yarali kolit klinik kechishida uning Kaysi shakli ekanligi axamiyatga

ega. O'tkir (yashin tezligida kechuvchi) shaklida (10% bemorlarda) kasallik juda ogir kechadi.

Bunda ich surishi sutkasi 40 marotabagacha yetishi mumkin. Najas shilliK, Kon, yiring aralash

bo'ladi, Korinda kuchli ogriK tenezmlar, Kayt Kilish, yuKori xarorat yuzaga keladi. Bemorning

axvoli ogir, Kon bosimi tushishi, pul`sining tezlashuvi kuzatiladi. Korin kattalashgan,

paypslaganda yo'gon ichak bo'ylab ogriKli. Leykotsitoz, leykotsitar formulaning chapga

siljishi, gemoglobin, eritrotsitlar sonining gematokrit ko'rsatkichining kamayishi

kuzatiladi. Ich surishining davom etishi organizmning suvsizlanishiga, tana vaznining

pasayishiga, suv-elek-trolit almashinuvining va kislota-ishKor muvozanatining

buzilishlariga olib keladi. Rektoromanoskopiyada ichak shilliK Kavati shishgan, undan Kon

ketayotganligi, ichak bo'shligida shilliK, Kon va yiring borligi ko'rinadi. Kasallikning o'tkir

shakli ko'pincha ogir asoratlar bilan kechadi – massiv Kon ketishi, ichak perforatsiyasi, ichak

toksik dilyatatsiyasi. O'lim kasallikning birinchi kuni (yashin tezligida kechuvchi shakli) yoki

yaKin oylar ichida yuzaga kelishi mumkin. O'tkir shakli ko'p uchramasada, undagi letallik 20% ni

tashkil Kiladi.

Ko'pchilik (50%) bemorlarda kasallikning surunkali retsidivlovchi shakli uchraydi.

Bu shaklida kasallikning avj olish va remissiya davrlari almashinib keladi. Remissiya davri

bir necha yilgacha davom etishi mumkin. Kasallikning avj olishiga emotsional stress, ko'p

charchash, parxezni buzish, antibiotik va surgi dorilarni Ko'llash sabab bo'lishi mumkin. Avj

olgan davri xuddi o'tkir shaklini eslatadi. Remissiya davrida bemorlar xech Kanday shikoyat

bildirmaydilar, ammo, najas shakllanmagan xolatda Koladi. Ayrim xollarda kasallik o'tkir

yoki asta-sekinlik bilan boshlanib, to'xtovsiz ravishda kuchayib boradi. Bu kasallikning

surunkali uzluksiz shakli xisoblanib, 35-40% bemorlarda uchraydi.

Nospetsifik yarali kolitning barcha shakllariga anemiya, jigarning yogli distrofiyasi

xos bo'lib, ogir kechuvchi shaklida gipoal`buminemiya, beta- va gammaglobulin miKdorining

ko'payishi kuzatiladi. Ko'p miKdorda suv va elektrolit yo'Kotilishi oKibatida organizmda

suv-elektrolit muvozanatining buzilishi, suvsizlanish, gipokaliemiya vujudga keladi.

Natijada vitamin almashinuvi buziladi. Ichak devorining destruktsiyasi juda ogir

asoratlarga – Kon ketishi (5-6%), perforatsiya (3-4%), ichak toksik dilyatatsiyasi (NYAKning

barcha shakllari bo'yicha bemorlarning 2-6% ida, o'tkir shakli bilan ogrigan bemorlarning 10

-20% ida), stenoz, malignizatsiya (7-10%) olib keladi.

Ba'zan, Kon ketishi shu darajada kuchli bo'ladiki, xatto shoshilinch jar-roxlik

amaliyoti xaKida savol dolzarb bo'lib Koladi. Xuddi shunday ichak perforatsiyasi va toksik

dilyatatsiyasida xam operativ davo yakuniy xisobla-nadi.

Nospetsifik yarali kolit rak oldi kasallik xisoblanadi. Yo'gon ichak raki 5-7%

bemorlarda, kasallik boshlangandan 10-20 yil o'tgach esa bu ko'rsatkich 40% ni tashkil Kiladi.

Diagnostikasi bemorning shikoyati, anamnezi, rektoromanoskopiya, ir-rigografiya,

kolonoskopiya natijalariga asoslanib bajariladi.

Kasallik differentsial diagnozi dizenteriya, proktit, Kron kasalligi bilan

o'tkaziladi.

Davolash. Konservativ davo oKsilga boy, uglevodlar va sutni cheklovchi parxezdan,

desensibilizatsiyalovchi va antigistamin dori vositalari (dimedrol, pipol`fen, suprastin,

tavegil), vitaminlar (A, YE, S, K, V gurux), bakteriostatik preparatlar (etazol, ftalazol,

sul`gin, enteroseptol) dan tashkil topadi. Bundan tashKari, salazopiridazin antimikrob va

desensibi-lizatsiyalovchi ta'sir ko'rsatib, juda yaxshi natija beradi. Davo natijasiz bo'lgan

xolatlarda davoga steroid gormonlarni (prednizolon, deksametazon) Ko'shish maKsadga

muvofiKdir.

Xirurgik davo kasallik asoratlari yuzaga kelganda, ya'ni, profuz Kon ketganda, ichak

perforatsiyasi va toksik dilyatatsiyasida Ko'llaniladi. Bundan tashKari, operativ davo

kasallikning uzluksiz va retsidivlovchi shakllarida, konservativ davo natija bermaganda, rak

rivojlanganda xam Ko'llaniladi. Ichak toksik dilyatatsiyasida ileo- yoki kolostomiya amaliyoti

bajariladi. Kolgan xolatlarda zararlangan ichak Kismi rezektsiyasi, kolektomiya yoki

ileostomiya bilan yakunlanuvchi koloproktektomiya amalga oshiriladi.
Chambar ichak divertikullari va divertikulyozi

Tugma divertikullar embrional davrda gistogenezning buzilishi oKibatida yuzaga keladi.

Orttirilgan divertikullar esa, ichak mushak Kavati defektlaridan shilliK Kavatning bo'rtib

chiKishi natijasida rivojlanadi (soxta divertikul). Ichak devorida mushak Kavati uning

ko'ndalang yo'nalgan tasmalari orasida sust rivojlanganligi tufayli shu yerda paydo bo'ladi.

AyniKsa, ichak devorida Kon tomirlar kiradigan teshiklari soxasida diver-tikullar ko'p

uchraydi. Divertikullar kelib chiKishida ichakdagi yalliglanish jarayoni, Kabziyat muxim rol`

o'ynaydi. Kasallik aksariyat 40 yoshdan oshgan odamlarda ko'p uchraydi. Divertikullar 3-5 mm li

bo'yinchasi va diametri 0,5-1,5 sm bo'lgan tanasiga ega bo'rtmalardan iborat. Ko'pincha

divertikullar sigmasimon va pastga tushuvchi chambar ichak (68%) larda kuzatiladi. diver-

tikul kattalashavergach, uning devori yupKalashib, shilliK Kavati atrofiyaga uchraydi va

natijada najasning shu joylarda turib Kolishi oKibatida eroziyalar, yaralar xamda

divertikulitlar rivojlanadi (rasm 3.).

Divertikulyoz klinik belgilarisiz kechib, yalliglanish jaryoni (divertikulitlar)

rivojlanishi bilan Korin pastida ogriK, Kabziyatning ich surishi bilan almashinib

kelishi,ishtaxa pasayishi, ko'ngil aynishi, ba'zan Kayt Kilish bilan ifodalanasa, keskin

yalliglanish jarayoni tana xarorat-ining subfebril bo'lishi, Korindagi ogriKlarning

intensivliligining or-tishi, lekotsitoz bilan namoyon bo'ladi. Korinni paypaslaganda

zararlangan soxa ustida kuchli ogriK, mushaklar biroz tarangligi kuzatiladi.

Klinik kechishi xuddi o'tkir appenditsitga o'xshab ketadi, ammo bu belgilar

Korinning chap tarafida aniKlanadi. 2-27% xolatlarda divertikul Korin bo'shligiga yorilib

peritonitni, Korin orti soxasiga yorilib Korin orti flegmonasini va ichak tutKichi

klechatkasiga yorilib esa parakolik abstsessni keltirib chiKaradi. Divertikul ichida xosil

bo'lgan abstsess ichak bo'shligiga yorilib belgilarisiz kechsa, uning Korin bo'shligiga yorilishi

peritonitga, bo'shliKli a'zoga yorilishi esa, ichki oKma rivojlanishiga olib keladi. UzoK

muddat davom etib kelgan divertikul bitishmalar xosil Kilib, o'tkir ichak tutilishiga sabab

bo'ladi. Yo'gon ichak divertikulida 3-5% bemorlarda Kon ketish asorati kuzatiladi. Bunda

arteriya devori arroziyaga uchrab, aksariyat xollarda u profuz bo'ladi va umumiy xolsizlik,

bosh aylanishi, teri Koplamlarining oKimtir tusda bo'lishi, najasning Kon aralash kelishi,

taxikardiya belgilari bilan namoyon bo'ladi.

Diagnostikasi. Irrigoskopiya tekshiruv usullari ichida eng ma'Kuli xisodlanib, u

nafaKat diagnostik, balki, davolash muolajasi bilan Kimmat-lidir (Kon ketayotgan tomirli

divertikul bo'shligini bariy oxagi bilan tamponada Kilish). Divertikulitda kolonoskopiya va

rentgenologik tekshi-ruvlarini o'tkazish uning perforatsiyasi yuz berishi mumkinligi tufayli

xavflidir.

Davolash. Konservativ (parxez, spazmolitiklar, antibioti¬klar, sul`fanilamid

preparatlari, antiseptik vositali xuKnalar). Xirurgik da-voga ko'rsatma divertikul

perforatsiyasi, o'tkir ichak tutilishi, massiv Kon ketishi, juda kuchli divertikulitda

medikamentoz davo naf bermaganda va ichki oKmalar rivojlanganda yuzaga keladi. Operatsiya

gemikolektomiya, sigmasimon ichak rezektsiyasi bilan ifodalanadi. Kon ketish bilan asorat-

langan divertikulli bemorlarning 30% xirurgik davolanadi. Operatsiya Ko-nayotgan tomirni

tikish, divertikulni ichak bo'shligiga invaginatsiya Kilish yoki ichakning ushbu Kismi rezektsiyasi

bajarilishidan iborat. Bunda letal-lik 20% ni tashkil etadi.

Chambar ichak poliplari

Polip xavfsiz o'smalar katoriga kiradi, biroK uning malignizatsiyaga moyilligi bor,

aksariyat chambar ichakning chap yarmida joylashadi (75% to'gri va sigmasimon chambar ichakda

uchraydi). Poliplar yakka va ko'p sonli, o'lchami 0,5 dan 2 sm gacha bo'ladi, ular ichak bo'shligiga

osilib turadi.

Chambar ichakning yuvenal, giperplastik, bezsimon, bezsimon-tukli, tukli diffuz polipozi

uchraydi.

Poliplar paydo bo'lishini aksariyat yalliglanish, kolit, dizenteriya, yarali proktosigmoidit

bilan boglaydilar.

Klinik manzarasi Korinda joylashishi aniK bo'lmagan ogriKlar, ich ketishi, Kon, shilimshik

aralash najas, Kabziyat, ichakda galati sezgi (diskomfort) bilan xarakterlanadi.



Diagnostikasi: klinik simptomlari va anamnez ma'lumotlari bilan birga rekto- va

kolonoskopiya, irrigoskopiyaning muxim axamiyati bor.

Poliplarni davolash usulini xar kim o'ziga xos tanlashi kerak. Yakka poliplar

elektrokoagulyatsiya yo'li bilan rekto- yoki kolonoskop orKali olib tashlanadi.

Operatsiya usulida olib tashlashning iloji bo'lmasa, ichak devorini polip zonasida

ponasimon Kilib kesiladi. Polip malignizatsiyasida esa radikal operatsiya: o'ng tomonlama yoki

chap tomonlama gemikolektomiya Kilinadi. Chambar ichak diffuz polipida subtotal kolektomiya

Kilinib, ileorektal yoki ileosigmasimon anastomoz Ko'yiladi.



Demonstratsiya materialari.

1. Slaydlar

2. Rasmlar

3. Atlas

4. Videofil`mlar
Xulosa.
Yugon ichak kasalliklari bulajak shifokorlar ular kaysi mutaxasislikni egallashlaridan

kat'iy nazar juda yaxshi tashxis kila bilishlari va ba'zilarini mustakil davolash bilishlari

kerak. Yukorida keltirilgan ba'zi kasaliklar tezkor tashxis kilinmasa va tugri davolanmasa

juda orir asoratlarga olib kelishi mumkimligi ma'ruzada tushuntirildi.


Mavzuni kanchalik uzlashtirganligini bilish uchun auditoriyaga beriladigan savollar.

1. Yugon ichak yalliglanish bilan kechadigan kasalliklarni davolash printsiplari .

2. Poliplar sabablari va turlari

3. NYAK klinikasi va davolash.

4. Girshprung kasalligi, uning klinikasi va davolash usullari.

5. Yugon ichak usma kasalliklari, ularning kelib chikish sabablari.


ADABIYOTLAR
1. Vasil`ev P.A. Bolezn` Girshprunga/ Moskva, Meditsina 1981

2. Lavrov YU.M. Patogenez i lechenie Bolezni Girshprunga/ Moskva: Meditsina, 1992

3. Navruzov S.N. Xirurgicheskie bolezni, Tashkent, 2004

4. Kuzin M.I. Xirurgicheskie bolezni, Moskva, 1998

6. Petrov V.P., Yeryuxin I.A. Kishechnaya neproxodimost`./ Moskva: Meditsina, 1989

Ma'ruza bo'yicha Internetdagi adreslar:

http://www.tma.tmn.ru/Vestnik

http://medi.ru/doc/83.htm

http://www.rmj.net/index.htm

http://www.consilium-medicum.com/media/refer



http://www.mediasphera.aha.ru
Yüklə 229,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin