Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch



Yüklə 65,63 Kb.
səhifə4/5
tarix09.01.2022
ölçüsü65,63 Kb.
#51140
1   2   3   4   5
milliy reyting ona t

BOLALIK – BEG`UBORLIK
Bolalik! Naqadar beg'ubor, sershovqin, qiziquvchanlig-u soddadillikka to'la umr fasli bu. Bolalikni bahor fasliga o'xshatadilar. Haqiqatan ham bolalik o'zining barcha xislatlari bilan bahorni eslatadi. Siz, aziz bolajonlar, hozir umringizning eng go'zal, shirin, beg'ubor faslida yashamoqdasiz. Siz atrofingizda bo'layotgan barcha narsalarni kuzatib ulgurishga, uni tushunishga, o'rganishga, taqlid qilishga intilasiz. Sizning zavqlanishingiz ham, ranjishingiz ham juda oson. Biror narsadan xafa bo'lsangiz bormi, tezda ko'zingizga marjondek yosh keladi. Agar ko'nglingizni ko'tarib, tasalli berilsa, yana quyoshdek charaqlab ketasiz. Mana shu xislatlaringiz xuddi bahor havosini eslatadi.

Bolalikni bahorga o'xshatilishining yana boshqa sabablari ham bor. Ya'ni kuzda ko'tariladigan xirmon bahorda sepilgan urug'ga bog'liq bo'lgani kabi, sizning qanday insonlar bo'lib yetishishingiz, albatta, bolalikda nimalarni o'rganishingiz, qanday odatlarga ega bo'lishingiz, odob-axloqni qay yo'sinda egallashingizga bog'liqdir. Mana shuning uchun ham sizning eng birinchi vazifangiz ota-onangizning, el-yurtingizning odobli farzandi bo'lishdir.

«Bola aziz, odobi undan aziz», - deydi dono xalqimiz. Bolalikdan boshlab shirinso'z, atrofdagi kishilarga nisbatan mehr-shafqatli bo'lish, rostgo'ylikka intilish, o'jarlik qilmaslik kabi odatlarga o'rganib borish lozimdir.

Bolalik orzularga to'la davr: bolalar «Katta bo'lsam baland binolar quraman», «Uchuvchi, kosmonavt, san'atkor, yozuvchi bo'laman», «Hammaga yaxshilik qilishni istayman» deb orzu qiladilar.




Yüklə 65,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin